0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 5.63 Mb.

bet16/59
Sana11.11.2017
Hajmi5.63 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59

sh o 'rla n ish   tip i.  So d a li 

aralashgan  (soda 1 i-su! fatl i - 

s o d a li-x lo r id li-su lfa tli) 

neytral  n iu h itli(su lfatli- 

x lo r id li,  xloridli -su lfatli) 

S h o 'rla n ish   q atlam in in g 

q a lin lig i  b o 'y ich a  

(sh o'rlanish n in g  yuqori 

ch eg a ra si)

S h o 'rto b la n g a n  

q a tla m n in g   q a lin lig i 

b o 'y ic h a A l:  q a tq a lo q li 

(3 sm  g a ch a ) 

k ic h îk ( 3 - 1 0   sm )  o'rta 

(1 0 -1 8   sm ) 

chuq ur(  1 8 s m ) 

S h o 'rto b li  q atlam d a 

sin g d irilg a n   natriyni 

m iqdori  b o 'y ich a

Y arim

g id r o m o -

rf

O 't lo q i- q o r a  

tu p ro q la r  

0 ‘tlo q i 

k a sh ta n   tu p - 

roq lar. Y a rim  

sa x ro   o 't lo q i. 

O 'tlo q i  q o 'n ­

g 'ir   tu p ro q la r  

O 'tlo q i 

m u z la n g a n  

tu p ro q la r

S h o 'rto b la sh g a n -o so n  

eriy d ig a n   tuzlarni  tarqalish 

ch u q u r lig i  5 -3 0   sm  

Y u qori  sh o'rtob lash gan   3 0 - 

5 0   sm

S h o'rtob lash gan   5 0 -1 0 0  

sm

K u c h li  sh o'rxok lash gan 

1 0 0 -2 0 0   sm

S h o 'rx o k la sh m a g a n   (k u ch li 

s h o ‘rlan gan -200  sm )

Juda  past  10  %  g a ch a 

(q o ld iq li)

K am   natriylangan 

1 0 -2 5 %

O 'rta  n atriylan gan 

2 5 - 4 0   %  ’

K o'p   n atriylan gan  

4 0   %

G id ro -

m o rf

Q o ra   o 'tlo q i

tu p ro q la r

K a sh ta n

o 't lo q i

tu p ro q la r

Q o ‘n g ‘ir

Y a rim   saxro

O 'tlo q i

O 't lo q i-

b o tq o q

O 't lo q i-

m u z la n g a n

S h o 'rla n ish   darajasi  b o 'y i- 

c h a   S h o 'r   toblar  —  sh o 'r - 

x ok lar.  K uchli  sh o 'rla n g a n  

O 'rtach a  sh o'rlan gan 

K u c h siz   sh o'rlangan. 

S h o ‘rlan m agan (kam  

u c h ra y d i)  K arbonat  va 

g ip s n i  tarqalish  ch u q u rligi 

b o 'y ich a y u q o ri  karbonatü 

—4 0   sm   chuqur  karbon atli 

—4 0   sm  yuqori  gi pslan gan  

—  4 0   sm  chuqur 

g i p slan gan   —  4 0   sm

S h o 'rto b la n ish

darajasi

b o 'y ich a .  K u ch siz 

sh o 'rto b la n g a n  

S h o 'rto b la n g a n   K u ch li 

sh o 'rto b la n g a n  

S h o 'rto b la sh g a n  

q a tla m n in g   stn ik tu rasi 

b o 'y ich a   B1 :

O ila  va  tu rla rn i  b o 'lin is h i  b arch a  tiplarga  tegish l¡  u larn in g  m elio ra tsiy a la sh  

tadbirlari  q u y id a g ila r d a n   iborat:

1.  Kimyoviy:

—  gipslash;

—  ohaklash;

—  nordonlash.

2.  Agronomik  va  agromeliorativ:

—  o ‘z -o ‘zini  melioratsiyalash;

—  ko‘p  yarusli  haydash;

—  shudgor  holida  qoldirish;

—  chuqur  haydash.

3.  Biologik:

—  chidamli  o 'tlar  ekish;

—  agro-o‘rmon  melioratsiyasi.



Sinov  savollari

1.  Tuproqlarni  kimyoviy  melioratsiyalashning  qanclay  usullari  bor

2.  Tuproqni  gipslash  nima  maqsadda  am alga  oshiriladi?

3.  Tuproqni  gipslash  uchun  qanday  m ateria liar  ishlatiladi?

4.  Gips  qo ‘Hashning  m e ’yori,  muddati  va  usulini  ayting.

5.  Gipsdan  o'g'it  sifatida  qanday fo y d a la n ila d i?

6.  Sho'rtobli  tuproqlarni  ohaklashni  tushuntiring.

7.  Melioratsiyalashning  qanclay  tadbirlari  bor?



V   b o b .

  A Z O TLI  0 ‘G ‘ITLAR



0 ‘SIM LIKLAR  HAYOTIDA  AZOTNING 

AHAMIYATI

Azot  o'simliklar  u c h u n   zarur  oziq  elementlardan  biri  liisoblanadi. 

U  barcha  oddiy  va  m urakkab  oqsillar,  nuklein  kislotalar  (RNK  va 

D N K ) ,  xlorofill,  fosfatidlar,  alkaloidlar,  ayrim  d a n n o n d o rilar  va 

fermentlar  tarkibiga  kiradi.

O'simliklar  oziqlanishida  azot  manbayi  bo'lib  amm oniy  (N H 4+) 

va  nitrat  (NO,- )  tuzlari  xizmat  qiladi.

O'simliklar to m onidan  azotning o'zlashtirilishi  bir qator murakkab 

jarayonlar  asosida  ketadi  va  ammiakning  tegishli  organik  kislotalar 

ketoguruhi  bilan  hosil  qiladigan  aminokislotalar  sintezlanishi  bilan 

y ak u n la n a d i.  M a z k u r  ja r a y o n  

am inlanish  ja r a y o n i

  deb  ataladi. 

O'simliklardagi  aerob  va  anaerob  nafas  olishning  birinchi  bosqichida 

uglevodlarning  parchalanishidan  hosil  bo'ladigan  pirouzum,  shovul- 

sirka,  a  — ketoglutar va  boshqa  ketokarbon  kislotalar bevosita aminla- 

nishga  ancha  moyildir.  Ketokislotalarning ammiak  ta ’sirida to'g'ridan- 

to 'g 'ri  aminlanishi  o'simliklardagi  aminokislotalar  sintezining  asosiy 

yo'nalishi  hisoblanadi.  Bu  ikki  bosqichli jarayon  bo'lib,  birinchi bosqi­

chida  ammiak  va  ketokislotadan  iminokislota  ham da  suv,  ikkinchi 

bosqichida esa iminkislotaning qaytarilishidan aminokislota hosil bo'ladi:

1 -bosqich

C O O H   ■

  CO  •  C H ,C O O H   - >   COOH  • 

c  

n h   c h 2+  c o o h + 

h 2o

sh ovulsirk a  k islota 

im in o sh o v u lsirk a   k islota

2-bosqich

C O O H   •  C  =   N H   C H

2  C O O H   -»  COOH  C H   N H 2  •  COOH



asp aragin   k islota

Ayni  sh u yo'l bilan  ketoglutar kislota  (COOH  CO  C H   C H

2COOH) 

va  ammiakdan  gJutamin  kislota  ( C O O H C H N H



2 C H 2 COOH)  hosil 

b o 'lad i.  Shuningdek,  asparagin  kislota  am m iakning  fumar  kislota 

( C O O H   C H -   C H C O O H )   ga to'g'ridan to'g'ri birikishidan ham hosil 

bo'ladi.


Aminokislotalar sintezi uchun  azot faqat qaytarilgan  shaklda bo‘lishi 

lozim,  nitrat va  nitritlar karbon  kislotalarning  ketogruhi  bilan  bevosita 

reaksiyaga  kirisha olmaydi. 

0 ‘simlik tanasida uglevodlar zaxirasi yetarli 

b o ‘lsa,  nitrat shaklidagi  azot  ferm entlar ishtirokida  ildizning o ‘zidayoq 

ammiakka  aylanadi,  uni  quyidagicha  ifodalash  mumkin:

H N 0

3  ->   H N 0 2  -»   (H N O ) 



N H 2OH 

- »   N H



nitrat 

nitrit 

g ip o n itr it 

g id r o q sila m in  

a m m ia k

Nitrat  kislotadan ammiak  liosil  boMishi  ko‘p bosqichli  b o ‘lib,  bunda 

bir  qator  fermentlar  katalizator  vazifasini  o'taydi:

HNOj  +  H



2  —>  H N 0 2  +  H20   (nitratreduktaza);

II  2  H N 0

2  +  2H,  ->   H N 20 2  +   2 H ,0   (nitritreduktaza);

III  H ,N

20 2  +  2H 2  - »   2  N H 2OH  (giponitritreduktaza);

IV  N H ,Ö H   +  H

2  —>  N H ,  +  H 20   (gidroqsilaminreduktaza).

Nitratlardan  ammiak  hosil  b o iis h id a   ishtirok  etadigan  fermentlar 

metallo-flavoproteidlar  deb  n o m lanadi,  chunki  birinchi  bosqichda 

m olibden,  ikkinchi  va  uc hinchi  bosqichlarda  mis,  tem ir,  magniy, 

so'nggi bosqichda esa marganets va  magniyning ishtirok etishi  shartdir.

Qaytarilmasdan  o'simlik  tarkibiga  o'tadigan  nitrat  shakldagi  azot 

o ‘simliklar  uchun  zararsiz  bo 'lib,  to'qim alarda  ko ‘p  m iqdorda  to ‘p- 

lanishi  mumkin.  Lekin  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  (ayniqsa,  yem- 

xashak,  sabzavot  va  poliz  ekinlari)  tarkibida  nitratlarning  m a ’lum 

darajadan  ortib  ketishi  ularni  iste’mol  qiladigan  liayvon  va  insonlarga 

zararli  ta ’sir  ko'rsatadi.  Odatda,  erkin  amm iak  o ‘simliklar  tanasida 

kam  uchraydi.  Ayni  modda  m iqdorining  ko‘payib  ketishi  o'simlik- 

larning  zaharlanishiga  sabab  b o ‘ladi.

Aminlanish jarayoni  o'simliklar  organizmi  m etabolizm ida  m uhim  

ahainiyatga  ega.  Shu  bilan  bir q atorda asparagin  va glutam in  kislotalar 

fermentlar  ishtirokida  qayta  aminlanish  y o li  bilan  o 'zlarining  amin- 

guruhlarini  boshqa  kislotalarga  berish  xususiyatlariga  ega.  Qayta 

aminlanish-tegishli  ferment  t a ’sirida  aminokislota  (donor)dagi  amin 

guruhini  ketokislota  (akseptor)  ga  ko'chirilishidir.  Masalan:

I.  C O OH  C H

2  C H N H 2  C O O H   ^ C H j - C O   c o o h   - »

asp argin  kislota 

p ir o u z u m   k islo ta

c h


3 c h n h 2 c o o h   +   c o o h c h 2 c o c o o h

a la n in   kislota 

sh o v u lsir k a   k islo ta

H.  C O O H   C H 2  N H 2  C H 2 C H 2  COOH  +  C H 3  CO  CO O H   - »  

g lu ta m in   k islota 

p irou zu m   k islota

c h


,

c h n h


2

c o o h


c o o h


 

c h


2

c h


2

c o o c o o h



a la n in  

a

  -k eto g lu ta r  k islota

O'simlik tanasidagi glutamin  va aspargin  kislotalarning qayta amin- 

lanishga moyilligi  ularning  modda almashinuvida juda katta ahamiyatga 

ega  ekanligidan  dalolat  beradi.  Shuningdek,  aspargin  va  glutamin 

kislotalarining  amidlari  —  aspargin  va  glutaminlar  ham  qayta  amin- 

lanishi  ancha  oson  kechadi.

Qayta  aminlanish jarayoni  oqsil  sintezi  va  ammokislotalarning  de- 

zaminlanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  De/aminlanish  —  ami- 

nokislotadan  aminoguruhni  tortib  olinishi  natijasida  ammiak  va  ke- 

tokislota  hosil  bo'lishidir.  O'simlik  tomonidan  qayta  ishlangan  keto- 

kislota  uglevodga  aylanadi,  amm iak  esa  yana  aminlanish  jarayonida 

ishtirok etadi.  Bundan  tashqari  ammiak asparagin va glutamin  kislotalari 

bilan  t a ’sirlashib  (ular  bittadan  ammiak  molekulasini  biriktirib  olish 

qobiliyatiga  ega),  amidodikarbon  kislotalarning  amidlarini  hosil  qiladi:

- H 20

C O O H   CH  n h



2  c h ,   c o o h +   n h 3  - »

asp aragin   kislota

c o n h


2 c h 2 c h 2 c h n h 2  c o o h

asp aragin  (a sp a ra g in   k islotan in g  a m id i)

D .N .  Prvanishnikov  amidlar  uglevodlar  tanqisligi  tufayli  o'simlik 

tanasida  amm iakni  ortiqcha  to'planishining  oldini  olishini  isbotladi.

Tarkibidagi uglevod zaxirasi  kam  urug'lar,  masalan,  qand lavlagining 

unib chiqishida o'simlik tanasiga ortiqcha miqdorda  kiradigan  ammiak, 

kislotalar sintezida to'la sarflanmaydi, to'qimalarda to'planib,  o'simlik- 

ni  zaharlaydi.  Urug'i  uglevodlarga boy o'simliklar (masalan,  kartoshka) 

am m iakni  tez  o'zlashtiradi  va  tuproqqa  ammiakli  —  azotli  o'g'itlarni 

kiritish  ularga  ijobiy  ta’sir  ko'rsatadi.

N uklein  kislotalar oqsil  sintezida sinch  (karkas)  vazifasini  o'taydi. 

Ularga aminokislolalarning birikishidan hosil  bo'ladigan  peptid  bog'lar 

hisobiga  turli-tu m an  oqsil  molekulalari  yuzaga  keladi.

O'sim lik  tanasida  oqsil  sintezi  bilan  bir  qatorda  ularning  parcha- 

lanishi  ham  sodir bo'ladi.  Oqsil gidrolizida proteaza fermentlari  katali- 

zator vazifasini  o'taydi.  O'suv  a ’zolarida,  shuningdek,  yosh  nihollarda 

oqsil  sintezi  parchalanishga  nisbatan  ustunlik  qiladi.



Oqsilning parchalanishidan  hosil bo'ladigan  am m ia k  o'simlik to'qi- 

malarida  to ‘planmaydi,  balki  karbon  aminokislotalar  sinteziga  sarfla- 

nadi.  Ular esa,  o ‘z  navbatida,  oqsil  va  boshqa  azotli  birikmalar  (por- 

firinlar,  alkoloidlar)  ning  biosintezida  ishtirok  etadi.  Demak,  azotli 

organik  birikmalar hosil  bo'lishi  va parchalanishining  murakkab zanjiri 

a m m ia k d a n   boshlanib,  a m m ia k d a   tugaydi.  S h u   bo is 

akadem ik 

D .N .  Pryanishnikov  ammiak  o ‘simliklarda  azot  m oddalari  almashi- 

nuvining  alfasi  ham,  omegasi  ham dir  degan  edi.

0 ‘simliklarda  azotli  m oddalar  almashinuvi  b u tu n   vegetatsiya 

davrida  sodir  bo'ladi,  lekin  lining  sur’ati  va  xarakteri  o ‘sish  hamda 

rivojlanishning  turli  davrlarida  turlicha  kechadi.  M asalan,  urug'ning 

unish jarayonida  endosperma va  urug'  palladagi  zaxira  oqsil  aminokis- 

lotaga  qadar  parchalanadi.  Ularning  oksidlanishidan  am m iak  hosil 

bo'ladi  va  u  aminokislotalar  ham da  amidlar,  keyinchalik  oqsil  va 

boshqa  organik  birikmalarning  sintezida  ishtirok  etadi.

O'simlikda  fotosintezga  qobil  yashil  barg  paydo  bo'lgach,  oqsil 

sintezi  tashqi  muhit  (tuproq)  dan  >'utiladigan  azot  hisobiga  ketadi. 

Tuproqdan  eng  ko'p  azot  o'simliklar jadal  rivojlanib,  tan a   qo ‘yadigan 

davrda  o'zlashtiriladi.  Ayni  paytning  o'zida  oqsilning  parchalanishi 

ham  sodir  bo'ladi:  yosh,  o'sayotgan  a ’zolarda  oqsil  sintezi  ustunlik 

qilsa,  qari,  o'sishdan  to'xtagan  a ’zolarda  o qsiln ing   parchalanishi 

kuchliroq  namoyon  bo'ladi.

Azot  almashinuvi  jadalligiga  bog'liq  ravishda  o'sim lik  tanasining 

turli  a ’zolarida  azotning  qayta  taqsimlanishi  kuzatiladi.  Masalan,  jis- 

m onan  charchagan  a ’zolarida,  asosan  qari  barglarda  oqsil  gidrolizi 

sodir bo'ladi va gidroliz  mahsulotlari yosh a ’zolar to m o n   harakatlanadi. 

Urug'  shakllanadigan  davrda bargdagi oqsil  moddalar jadal  parchalanib, 

hosil  bo'ladigan  aminokislotalar  pishib  yetilayotgan  urug'larga  oqib 

o'tadi  va  shu  yerda  oqsilga  aylanadi.

Turli  o'simliklar  yalpi  azot  miqdori  bilan  bir-biridan  farq  qilishi 

tabiiy,  lekin  bitta  o'simlikning  turli  a ’zolari  h am   turlicha  miqdorda 

azot  tutadi.  Barglar  (ayniqsa,  yosh  barglar)  azotga  boy  bo'lib,  poya 

va  ildizlarda  lining  miqdori  birm uncha  kamdir.

Azot  bilan  oziqlantirish  sharoitlari  o'simliklarning  o'sishi  va  rivoj- 

lanishiga  kuchli  ta’sir  ko'rsatadi.  Azot  tanqis  bo'lgan  sharoitda  o'sim ­

likning  o'sishi  keskin  sekinlashadi.  Barglari  m aydalashib,  och  yashil 

tus  oladi,  ancha  erta  sarg'ayadi.  Poyasi  ingichka  tortib,  yaxshi  shox- 

lamaydi.  Hosil organlariningshakllanishi,  rivojlanishi  va donning quyi- 

lishi  yomonlashadi.



Azot  bilan  m e ’yorida  oziqlantirilgan  o'simliklarda  oqsil  moddalar 

jadal  sintezlanadi,  o ‘simlikning  o ‘sishi  va  hayot  faoliyati  kuchayadi, 

uzoq  davom  etadi,  barglarning  qarishi  sekinlashadi,  b a q u w a t  poya 

va  to ‘q  yashil  tusdagi  barglar  shakllanadi,  o'sish,  shoxlanish  hamda 

hosil  organlarining  rivojianishi  yaxshilanadi.  Natijada  hosil  va  uning 

tarkibidagi  oqsil  miqdori  ko‘payadi.  Lekin  o ‘sish  davrida  bir  tomon- 

lama,  faqat  azot  bilan  oziqlantirishga  ruju  qo'yish  hosilning  pishib 

yetilishini  orqaga suradi,  o'sish organlari  kuchli  rivojlanib, o'simlikning 

«g‘ovlab  ketishi»  g a   sabab  bo'ladi.

Oqsil  miqdorining  ortishi  hosil  sifatini  yaxshilaydi,  lekin  azotli 

moddalar miqdorining ko‘payishi  hamma vaqt ham mahsulot qimmatini 

oshiravermaydi.  Masalan,  qand  lavlagi  o'suv  davrining  oxirida  azot 

bilan  m o ‘l  oziqlantirilsa,  ildizda ko‘p  miqdorda  nooqsil azotli  birikma- 

lar,  aminokislotalar to ‘planadi,  qaysiki,  ildizmevadagi  qand  miqdorini 

kamaytirib  yuboradi.

Hosil  sifati,  shuningdek,  q o ‘llaniladigan  azotli  o ‘g ‘it  turiga  ham 

bog‘liq.  C hu no nchi,  ammiakli azot bilan  oziqlantirilgan o ‘simlik hujay- 

rasining  qaytaruvchanlik,  nitrat  shakldagi  azot  q o ‘llanilganda  esa 

oksidlovchanlik  qobiliyati  kuchayadi.

D.N .  Pryanishnikov va  shogirdlarining  tadqiqotlari  asosida  o ‘sim- 

liklar hayotida ammiak hamda nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi 

aniqlangan.  Lekin  o'simliklarning  ammiak yoki  nitrat shakldagi  azotni 

o ‘zlashtirishi  qator ichki  va tashqi  omillarga,  xususan,  ekinning biologik 

xususiyati,  uglevodlar  bilan  ta'm inlanganlik  darajasi,  tuproq  muhiti, 

mikro- va  makroelementlarning  mavjudligi bilan  chambarchas bogMiq.

Tuproq  muhiti  m o ‘tadil  bo‘lsa,  o ‘simliklar ammiak shakldagi  azotni 

nitratlarga  qaraganda yaxshi  o ‘zlashtiradi,  nordon  muhitda esa,  aksifi­

cha,  nitrat  shakldagi  azot  yaxshiroq  o ‘zlashtiriladi.  Tuproqda  kalsiy, 

magniy  va  kaliyning  ko‘p  bo ‘lishi  ammiak  azotini,  fosforning  mo'lligi 

esa nitratlarning o ‘zlashtirilishi  uchun qulay sharoit yaratadi.  Tuproqda 

molibden  tanqisligi  nitratlarning qaytarilishini  sekinlashtiradi va o ‘sim- 

liklarning  ayni  shakldagi  azotni  assimilatsiyalashini  cheklaydi.

U rug‘dagi  azotning asosiy qismi  (yalpi  miqdorining  90% ga yaqini) 

oqsillar  tarkibiga  kiradi.  0 ‘simlik  oqsilida  14— 18%,  o ‘rta  hisobda 

16%  azot  mavjud.

D em ak,  u ru g ‘dagi azotning  nisbiy  miqdori  oqsil  miqdoriga bog‘liq 

va  uning  taxm inan 

1/6  qismini  tashkil  qiladi.

Dukkakli  va  moyli  ekinlar  urug'i  tarkibida  oqsil,  binobarin  azot 

miqdori  ko ‘p,  boshoqli  ekinlar  donida  esa  kam  bo‘ladi.



TUPROQLARDA AZOT  M IQ D O R I  VA  UNING  

BIRIKMALARI  D INA M IK ASI

A.P.  Vinogradov  m a ’lumotiga  ko‘ra  azot  yer  qobig‘i  massasining 

2 ,3 1 0 —2  %  ini tashkil  qilib,  zaxirasi  bir necha o ‘n  mlrd tonnaga yetadi. 

Tuproq  azotining  asosiy  qismi  murakkab  organik  birikmalar  tarkibiga 

kiradi.  Yer qobig‘idagi  azotning bir qismi  am m oniyning almashmasidan 

yutilgan  ionlari  shaklida  bo'lib,  alumosilikatli  minerallarning  kristal 

panjarasida  ushlanib  turiladi. Turli  tuproqlarning  haydalma qatlamidagi 

azot  miqdori  turlichadir.  Bitta  tuproq  mintaqasidagi  tuproqlar  ham  

bir-biridan  azot  miqdori  bilan  sezilarli  farq  qiladi.  Tuproqning  inexa- 

nikaviy  tarkibi  og'irlashib  borgani  sari  yalpi  azot  miqdori  ham  ortadi.

Bir  ga  maydondagi  yalpi  azot  zaxirasi  turli  tuproqlarda  1,5  dan 

15  t  gacha  o ‘zgaradi.  Lekin  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  azot  bilan 

ta’minlanganlik darajasi  uning yalpi  miqdori  bilan enias,  balki o ‘simliklar 

o ‘zlashtirishiga  molik  mineral  birikmalar  miqdori  bilan  belgilanadi.

0 ‘simliklar  azotni  asosan  mineral  ho latda  o ‘zlashtiradi.  Faqat 

azotning  juda  kam  miqdori  amid  va  am inokislotalar  holida  o ‘zlash- 

tirilishi  murnkin.  Tuproqdagi  yalpi  azot  miqdorining  atigi  1—2%  i 

mineral holatda bo ‘ladi. Tuproq azotli organik birikmalarining parchala- 

nishini  quyidagi  sxema  bilan  ifodalash  murnkin:

Oqsillar,  gumin  moddalar  —>  am inokislotalar, 

amidlar  —>  ammiak  —>  nitritlar  —>  nitratlar

Tuproqdagi  azotli  organik m oddalarning  amm iakka  qadar  p arch a- 

lanishi  ammonifikatsiya  deb  yuritiladi.  A m m o n  ifikatsiya  bakteriya, 

aktinomiset va mog‘or zamburuglarning  katta guruhini tashkil etadigan 

aerob  va  anaerob  mikroorganizmlar  ishtirokida  amalga  oshadi.  U la r- 

ning  asosiy  vakillari  jumlasiga  bakteriyalardan  Bac.vulgare,  B ac.put- 

rificus,  Bac.subtilus,  Bac.mesetericus  va 

Bac.micoides  larni,  m o g ‘o r  

za m b u ru g ia rd an   esa  Aspergillus,  P tnicillum   va  Trichoderm a  larni 

kiritish  mumkin.  Mikroorganizmlar  ajratadigan  proteolitik  ferm en tlar 

ta ’sirida  oqsil  moddalar  aminikislotalarga  qadar  parchalanadi.  Hosil 

b o ig a n   aminokislotalar,  o'z  navbatida,  m ikroorganizmlar  to m o n id a n  

yutilib,  dezaminaza va  dezamidaza ferm entlari ta ’sirida 

dezam inlanish 

va 


dezamidlanish

 jarayonlariga uchraydi. Aminli va amidli birikmalardan 

ammiak  tortib  olinsa,  turli-tuman  organik  kislotalar  hosil  b o 'la d i. 

Buni  birmuncha  sodda  tarkibli  aminokislota  —  glitsin  misolida  k o ‘rib 

chiqamiz:


C N

2N H 2C O O H   +  o 2  =   H C O O H   + 

C 0

2  + N H 3 



g litsin  

c h u m o li  k islota 

am m iak

C H


2N H 2C O O H   + H 20   =   C H 3OH  +  CO  + N H ,

m etil  spirt

Hosil  bo‘lgan  am m iak  tuproqdagi  o'ziga  xos  organik  va  mineral 

kislotalar  bilan  birikib,  turli  tuzlarni  hosil  qiladi:

NHj+ 

H,C03=  (NH4)2C 0 3 

N H , +   H N 0 = N H „ N 0 3

Ammoniy,  o ‘z  navbatida,  tuproq  singdirish  kompleksi  (TSK)  dagi 

kolloidlar  tom onidan  yutiladi:

C a


"2 

2N H 4


Tuproq 

+   ( N H

4)2C 0 3  = 

Tuproq 


+  C a C 0

C a



!2 

C a


f2

Hosil  bo'ladigan  am m iak  miqdoriga  tuproq  harorati,  namligi, 

havosi  va  boshqa  omillar  t a ’sir  ko'rsatadi.

Aerob  sharoitlarda  am m oniy  tuzlari  oksidlanadi.  Ammiakning 

tuproqda  nitral  kislota  tuzlariga  qadar  oksidlanishiga  nitrifikatsiya 

deyiladi.  Jarayon  o'ziga  xos  bakteriyalar  ishtirokida  sodir  boMadi. 

S.N.  Vinogradov to m o n id an   o'rganilgan.  Nitrifikatsiya  ikki  bosqichda 

ketadi,  birinchi  bosqichda

(2N H

3  +  3 0 2—  2 H N O ,  +   2H20 )   Nitrosomonas,  Nitrosocystis  va 



Nitrosospira,  ikkinchi  bosqichda  esa  ( 2 H N 0

2  +  O,  =   2 H N 0 3) 

Nirobacterlar  ishtirok  etadi.

Hosil  boMgan  nitrat  kislota  natriy  bikarbonat  yoki  tuproqqa  sing- 

dirilgan  asoslar  bilan  neytrallanadi

2 H N 0


3  +   Ca  ( H C 0 3)2  =   C a ( N 0 3)2  +  2H,CO,  ;

C a


+2 

2 H +


2 H N 0

3  +   Tuproq  =   Tuproq  +   C a ( N 0 3)2

Tuproqda  havo  yetarli  b o ‘lib,  namlik  kapillar  nam  sig‘imi  (KNS) 

ning  60—70%  ini,  harorat  25—32  darajani  va  pH  6,2—8,2  ni  tashkil 

qilganda,  yil  davom ida  bir  ga  maydonda  300  kg  ga  yaqin  nitratlar 

to'planadi.

Organik  m oddalarning  minerallashishi  har  xil  tuproqlarda  turli 

tezlikda  ketadi.  Ammonifikatsiya va  nitrifikatsiya jarayonlarining jadal



yoki  sust  ketishi  tuproqdagi gumus  miqdori,  ishlash  usullari,  o ‘g ‘itlash 

va  shu  kabi  bir  qator  omillarga  bog'liq.

DEHQONCHILIKDA  AZOTNING  AYLANISHI

Ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari  natijasida  hosil  bo'lgan 

azot  tuproqda  to'planib  qolmaydi.  Uning  asosiy  qismi  o'sim liklar  va 

mikroorganizmlar  tomonidan  o'zlashtiriladi,  bir  qistni  esa  qay tad an 

organik  holatga  o'tadi.

Nitratlar  —  azotning  eng  harakatchan  shakli  bo'lib,  tu p ro q d a n  

ko‘p  m iqdorda  chiqib  ketadi.  T uproqdagi  azotning  u m u m a n   yoki 

vaqtincha  o ‘simliklar  o'zlashtira  olmaydigan  shaklga  o'tishini  uchta 

holga  bo'lish  mumkin:

a)  nitratlarning  yuvilishi;

b)  denitrifikatsiya;

d)  azotning  immobilizatsiyalanishi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling