0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

J45
Me’morchilik


Xudoyorxon o'rdasi
mingboshi, Miyon hazrat, Mohlaroyim, Hakim To'ra, Xonxoja eshon, 
Buzrukxo ‘ja , Pirmuhammad yasovul, Xojabek, Oxund devonbegi, 
Mingoyim, Jome kabi madrasalar bunyod etildi.
Xudoyorxon davrida 
etildi. Toshkentda esa Baroqxon va Ко ‘kaldosh madrasalari qayta 
ta’mirlandi. Shayx Xovandi Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko‘- 
rinishda shakllantirildi. Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad 
ko‘tardi.
saroyi — Xudoyorxon о ‘rdasi bunyod
3.
4.
5.
,,Qo‘qon adabiy muhiti" deyilganda nima tushuniladi va u qanday 
vujudga keldi?
Umarxonning adabiyot sohasidagi ijodi haqida nimalarni bilib ol- 
dingiz?
Maxmur va Gulxaniy ijodini taqqoslang: o'xshash va farq qiluvcbi 
jihatlarini aniqlang.
Uvaysiy va Nodira ijodida qanday o‘xsbashliklar mavjud? 
Xonlikda yaratilgan tarixiy asarlarning nomlarini daftaringizga tar- 
tib bilan yozing.
,—г -д 0 ‘zingiz „Qo‘qon xonligining madaniy hayoti“ jadvalini tuzing va 
uni to‘Wiring.
146


39- §. Qo‘qon xonligida ta’lim
, . . 

„ 
.. 
Maktabxona ta’limi boshlang’ich ta’lim
va tartib-qoidalari 
edl- Maktablar ко pincha bitta smfxona- 
haqida 
dan iborat bo‘lganligi uchun maktabxona
deb atalgan. Xonlikda 350 ta maktabxona 
faoliyat ko‘rsatgan. Boshlang!ich maktab bolalarga umumiy ma’lumot 
beruvchi va xat-savod chiqarish maskani edi. Unda arab imlosida 
savod chiqarish, yozish va o!qish ko‘nikmalari shakllantirilgan. Shu- 
ningdek, hisoblash qoidalari va ko‘nikmalari hosil qildirilgan. Tevarak- 
atrof, jamiyat, islom dini haqida bilim va tushunchalar berilgan. 
Shuningdek, odob-axloq me’yorlariga amal qilish o ‘rgatilgan.
0 ‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar, 
qorixonalar qoshida, shuningdek, xususiy maktabdor xonalarida 
ochilgan. Qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki ba- 
davlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida 
tashkil etilgan.
Ana shu otinlardan biri Dilshodi Rahimqul so‘fi qizi (taxallusi 
Dilshod Otin, Bamo, Dilshodi Barno) edi. XIX asrda Qo‘qonda ijod 
qilgan shoira. U, ayni paytda, maktabxona maktabdori bo‘lib ham 
faoliyat yuritgan. 0 ‘zining maktabdorlik (otinlik) faoliyati haqida, 
jumladan, shunday deb yozgan edi: „Mening suhbatdoshlarim va 
dugonalarim aqlli qizlar va iste’dodli shoiralar edi. 51 yil davomida 
men maktabdorlik (o ‘qituvchilik) qildim va yiliga о ‘rtacha 20 na- 
fardan 30 nafargacha о ‘quvchilarim b o ‘lib, 890 nafar qizning savodini 
chiqardim. Bulardan deyarli to ‘rtdan bir qismi she’riyatga qobiliyatli 
bo ‘lib, shoira va о ‘z davrining aqlli hamda dono odamlari edilar“.
Xususan, Anbar Otin uning iqtidorli o ‘quvchilaridan bo‘lgan. 
Dilshod Otinning qalamiga mansub „Muhojirlar tarixi“, „Inson ma- 
tonati va muhojirlar tarixi“ hamda „Barnoning tanlangan sh e’r- 
lari" asarlari bizgacha yetib kelgan. Asarlarida xonlikdagi o‘zaro 
urushlar, uning xalq ommasi turmushiga ko'rsatgan ayanchli ta’siri 
kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shoira, ayni paytda, yaxshi 
kunlar kelishiga ishonib asarlarining birida: ,,Bu jabr-u zulmat albat 
muvaqqat“, deb yozgan. Shuningdek, turkistonliklami do‘st va inoq 
bo‘lib yashashga ham da’vat etgan. Maktabxona maktabdorligiga (o‘qi- 
tuvchiligiga) masjid mutasaddilari ishga taklif etishgan. Maktabdorga 
maktabdan uzrsiz ketib qolmaslik sharti qo’yilgan, Maktabxonalarda
147


o‘quvchilar soni 10 -60 nafarni tashkil etgan. 0 ‘qishga 5 yoshdan 
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilingan va o‘qish 5 - 7 yil 
davom etgan. Kimning maktabxonada necha yil o’qishi o‘qituvchining 
mahoratiga, o ‘quvchining zehniga va oilasidagi muhitga bog‘liq edi.
Maktabxonalarda dars mashg‘ulotlari quyosh cbiqishidan to kech- 
gacha davom etgan. Juma va bayram kunlari dars mashg‘ulotlari 
bo‘lmagan. Yoz fasli va ramazon (ro‘za) oyida o‘quvchilarga ta’til 
berilgan.


Dars mashg‘nlotlari avval kalimai shahodat
va toyiba yod olinganidan so ng arab ahf- 
bosini o‘rganishdan boshlangan. Alifbe darslarida dastlab harflarning 
yozilisbi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi sbakllari 
o‘rganilgan. Keyin esa zeru-zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga 
qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek, 
ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qi- 
tuvchi) harflami yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib 
qo‘ygan. Unga qarab harflar yod olingan. Harflami bir-biriga qo‘shib 
yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi „xati 
chiqqan“ hisoblangan.
Alifbe o‘rganilib bo‘lingach, ,,Haftiyak“ (muqaddas Qur’oni Karim- 
ning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan. 
,,Haftiyak“ tugallangach, ,,Tavjud“ (Qur’oni Karimni qiroat bilan 
o‘qish san’ati to‘g ‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita 
„Qur’oni Karim“ ning o‘zini o‘qitish boshlangan.
Shundan so‘ng „Farzi ayn“, ya’ni shariatga ko‘ra barcha musul- 
monlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tu- 
shunchalar berilgan. U o ‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy 
qoidalari bayon etilgan „Chor kitob“ (,,To!rt kitob“)ni o‘rganishga 
kirishilgan. Undan keyin kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyorning „Sabot 
ul-ojizin“ („Ojizlar saboti“) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom 
dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy 
tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o ‘rin ol­
gan.
„Sabot ul-ojizin“dan so‘ng shu asaming fors tilida yozilgan va 
„Maslak ul-muttaqin“ („Taqvodorlar maslagi“) deb atalgan asl nusxasi 
o‘rganilgan. „Sabot ul-ojizin“ „Maslak ul-muttaqin“ning turkiy tilda 
qisqartirib yozilgan nusxasi bo‘lib 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy 
ma’rifatning she’riy talqinidir.
148


So‘fi Olloyor asari o‘rganib bo‘lingach, Sharq olamida mashhur 
bo‘lgan, XIII asrda yashab o‘tgan Sa’diy Sheroziyning „Bo'ston" va 
„ Guliston" asarlari o‘rganilgan.
Sa’diy asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada 
hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. ,,Bo‘ston“ va „Guliston“ ha- 
yotiy hikoyalardan tashkil topgani. donishmand shoirning bu hiko- 
yatlar so‘ngida qissadan hissa tarzida keltirgan she’rlari kundalik tur- 
mushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan jahon ilm-u adab ahlini 
birday o‘ziga tortib kelmoqda.
BMTning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga ,,Guliston“ asari- 
dan olingan quyidagi misralar bitilgan: „Odam bolalari ibtidoda bir 
gavhardan bino bo 'Iganligi tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Bino- 
barin, zamon uning bir a ’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a ’zolari 
ham о ‘z tinchini yo ‘qotadi".
Keyingi bosqichda Xo‘ja Hofiz Sheroziyning (1326-1389) „De­
von “ini o‘rganish boshlangan. Mazkur ,,Devon“ lirik she’rlar to‘plami 
bo‘lib, o‘quvchilaming axloqiy tarbiyasida asosiy qo!llanma sanalgan. 
Maktabxonalarda arab grammatikasi, Alisher Navoiyning she’riy to‘p- 
lamlari hamda husnixat, hisob-kitob (arifmetika) ham o‘qitilgan.

Qo‘qon xonligida madrasalar ham faoliyat ko‘r-

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling