0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

131


Sarhadlarni 
mustahkamlash 
uchun ko‘rilgan 
choralar
Xonlik sarhadlarining xavfsizligini mustahkam­
lash uchun o‘sha davrda harbiy qal’a va is- 
tehkomlar qurilishi muhim bo‘lgan. Shuning 
uchun ham bu masalaga alohida e’tibor bilan 
qaralgan. Harbiy qal’alar ahamiyati va katta- 
kicbikligiga qarab 3 guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruh - bir necha ma’muriy birliklarning markazlarida 
joylashgan qal’alar (Toshkent, Marg’ilon, Qo‘qon, Andijon, Namangan 
shaharlari).
Ikkinchi guruh - mahalliy boshqaruv ixtiyoridagi qal’alar (Turkis- 
ton, Chimkent, Avliyoota, 0 ‘ratepa, Pishpak, Oqmasjid).
Uchinchi guruh - yirik markazlami bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘l- 
larda qurilgan kichik qal’alar.
Qo‘qon shahri qal’asi ikkita himoya devori bilan o ‘ralgan. Uning 
ichida yana devor bilan o'ralgan bir nechta binolar ham qurilgan. 
Binolarda askarlarning otlari, qurol-yarog‘lari, zaxirasi saqlangan. Ay- 
ni paytda, askarlarning yashashi uchun ham xonalar bo‘lgan. Qal’alar 
xonlikning tashqi xavfsizliginigina emas, balki mamlakatni uzoq-yaqin 
hududlar, davlatlar bilan bog‘lovchi savdo yo‘llarini qo‘riqlashda ham 
tayanch vazifasini bajargan.
Xonlikning shimoliy qismi mustahkam himoyalangan bo‘lib, bu 
yerda Turkiston, Chimkent kabi shahar-qal’alar, shuningdek, yirik 
iqtisodiy va siyosiy markaz - Toshkent shahri ham joylashgan edi.
Ohangaron va Chirchiq vohasida Kerovchi, To‘ytepa va Bo‘ka 
istehkomlari bunyod etilgan. Xonlikning g‘arbiy qismida esa strategik 
jihatdan katta ahamiyatga ega 0 ‘ratepa, sharqiy qismida 0 ‘sh va 
Pishpak (hozirgi Bishkek shahri, Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti) 
qaTalari bunyod etilgan edi. Qal’alarning barchasi devor bilan o‘ral- 
gan. Devorning tashqarisida chuqur xandaklar qazilib suv bilan to‘l- 
dirilgan. Qal’a himoyachilari dushmanga qarata o‘q otishlariga qu- 
laylik yaratish uchun maxsus teshiklar (burjlar) qo‘yilgan. Qal’a 
minorasidan tevarak-atrof kuzatib turilgan. To‘plar qal’a darvozasi 
tepasiga hamda minoralar ustiga o ‘rnatilgan.
&

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling