0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Xonlikda davlat 
Q° 4on xonligi ham Buxoro amirligi va Xiva 
boshqaruvi 
xonligi kabi davlat tuzumiga ko‘ra mutlaq mo- 
narxiya edi. Cheklanmagan huquqqa ega bo‘lgan 
xon davlatni hukmron minglar urug‘i, shuningdek, boshqa qabilalaming 
nufuzli tabaqalari, yuqori mansablarga tayinlangan davlat amaldorlari
ruhoniylar va harbiylarga tayanib boshqargan.
Buxoro amirligidan farqli o‘laroq Qo‘qon xonligida harbiy lavozim 
egalarining, ayniqsa, qo‘shin Bosh qo‘mondoni - mingboshimng nufu- 
zi nihoyatda yuqori bo‘lgan. Mingboshi nafaqat qo‘shinning Bosh
126


qo4mondoni, ayni paytda, Bosh vazir ham hisoblangan. Butun ijro 
etuvchi hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan.
Bundan tashqari, har bir ma’muriy birlik harbiy okrug ham sa- 
nalardi va hokimlar harbiy kuchlarning qo‘mondonlari ham edilar. 
Harbiy okrug hududida yashovchi barcha urug‘lar hamda ko‘chmanchi 
qabila a’zolari yashash joyi yoki manzili bo‘yicha okrugda yuritilgan 
ro‘yxatga yozib qo‘yilardi. Ro‘yxatga olinganlar xonning birinchi 
chaqirig‘idayoq belgilangan joyga yetib kelishi shart edi. Bu tartib 
xonga agar zarurat taqozo etsa 60 mingga yaqin askarni va oziq- 
ovqat ortilgan 12 ming aravani tezda yig‘a olish imkonini berardi.
Mahalliy hokimlar amaldorlarni, soliq tushumini kuzatib boruvchi 
nazoratchilarni tayinlardi. Soliqlar miqdorini tasdiqlardi va moliya 
ishlarini boshqarardi. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, qo‘shinga 
qo‘mondonlik ham qilardilar.
Qo‘qon, Toshkent, Marg‘ilon, Shojixon, Andijon. Baliqchi. Chor- 
toq, Koson bekliklari yirik okruglar bo‘lib, ular orasida Toshkent 
eng muhim o‘rin tutgan. Shuning uchuo ham xon Toshkentga o4z 
qarindoshlariiii yoki eng ishonchli kishilarini hokim etib tayinlagan.
Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvining o4ziga xos yana bir xu- 
susiyati shunda ediki, markaziy hokimiyat mamlakatda barqarorlikni 
saqlash uchun o‘troq va ko‘chmanchi turli urug4 va qabilalar o‘rtasida 
manfaatlar muvozanatini hisobga olishga majbur edi. Umarxon va 
Madalixonlar bu omilni eng ko‘p darajada hisobga olgan hukmdorlar 
edi.
Qo‘qon xonligi Buxoroga qaramlikdan ko4chmanchi qipchoq va 
qirg‘iz qabilalari yordamida ozod etilgach, ular xonlik siyosiy hayo- 
tida yetakchi mavqega da’vo qila boshladilar va bunga erishdilar. 
Ularga xonlik taxti kerak emas edi. Aksincha, ular uchun taxtda 
minglaming balog‘atga yetmagan vakilini o'tqazish muhim edi. 
Chunki shunday qilinsa, ular regentlikni qo‘lga kiritgan bo‘lardilar. 
Regentlik ularga xonlikni istagan yo‘sinlarida boshqarish imkonini 
berardi. Avvalgi mavzuda bilib olganingizdek, amalda shunday bo4ldi 
ham.
Qipchoq va qirg‘iz qabilalarining ayrim yetakchilari madrasa ilmi 
nima ekanligini u yerda o4qigachgina tushunib yetgan edi, xolos. 
Ulardan biri, keyinchalik xonlikda qo‘shin qo‘mondoni lavozimini
127


egallagan qipchoq qabilasidan bo‘lgan Aliquli „Diniy ta’lim menga 
o‘zimni tanitdi11, deb tan olganligi tarixiy kitoblarda qayd etilgan.
Xonlik hayotining yana bir o‘ziga xos jihati - bn davlat ishlarida 
ruhoniylarning ta’siri Buxoro amirligidagidek sezilarli darajada bo‘l- 
maganligi edi.


Xonlikda boshqa o‘zbek davlatlari kabi man-

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling