0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Amir Nasrullo istilosidan ,Л™ Г Nasrulloning Q o‘qon xonligidagi


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Amir Nasrullo istilosidan ,Л™ Г Nasrulloning Q o‘qon xonligidagi 
keyingi siyosiy ahvol 
hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Chunki
amirning Qo‘qondagi noibi Ibrohim dod-
123


xoh Qo‘qon xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo‘shim- 
cha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham to‘lashga 
majbnr qildi. Natijada. butun Qo‘qon xonligi hududida 1842-yili katta 
qo!zg‘olon ko‘tarildi. Uning oqibatida amirning Qo‘qondagi noib va 
beklar hokimiyati tugatildi. Buxoro amiri hukmronligiga qarshi qo‘z- 
g‘olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar qipchoqlar madadiga tayangan 
edilar. Qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi. 
Taxtga Norbo‘tabiyning ukasi Hojibekning o‘g‘li Sheralixon (1842­
1845) o!tqazildi. Qo'qon xonligi mustaqilligini tiklashda minglar qa- 
bilasiga katta madad bergan qipchoqlar xonlikning ijtimoiy-siyosiy 
hayotida katta mavqega ega bo‘lib oldilar.
Ulaming sardori Musulmonqul mingboshi etib tayinlandi. Qo‘qon- 
dagi mag‘lubiyatga chiday olmagan Amir Nasrullo yana Qo‘qonga 
yurish qildi. U Qo‘qon shahrini 40 kun qamalda tutdi. Biroq Amir 
Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva xoni Olloqulixonning 
Buxoro amirligiga qilgan hujumi xalaqit berdi. Amir Nasrullo Buxoro- 
ga qaytishga majbur bo!ldi.
Musulmonqul 1845-yilda 0 ‘sh aholisining soliqlarning haddan 
tashqari og‘irligidan norozi bo‘lib ko‘targan qo‘zg‘olonini bostirish 
uchun qo‘shin bilan yuborildi. Bundan foydalangan Isfara hokimi Sa- 
marqandda istiqomat qilib turgan marhum Olimxonning o ‘g‘li Mu- 
rodxonni olib kelib, Qo‘qon taxtiga o‘tqazdi. Biroq Musulmonqul 
Namanganga qaytib keldi va qizini marhum Sheralixonning o‘g‘li Xu- 
doyorga nikohlab berdi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan 
hokimi edi. Shundan key in Musulmonqul Murodxomii taxtdan ag‘dardi 
va kuyovi Xudoyorni o ‘tqazdi.
. _ 

Xudoyorxon yosh bo‘lganligi tufayli xonlikni
njzolarning 
amalda qaynotasi Musulmonqul boshqarardi.
Shunday qilib, xonlikda qipchoqlar hukmron- 
ligi davri boshlandi. Endilikda qipchoqlar Qo‘qonga yoppasiga ko‘chib 
kela boshladilar. Mahalliy aholini shahardan haydab chiqarib, ulaming 
uy-joylariga o‘rnashib ola boshladilar. Sug‘orish inshootlarini qo‘lga 
kiritdilar. Aholi endi suv uchun ham soliq to ‘laydigan bo‘ldi.
Bu siyosat mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi va 
xonlikda hukmronlarga qarshi qo‘zg!olon ko‘tarish xavfini tug‘dirdi. 
Bunday vaziyatda Musulmonqul o ‘z mavqeyini yo'qotmaslik uchun 
ruslar bilan aloqa o4rnatishga intildi va rus qo‘mondonligi vakili 
124


V. Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashdi. Qaynotasining 
bu harakati Xudoyorxonni qattiq cho‘chitib qo‘ydi. Shuning uchun 
ham u endi qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga xo- 
tima bcrishga qaror qildi.
1852-yil 9-oktabr kuni Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo‘- 
shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyushtirdi. Qaynotasi Musulmonqul 
asir olinib, qatl etildi. Qipchoqlaming mol-mulki musodara qilindi. 
Shu tariqa, Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligi barham topdi.
Qipchoqlaming hokimiyatdan chetlashtirilishi mamlakat ichida si- 
yosiy barqarorlikka olib kelmadi. Aksincha, ichki beqarorlikdan foy- 
dalangan mahalliy bekliklar ayirmachilik harakatini kuchaytirdilar. 
Oqibatda shimoldan Rossiya imperiyasi bosqini xavfi ostonaga yaqin- 
lashib qolganiga qaramay ichki nizolarga barham bera olmadilar. 
Toj-u taxt uchun beayov kurash davom etdi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling