0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
Download 5.63 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘simliklaming «tuz», «selitra» va «suv» bilan oziqlanishi haqida
- 0 ‘simliklarning «havodan oziqlanishi» nazariyasining shakllanishi
- Valerius va Teyer — «chirindi nazariyasi»ning asoschilari
- 0 ‘simliklarning azot bilan oziqlanishini asoslashda Bussengoning xizmati
- Yustius Libix-agrokimyo fanining asoschisi
ilk fïkrlar Agrokim yo fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida yuzaga keldi. M a ’lumki, dehqonchilik insoniyat tarixidagi eng qadimiy ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. Dehqonlar juda qadim zam onlardan buyon tu p ro q unum dorligini oshirish uchun turli tum an vositalardan foydalanib kelganlar. Bu vositalar ko‘p hollarda tavakalchasiga ishlatilsa ham , o 'z in in g ijobiy natijalarini bergan. M asalan, qadimgi rimliklar tuproqqa chorva mollarining axlatlaridan tashqari kul, gips, ohak va mergel kabi m inerai m oddalarni ham solish
lozimligini yaxshi bilganlar. Tuproqning tip larig a qarab m ergelning turli xillarini q o ‘llash yaxshi natija berishini e ’tiro f qilganlar. Shu- ningdek, ekinlar alm ashlab ekilganda, tu p ro q q a solinadigan m oddalar yakka ziroatchilikdagidan ko‘ra yuqori sam ara berishi am alda isbot- langan. Ayrim o ‘simliklarning gullash davrida urib, tuproqqa aralashtirib yuborish, izidan ekiladigan ekin hosildorligini sezilarli darajada oshirishi Vezuviy vulqoni yon bag‘irlarida lyupin o ‘sim ligini y etishtirish jarayonida aniqlangan. Lekin tuproqqa aralashtirib yuborilgan ko‘k massa uni azot bilan boyitishini, shuningdek, vulqon lavasi tarkibidagi ko‘p miqdordagi qiyin eriydigan fosfor va kaliyni lyupinning ildizidan ajraladigan nordon suyuqlik eritib, o'simlik o'zlashtira oladigan holatga o'tkazib berishini m ahalliy aholi bilmagan, albatta. M eksikada yashagan hindu qabilalari o 'z la rin in g ehtiyojlaridan ortib qolgan, shuningdek, toMqinlar q irg ‘o q q a chiqarib tashlagan baliqlarni maydalab, tuproqqa solish, m akkajo‘xori hosildorligiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatishni kuzatganlar, lekin uning m ohiyatini tushunib yetm a- ganlar. D ehqonchilik «kashf qilingan» ilk davrlarda insonlar hosil taqdirini bevosita xudolarning nomi va faoliyati bilan bog‘laganlar. Lekin vaqt o ‘tishi bilan agrotexnika tadbirlarining, shu jum ladan o ‘sim - liklarni oziqlantirishning dehqonchilikdagi ahaniiyati yaqqol nam oyon bo'la bordi va bu masalaga oid asarlar paydo boMdi. M asalan, o ‘z davrining m ashhur kishisi K olum ellaning asarlarida dehqonchilikka oid kitob yozgan 50 dan ortiqroq tad qiqotchining nomi keltirilgan. Lekin ularning ju da ham kam qismi bizgacha yetib kelgan. M iloddan avvalgi VIH asrda G esio d d e h q o n c h ilik taqv im in i nazm da ifoda qilgan bo'lsa, undan uch asr keyin (m iloddan aw algi V asr) K senofondning «ïqtisod» asarida d e h q o n c h ilik m asalalari bir m uncha keng bayon qilindi. « 0 ‘sim liklar qanday qilib va nim a bilan oziqlanadi» — degan savol q a d im -q a d im la rd a n buyon in s o n la rn i, ay n iq sa ilm a h lin i qiziqtirib kelgan. Bu savolga birinchi bo'lib buyuk yunon m utafakkiri Arastu (Aris- totel) eram izdan avvalgi IV—III asrlarda t o ‘g ‘ri javob berdi. U 0 ‘sim -
liklar o ‘zlarining ildizlari bilan tuproqdan kerakli oziq m oddalarni o ‘zlashtiradi, degan xulosaga keldi. Feofrast (Arastuning eng iqtidorli shogirdi) ustoziga qarshi o ‘laroq, o'sim liklar faqatgina yashil barglari bilan oziq lan ad i, ildizlar esa, o'sim liklarni substraída tutib turish uchun xizm at qiladi, degan g ‘oya- ning tarafdori edi. M ana shu ikkita taxm in (gipoteza) keyinchalik o ‘siniliklarning oziqlanishidagi bitta jarayonning ikki tom onini-ildizdan (m ineral) va havodan (fotosintez) oziqlanishlarning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Feofrastni botanika fanining «otasi» deb ataydilar. Lekin u tuproq- shunoslik haqida fikr yuritib, uning xossalari va tarkibini o ‘rgangan, ekinlarni guruhlashga harakat qilib, ularga o ‘g‘it (mahalliy o ‘g ‘it, albatta) turlarini tavsiya qilgan edi. Y unonistonda dehqonchilik va o ‘simlikIarning oziqlanishi haqidagi fikrlar ancha erta shakllangan bo ‘lsa, dunyoning boshqa chekkalarida bir m uncha keyinroq paydo boMdi. M iloddan aw algi II asrda rimlik Katon (yirik q u ldo r va davlat arbobi) «Dehqonchilik» asarini yozdi. Asarda «tuproq unum dorligi nima» degan savolga u «yerni shudgorlash, shudgorlash va g o ‘nglash» deb javob berdi. M iloddan aw algi 35-yilda Varron (81 yoshda) qishloq xo'jaligiga oid traktat yozdi. Bunda u ko'proq Feofrastning fikrlariga tayanadi. Eram izning boshlariga kelib Italiyada dehqonchilikka oid ko‘p sondagi adabiyotlar to ‘plandi. Ayrim ekinlarni (sabzi, karam, bug‘doy, tok va boshqalar) o ‘g ‘itlashga doir maxsus asarlar yozildi. M asalan, Kolum ella o ‘z ishlarida o 'g ‘itlashga jiddiy e ’tibor berib, go‘ng va ko'kat o ‘g‘itlardan tashqari yerlarga yog‘och kuli ham da tuproq solish ekinlar hosildorligiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatishni ta ’kidlagan. Shu zaylda o ‘sim liklarning oziqlanishi to ‘g‘risidagi m a’lum otlar asta-sekin to ‘planib bordi, lekin ularni jam lash va tartibga solish uchun muayyan bir dastur boMmaganligi sababli nazariya yaratish imkoni boMmadi.
Qadimgi faylasuflarda suv, yer, havo va olov (harorat va yorug‘lik) o ‘simliklarning asosiy hayotiy omillari, tuproqlar tarkibidagi «yog‘» ularni sem irtiradi, «semiz» tuproqlar esa u nu m do r bo‘ladi, degan aqida mavjud edi. Bu fikr keyinchalik chirindi bilan oziqlanish nazariyasiga asos bo'lgan b o isa , ajab emas. Keyinchalik cherkovning reaksion ta’sirida bo'lsa kerak, XVI asrning o 'rta la rig a c h a O v ro ‘pad a o 'sim lik larn in g oziqlanishini o ‘rganish borasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilm adi. 0 ‘rta asr tadqiqotchilari asosan qadimgi faylasuflaming fikrlarini takrorlash bilan birga ko‘proq «Oyning nurini qoilanilayotgan go‘ng samaradorligiga t a ’sirini» o ‘rganish bilan m ashg‘ul boMdilar. 0 ‘simliklaming «tuz», «selitra» va «suv» bilan oziqlanishi haqida Faqatgina 1563-yilga kelib Bernar Palissining m ineral m oddalarni hosil bo‘lishi va o ‘g ‘itlarning ahamiyati haqidagi asari («Трактат o различных солях в сельском хозяйстве») yuzaga keldi. U m azkur asarda «go'ngning o ‘g‘it sifatidagi aham iyati, uning tarkibidagi somon va pichan qoldiqlarining chirishidan hosil bo'ladigan tuzdadir», deb ta ’kidlaydi. Bu haqdagi fikrlarni davom ettirib, «yakka- ziroatchilik sharoitida o'sim liklar o ‘z hosili bilan tuproqdan hayotiy zarur tuzlam i olib chiqib ketadi, natijada yerdagi tuz m iqdorining kamayishi va hosildorlikni pasayishi kuzatiladi. Shuning uchun uni o ‘g‘itlash yoki bo ‘lmasa, bir necha yil dam berish lozim» deb yozadi. «Dehqonlar kuzda g'alla som onlarini dalaning o'zid a yoqib yubo- radilar, tabiiyki, bunda yerga m a’lum m iqdorda tuz tushadi, dcgan xulosaga keladi muallif. Bu-tuproqqa tushadigan mineral m oddalarning asosiy manbayi deb e ’tirof etilgan birinchi to ‘g‘ri yozma m a’lum ot bo'lib, unda tuproqlar unum dorligining pasayib borish sabablari ochiq ko ‘rsatib berildi va uning oldini olish uchun o'simliklar tom onidan olib chiqib ketiladigan oziq moddalari albatta tuproqqa qaytarilishi lozimligi bayon qilindi. B. Palissining m azkur haqqoniy ñkrlari zam ondoshlari va o ‘zidan keyingi tadqiqotchilar tom onidan qo'llab -quw atlanm ad i (chunki asar uning vafotidan keyin Anatol Frans tom onidan nashr qüindi) va faqatgina oradan uch yuz yil o'tgach isbotlandi. M ana shu davrdan boshlab o ‘simliklarning oziqlanishi haqida goh to ‘g‘ri gohida noto‘g‘ri talqinlar yuzaga keldiki, bu agrokimyo fanini asta-sekin yuzaga kelishini ta’m inlay boshladi. M asalan, Serr o'zining 1600-yilda n ashr qildirgan asarida V. Palissiga qarshi o ‘laroq, «go‘ngning o ‘simliklarga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri faqatgina undan ajralib chiqadigan haroratdadir» deb ta’kidladi. 0 ‘tgan asrlarda u yoki bu taxm inning o m m a orasida keng tarqal- masligi ham da to ‘g ‘ri-n o to ‘g‘riligining tezda e ’tiro f etilmasligini tad - qiqotlarda miqdoriy analizning qo'llanilm asligi bilan izohlash m um kin. Bundan tashqari, kashfiyot va yangiliklarni tan olishdan k o 'ra qadimgi faylasuflarning nufuzli fikrlariga sajda qilish odat tusiga kirib qolgan edi. F. Bekon XVIII asrning boshlarida ilmiy bilishning asosi hisoblangan eksperiment, tajriba va kuzatishlarning natijalari asosidagina haqiqatni yuzaga chiqarish m um kin, degan fikrni o 'rta g a tashladi. 0 ‘sim liklar oziqlanishi muammolarini tajriba yo'li bilan aniqlashga birinchilardan b o ‘Iib gollandiyalik olim Yan Batist V an-G elm on t 1629-yilda kirishdi. U besh yil davomida boshlang'ich og'irligi m a ’lum bo'lgan tol niholini m a ’lurn og‘irlikda (200 funt) tuproq joylashtirilgan idishda, faqatgina y o m g 'ir suvi bilan sug'orib, tajriba o ‘tkazdi. Besh yildan keyin nih olning og'irligi qariyb 33 barobar oshgani holda (164 funt 2 unsiya) idishdagi tuproqning massasi atigi 2 unsiyaga kamaygan- ligini aniqladi va o ‘sim liklam ing oziqlanishi uchun faqatgina suvning o ‘zi yetarlidir degan xulosaga keldi. Chiqarilgan xulosa noto‘g‘ri bo'Isa ham, m azkur tajriba to ‘g‘ri amalga oshirilgan birinchi analitik tajriba sifatida katta am aliy ahamiyatga egadir. 1661 -yilda R obert Boyl shu tajribani oshqovoq o'simligi ustida amalga oshirdi va V an-G elm ontning o'sim liklar «suv bilan oziqlanadi» degan nazariyasini tasdiqladi. Bu nazariya qariyb bir yarim asr davomida o ‘z nufuzini saqlab turadi, hattoki, uning yangicha talqini uchun nemis olimi Shreder 1800-yilda Berlin akademiyasining medaliga sazovor bo‘ldi. 1650-yilda nemis kimyogar olim i G lauber o'simliklarning oziqlanishi asosida selitra (selitra deganda, barch a ishqoriy tuzlar nazarda tutilgan) yotadi degan g'oyani ilgari surdi va bunda u faqatgina fikrlashga emas, balki kuzatish va tajribalarga asoslanadi. Og'ilxonadagi m ollar ostiga to 'shalgan taxtadan oq tusli tuz kristallarini ajratib oldi va u bilan oziqlantirilgan ekinlar gurkirab o 'sish n i aniqladi. G lauber-selitra hayvon axlatlari tarkibida uchrar ekan, uni chorva mollari o'sim lik lardan , ular esa o ‘z navbatida uni tuproqdan oladi, degan taxm inlari bilan V. Palissining fikrlarini to ‘g‘riligini isbotladi. Lekin bu g‘oya ham m unosib baholanm adi, davrning noto‘g‘ri lekin nufuzli g ‘oyalari ichida g ‘arq bo ‘lib ketdi. Shunday b o lsa d a , o ‘simlik- larning oziqlanishi tajribalar yo‘li bilan takom illashib boraverdi.
0 ‘sim liklarning ildizdan oziqlanishi m uam m olari goh to ‘g ‘ri, goh «boshi berk ko‘ch alarda adashib» rivojlanayotgan bir davrda havodan oziqlanish haqidagi t a ’lim ot nisbatan qisqa fursatda dunyoga keldi. H avodan oziqlanish haqidagi birinchi to ‘g ‘ri fikrni M.V. L om o nosov o ‘zining 1756-yilda nashr qilingan «Слово явлениях воздуш ных» asarida bayon qildi.
1774-yilda farangistonlik kimyogar A ntuan Loran Lavuaze o ‘zining «Об обжиге олова в закрытых сосудах» nom li m aqolasida atm osfe- raning miqdoriy tarkibini, kislorodning oksidlanish va yonish jarayon- laridagi rolini asoslab berdi (U ning m ineral oziqlanishga oid m a’lu- m otlari faqatgina vafotidan yarim asr o ‘tgach m a ’lum bo'ldi va nashr qilindi). Undan ikki yilcha aw al, ya’ni 1772-yilda J o z e f Pristli o ‘sim liklar hayvonlarning nafas olishi jarayonida buzilgan havoni tozalay olishini ko‘rsatdi (yalpiz shoxchasi va sichqonlar ustida o ‘tkazilgan tajribalarni eslang), lekin bu hodisani faqat yorugMik sh aro itid a sodir bo'lishini isbotlab bera olmadi. Gollandiyalik olim , vrach Yan Ingenguz 1979-yilda yashil o ‘simlik- lar yorugMik ishtirokida havoni tozalaydi, q o ro g ‘ulikda esa, aksincha, buzishini isbotlab berdi. Jan Senebe va N ikola Teodor Sossyurlar «havoning tozalanishi» nafas olish emas, balki oziqlanish jarayoni ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab berdilar. Lekin fotosintez jarayonining sodir boMish m exanizm ini tushuntirib berish uchun keyinchalik juda ko‘p tad q iq o tlarn i amalga oshirishga to ‘g‘ri keldi. 0 ‘simliklarning havodan oziqlanishi nazariyasining yaratilishi inso- niyatning eng yirik ilmiy yutuqlaridan biri b o ‘lib hisoblansa ham suv bilan oziqlanish nazariyasi kabi dehqonchilik am aliyotining rivojiga turtki bera olmadi. H ar ikki nazariya ham h a m m a joyda suv va havo m iqdori bir xil bo ‘lgani holda, nima u ch u n ekinlarning hosildorligi turlichadir, bunda tuproqning aham iyati borm i yoki yo‘qmi degan savolni qo‘ya olmadi.
XVIII
asrning oxiri, XIX asrning boshlarid an boshlab 0 ‘sim lik- larning mineral oziqlanishi masalalarida k o 'p ro q t o ‘g‘ri fikrlar paydo b o 'la boshladi. 1699-yilda Vudvort V an-G elm ontning tajribasidagi nuqsonlarni ko'rsatib berdi. U yalpiz o'simligini daryo suvida yom g'ir suvidagidan ko‘ra yaxshiroq rivojlanishini, bir oz tu p ro q aralashtirilgan (loyqa) suvda esa yanada yaxshi rivojlanishi u ch u n z a ru r m oddalar borligini ko'rsatib berdi.
1758-yilda F aran g isto n d a Dyugamel Sena daryosining suvida o ‘simliklarni o ‘stirib, yana bir bor o‘sim liklar faqatgina suvda ham m e’yorida o ‘sib rivojlana oladi, degan xulosaga keldi, lekin bunda daryo suvining teri oshlash korxonasining chiqindilari bilan ifloslan- ganligini hisobga olm adi. 1789-yilda nem is olimi Ryukkert turli ekinlar har xil tuproqlarni «xush ko‘rishi»ni, ayrim ekinlar surunkasiga bitta dalada yetishtirilsa, tuproqning m ad o rin i quritib qo ‘yishini aniqladi va bunda dalalar unum dorligini o ‘g ‘it q o ‘llash yo’li bilan tiklash mumkinligini aytdi. 1761-yilda shvetsiyalik kimyogar Vallerius o ‘simliklarning chirindi bilan oziqlanishi haqidagi taxminini o'rtaga tashladi. U «o‘simliklarning ildizi tu p ro q d a n m urakkab organik m od d alarn i to ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri o'zlashtira oladi, tuproqning boshqa tarkibiy qismlari esa (bo‘r va boshqa tuzlar) ch irin d inin g yog‘simon m oddalarini eritib beradi», degan xulosaga kelib, deyarli sakson yil davom ida tadqiqotchilarning tashabbusiga t o ‘g ‘an o q bo‘ldi. Keyinchalik g ‘arb da keng tarqalib ketgan bu g‘oya Albrext D aniel Teyer to m o n id an rivojlantirildi. U m urnan olganda, u o ‘z davrining ilg‘or kishilaridan bittasi edi: birinchi oliy qishloq xo‘jalik m aktabiga asos soldi, u ch d a la li alm ashlab ekish o 'rn ig a sebarga, boshqa dukkaklilar va ildiz mevali ekinlar ekish lozimligini qattiq turib targ‘ib qildi.
Teyer o ‘z davrida ancha yuqori mavqega ega bo ‘lganligi sababli uning ayrim n o to ‘g ‘ri qarashlari ham om m a orasiga tez tarqaldi. U o ‘simliklarni «chirindi bilan oziqlanishi» g ‘oyasini (bu g‘oya ko‘proq uning «рациональны е основы сельского хозяйства» asarida bayon qilingan) b oshqalardan, xususan G ossenfratsdan, o'zlashtirib oigan edi, Teyer «tuproq unum dorligi to ‘la to‘kis chirindiga bog‘liq, faqatgina chirindi va suv o ‘sim liklarga oziq manbayi bo ‘lib xizmat qiladi» deb takrorlar edi. Keyinchalik, Libix o ‘z asarlarida chirindining tuproq unumdorligida tutgan o ‘rnini kam sitm agan holda, o'sim liklar undagi moddalarni faqat minerai holatdagina o ‘zIashtirishini isbotlab berdi. Zam onasining ko‘pchilik taniqli tadqiqotchilari, jum ladan Devi va Berseliuslar ham , uglerodning to ‘g‘rid a n -to ‘g ‘ri ildiz tizimi orqali yutilishi haqidagi g ‘oyaning ashaddiy tarafdorlari edilar. Ba’zi olim lar oziqlanishning «chirindi nazariyasi» ga ochiqdan- ochiq e ’tiroz bildirdilar. U lar qatorida olmoniyalik Shprengel va faran- gistonlik Bussengolarni kiritish mumkin.
0 ‘simliklarning azot bilan oziqlanishini asoslashda Bussengoning xizmati Jan Batist Bussengo qumli m uhitda tajribalar o'tkazib, aw a ld an kuydirib olingan qum ga m a’ium m iqdorda kul qo 'shdi va chirindisiz m uhitda o ‘simlik yetishtirdi: bu bilan o ‘sim Iiklar uglerodni tuproqdan em as, balki havodan olishini isbotladi. U 1836—1838-yillarda o ‘tkazilgan tadqiqotlari asosida chirindi nazariyasi o ‘rniga azot bilan oziqlanish nazariyasini ilgari surdi. Aniq dala tajribalari asosida almashlab ekish sharoitida (alm ashlab ekish- ning toMiq bir rotatsiyasi davomida) kirim va chiqim elem entlarining miqdori aniq hisobga olindi va hosil to m o n id an go ‘ng bilan tuproqqa tushadigandan ko‘ra ancha ko‘p m iqdordagi uglerod chiqib ketishi ko'rsatib berildi. 0 ‘tkazgan laboratoriya va dala tajribalari asosida dukkakli ekinlarning tuproqdagi azot balansi (m uvozanati) ni yaxshi- lashdagi ahamiyatini ham ko'rsatdi. J.B. Bussengo bundan tashqari 1834-yilda ja h o n d a birinchi bo ‘lib agrokimyo tajriba stansiyasini (Elzasda) tashkil qildi. Bu yerda am alga oshirilgan dala tajribalari asosida azot o ‘sim liklar hayotida eng m uhim , birinchi darajali oziqa elem enti ekanligi isb o tlandi. XIX asrning o ‘rtalaridan boshlab O vro'pa va A m riqoning ekin m aydonlarida chili selitrasining keng koMamda qoMlanila boshlanishi ham Bussengo g ‘oya- larining ishlab chiqarishga amaliy tadbig‘idir. Bussengo haqli ravishda yangi fan-agrokiniyoning asoschisi bo'lishi munikin edi. Lekin uning qonidagi «yetti o 'ic h a b bir kesish» odati tajribalar asosida oigan m a'lum otlarini keng om m aga tez yetib borishiga imkon bermadi. Akademik D .N . Pryanishnikovning iborasi bilan aytganda Bussengo fanda uchraydigan «klassik» va «rom antik» larning birinchi toifasiga m ansub edi. Yustius Libix-agrokimyo fanining asoschisi 1840-yilda olnioniyalik kimyogar olim Yustius Libixning «Kimyoning dehqonchilik va fiziologiyaga tadbig‘i» nom li kitobi nashr qilindi va ju d a katta tezlikda dunyo b o ‘ylab tarq ald i. U 1848-yilgacha 01- moniyada va Buyuk Britaniyada to 'rt m artadan, Am riqo ham da Faran- gistonda ikki m artadan va Daniya, Italiya, Polsha ham da Rusiyada bir m artadan nashr qilindi. 2 — A g ro k im y o 17
Kitobda oziqlanishning «chirindi nazariyasi» qattiq tanqid qilingan va o ‘sim liklarning m inerai oziqlanish nazariyasi ta ’riflangan bo‘lib, o ‘simliklarning m inerai oziqlanishiga doir qarashlarni tubdan o'zgari- shiga sabab b o ‘ladi. Libix yakka ziroatchilik (bitta maydonga muttasil bir xil ekin ekish) sharoitida tuproq unum dorligining pasayib borishi sabablarini ishonarli tarzda tushuntirib berdi va o ‘zining hosildorligini saqlash va ko‘tarish uchun tuproqlarni o 'g'itlash lozimligi haqidagi nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariya tu p roq dan olingan barcha m inerai moddalarni tuproqqa qaytarib berish lozim ligiga asoslangan edi (D ehqonchilik fanidagi «qaytarib berish qonuni» ni eslang). Libix d e h q o n c h ilik d a m o d d a la r a y la n ish in i ongli rav ish d a boshqarish lozim ligini, chunki uning buzilishi tuproq unum dorligining pasayishiga olib kelishi haqidagi g'oyani birinchi bo‘lib dadil aytdi. Ilgari surilgan niazkur g ‘oyada azotli o ‘g‘itlarga e ’tibor bermaslik (Libix u davrda b archa o ‘sim liklar azotni havodan o ‘zlashtiradi, degan fikr tarafdori edi), g o ‘ngning o ‘rniga kuydirib kulini ishlatish, tuproqqa o'sim lik to m onidan olib chiqib ketiladigan barcha elem entlarni (shu jum ladan krem niy kabilarni hani) qaytarib berish, o ‘g‘itlarni faqatgina o ‘ta qiyin eriydigan shakllarda qoMlash (bu masalada u bir necha kimyoviy birikm alarni tavsiya ham qilgan) kabi noto‘g‘ri fikrlar ham rnavjud edi. Aytib o'tilgan kam chilik va nuqsonlar Libixning shogirdlari ham da muxoliflarining e ’tiroziga uchradi va tezda tuzatildi. Shu narsa diqqatga sazovorki, nuqsonlarning aksariyatini Libixning o ‘zi tuzatdi. Olimning shoshma-shosharligi kuchli m unozara va tanqidlarga uchragan boMsada, agrokimyo fanining tez su r’atlarda rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Libixning tavsiyasi asosida angliyaning Rotamsted stansiyasida 1843- yilda birinchi s u n ’iy m inerai o ‘g‘it-superfosfat (suyak talqonini sulfat kislota yordam ida ishlash yo‘li bilan) olindi. Keyinchalik, 1857-yilda Saksoniyaning Stasfurt shahri yaqinidan kaliy tuzlari koni topildi va 1861 -yilda uni qayta ishlab o ‘g‘it olish b o ‘yicha birinchi zavod ishga tushirildi. Lekin azotli o ‘g ‘itlar masalasi ancha vaqtgacha m uam m oligicha qolaverdi. Yarim asr davom ida Chili dunyo dehqonlarini azot bilan ta ’minladi (tabiiy Chili selitrasi bilan), lekin XIX asrning oxiriga kelib uning ham intihosi borligi sezilib qoldi. U zoq urinishlardan keyin Friy G aber birinchi m arta sintetik am m iakni hosil qildi. 1916-yilda m uhandis Karl Bosh birinchi sintetik am m iak zavodini ishga tushirdi.
Katta aham iyatga ega bo‘lganligi sababli har ikki ish ham x alq aro N obel m ukofotiga sazovor b o ‘ldi. K.A. Tim iryazev Libixning fanga q o ‘shgan xizm atlariga t o ‘g ‘ri baho berib: «Aham iyatini cheklashga b o ‘lgan har qanday u rin ish la rd an q at’i nazar, Libixning oziqa elem entlarini tuproqqa qaytarib berish haqidagi ta ’lim oti fanning eng buyuk yutuqlaridan bittasidir» degan edi. Shuning u c h u n ham Yustius Libix agrokim yo fanining asoschisi hisoblanadi. M ana shu davrdan boshlab agrokim yoviy ilmiy tad q iq o tlar keng ko'lam da yo‘lga q o ‘yila boshlandi. 1842-yilda nem is tadqiqotchilari V igm an va Polstroflar m in eral oziqlanish nazariyasini tasdiqlovchi tajribani amalga oshirdilar. U la r o'sim lik o ‘rniga platina sim qiyqimlari va kislota bilan yuvilgan q u m d a undirdilar ham da nihol tarkibidagi kul elem entlarining m iqdori u ru g ‘ tarkibidagiga teng b o ‘lishini aniqladilar va bu m uhitga q o ‘sh im c h a kul elem entlari va azot birikmalari kiritilm asa, nihollar tezda rivojla- nishdan to ‘xtab qolishini isbotladilar. 1846-yilda Salm Gorstm ar organik m oddalardan to ‘la to za lan g a n va aw aldan kuydirib, fosfor ham da azo t birikm alari qo‘shilgan q u m d a suli o ‘sim ligidan «risoladagiday» hosil yetishtirdi. U shuningdek, kul elem entlari alohida-alohida ishlatilganda hosildorlik sezilarli d a ra jad a kamayib ketishini ham ko‘rsatib berdi. Mineral oziqlanish masalalarini o ‘rganishda oziqa aralashm alarining (tayyorlash uchun oziqa elem entlarini tutgan tuzlar suvda e ritilad i) roli juda ham kattadir. 1859-yilda K nop to ‘la oziqa aralash m asini yaratdi va unda o ‘simliklar m e ’yorida o ‘sib rivojlanishi m um kin ligin i isbotladi. Hozirgi kungacha turli ek inlar uchun 100 dan o rtiq o ziq a aralashm alari tavsiya qilingan. Download 5.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling