0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Qoloqlik sabablari 
, , . . 


.
lakatrung, bir lqtisodiy va ma navLy-madaniy
makonda yashab kelgan o‘zbek xalqining uch davlatga bo‘linib ketishi,
ular o‘rtasida davom etgan qarama-qarshiliklar. urushlar mamlakatni
umumbashariy taraqqiyot jarayonidan uzilib, rivojlanishda orqada qo-
lishga mahkum etdi. Har bir o‘zbek davlatida markaziy hokimiyatni
egallash uchun ichki kurash, o ‘zaro nizo-janjal, ig‘volarning doimiy
tus olishi mamlakatni xonavayron qilardi.
Xonliklarning asrlar davomida o‘zgarmay kelayotgan davlat bosh- 
qaruv usuli taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan edi.
Xonliklar o ‘rtasidagi o‘zaro urushlar, etnik nizolar urug‘-qabila 
jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko‘chishini keltirib chiqarardi. 
Yoki ular zo'rlik bilan yashab turgan joylaridan ko‘chirilar edi. Bu 
jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi. Aholini bir butun xalq 
bo‘lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida yagona xalq
yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Turkistonni, 
xalqni birlashtirish g‘oyasi ostida uyushtira oladigan yo‘lboshchi, si- 
yosiy kuch topilmadi. \
Hukmdorlar va saroy amaldorlari eski ishlab chiqarish usulini 
himoya qiladilar. Xonliklarning asosiy boyligi bo‘lgan yerga egalik 
qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o ‘zgarmadi. 
Yerning egasi hukmdor alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarga bir ho- 
vuch yer hadya qilardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon yerning 
egasi emas edi. Shu boisdan dehqon yemi asrab-avaylashga, uning 
unumdorligini oshirishga intilmadi, chunki u bundan manfaatdor 
emasdi. Ayni paytda, dehqon yer egasi bo‘lmagani sababli boshqa 
joylarga ketaverardi.
Aholi og‘ir soliqlardan, tinkani qurituvchi yig‘im va majburiyat- 
lardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo‘lib, aholi iste’mol 
uchun eng zarur bo‘lgan tor doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar 
bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab chiqarish, asosan, iste’molga 
yo‘naltirilganligi uchun u iqtisodiyotning o‘sishi uchun turtki bo‘lol- 
madi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling