0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 5.63 Mb.

bet55/59
Sana11.11.2017
Hajmi5.63 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59

D ala  tajribalarini  o'tk azishd a  tu p roq -iqlim   sh aroitlari  m u h im  

ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  o'z  navbatida  tadqiqotlar  qaysi  tuproq  tipida 

bajarilgan  b o‘lsa,  olingan  natijalar  ham   faqat  shu  tuproqlar  tarqalgan 

hududlarda  q o ila n ilish i  lo zim ligin i  taqozo  qiladi.  T o ‘q  tusli  bo'z 

tuproqlar  sharoitida  o'tkazilgan  tajribalarning  natijalari  M irzach o‘1 

tuproqlari  yoki gidromorf tuproqlar tarqalgan xo'jaliklar uchun  tavsiya 

qilinsa,  dala  tajribalari  oldiga 

qo'yiladigan  birinchi  talab 

q o ‘pol 

ravishda  buzilgan  hisoblanadi.

Dala tajribalaridagi barcha  agrotexnikaviy tadbirlar yuqori saviyada 

tashkil  qilinishi,  barcha  variantlarda  qo'llaniladigan  tadbirlar  sifat  va 

bajarilish  muddatlari  jihatidan  bir  xilda  b o‘lishi  kerak.  Boshqacha 

aytganda,  tajribada rejalashtirilgan barcha ishlar barcha  variantlarning 

ham m asida  bir  kunda  bajarilishi  lozim .  Rejalashtirilgan  ishlarni  bir 

kunda  tugatishning  iloji  bo'lm agan,  hollarda tadbir bitta  takrorlikning 

barcha variantlarida birinchi  kunda,  qolgan takrorliklarda  esa  ikkinchi 

kuni  bajariladi.  Um um an  olganda,  agrotexnik  tadbir  tajriba  variant­

larida  k o‘pi  bilan  ikki  kun  ichida  bajarilishi  kerak.  B undan  tashqari, 

tuproqni  ishlash,  ekish  va  nihollarni  parvarishlashda  qo'llaniladigan 

barcha  m oslam alar  birinchidan,  zam onaviy 

ik k in ch id a n ,  barcha 

variantlarda  bir  xilda  bo'lishi  kerak.

Agrotexnikaviy  tadbirlar  ich id a  sug‘orish  alohid a  e ’tiborga  ega 

bo'lib,  suv  barcha  variantlarga  bir  kunda,  bir  xil  m iqdorda  berilishi 

kerak.  Sug'orishdagi variantlar o ‘rtasidagi  farq  o'sim liklarning o ‘sishi, 

rivojlanishi  va  hosildorligiga  sezilarli  ta’sir  k o‘rsatadi.

D ala  tajribasining  tipikligi  deganda,  o'rganilayotgan  navlarning 

shu  sharoit  uchun  yaroqliligi  va  m oslashtirilganligiga  jiddiy  e ’tibor 

beriladi.

BITTA  BELGI  BILAN  FARQLANISH 

P R IN S IP I

U slu b iy  jihatdan  to ‘g‘ri  tashkillashtirilgan  tajribaning  m uhim  

shartlaridan  biri  —  mantiqan  bitta  belgi  bilan  farqlanish  prinsipidir, 

y a ’ni  dala  tajribasida  taqqoslanadigan  variantlar  bir-birlaridan  faqat 

bitta  o ‘rganiladigan  belgi  bilan  farq  qilishi  lozim .

Masalan,  azotli o ‘g ‘it m e’yorlari ustida o'tkaziladigan tadqiqotlarda 

variantlar o'rtasidagi birdan-bir farqlanadigan belgi  —  o ‘g ‘it  m e’yoridir. 

Boshqa barcha omillar (tuproq tipi  va unum dorligi,  o ‘tm ishdosh  ekin, 

tuproqni  ishlash  usullari,  nav,  ekish  va  o ‘g ‘itlash  m uddatlari,  usullari,

33 — Agrokimyo

513


slnm ingdek,  parvarishlash)  barcha variantlarda  bir xilda b o iish i kerak. 

Ayni  shartga amal qilinmasa,  o ‘rganilayotgan o 'g'it m e’yorining ekinlar 

hosiliga  ta ’sirini  o'rganib  b o im a y d i.

O 'sim liklarning  hayotiy om illari  o'zaro b o g liq  bo'lganligi sababli, 

h a r  d o iin   faqat  bitta  belgi  bilan   farqlanish  prinsipiga  amal  qilib 

bo'lm aydi.  Bunga  quyidagi  oddiy  misolni  keltirish  mumkin.  Sug'orish 

jarayonida  tuproqning  namligi  o ‘zgaradi.  Namlik  tartibotining  o'zga- 

rishi  o 'z   navbatida  tuproqning  haroratiga,  haroratning  o'zgarishi  esa 

m ikroorganizm lar  faoliyatiga  ta ’sir  ko'rsatadi.

Tuproqdagi  oziq m oddalarning miqdori va ularning harakatchanligi 

tabiiyki  m ikroorganizm lar  faoliyati  natijasida  o ‘zgaradi.

Aytilganlardan  faqat  bitta  belgi  bilan  farqlanish  prinsipiga  erishib 

bo'h n as  ekan  degan  xulosa  chiqarish  kerak  emas.  Bu  prinsip  zamirida 

eng  asosiy,  o'rganilayotgan  belgi  nazarda  tutiladi.  Yana  inisollarga 

m urojaat  qilaylik.  Dala  tajribasida  bug‘doyning  biologik  xususiyatiga 

ko 'ra  k o 'c h a t  qalinligiga  tu rlich a  m unosobatda  bo'ladigan 

ikkita 

naviga  o ‘g ‘it  m e’yorlarining  t a ’siri  o ‘rganilayotgan  b o isin .  Bu  ikki 



navning hosilini taqqoslash uchun  u larb ir xil  ko'chat qaliialigida ekilishi 

loziin  edi.  Bu  bitta  navning  alb atta  noqulay  oziqlanish  sharoitiga 

tushushiga  va  katta  uslubiy  xatoga  sabab  b o iad i.  Buning  oldini  olish 

uchun  bir nav  o'ziga  qulay  ko‘chat  qalinliklarida  ham  sinab  ko'riladi.

Yana  bir  misol.  Tajribada  kaliyli  o ‘g ‘it  turlarining  (kaliy  xlorid  va 

kaliy  sulfat)  xlorga  chidamli  ekin  hosildorligiga ta ’siri  o ‘rganilayotgan 

bo'lsin.

Agar  h ar  ikki  shakldagi  o ‘g ‘it  faqat  kuzda  yoki  bahorda  berilsa, 

olinadigan  natijalar  bir-biridan  keskin  farq  qiladi.  0 ‘g ‘it  shakllarini 

haqqoniy  baholash  uchun  tajriba  tizimiga  turli  m uddatlarda  o ‘g‘it 

beriladigan  qo'shim cha  variantlar  kiritiladi.

Barcha  hollarda  bitta  belgi  bilan  farqlanish  prinsipi  -maqsadga 

muvofiqlik  yoki  m e’yordalilik  prinsipi  deb  qaralishi  kerak.

TAJRIBALARNI  MAXSUS  MAYDONCHALARDA 

0 ‘TKAZISH

Dala tajribalarini  maxsus ajratilgan maydonchalarda o ‘tkazish  bitta 

belgi  bilan  farqlanish  prinsipining  m antiqiy  davomidir.  Bu  talab  har 

qanday  dala  tajribasida  albatta  bajarilishi  shart.

Tarixi  m a’lum boMmagan (maxsus ajratilmagan) maydonlarda amalga 

oshirilgan  tajribalarning  natijalarini  tushunish  va  tushuntirib  berish,



shuningdek,  ulardan  foydalanish  um um an  m um kin  emas.  Tasodifiy 

m aydonchalarda  o'tkazilgan  tad q iq o tla rn i  (ular  q anday  m aq sad d a 

o ‘tkazilishidan  qat’i  nazar)  dala  tajribalari  deb  atash  m um kin  em as.

H O SILN I  HISOBGA  O L IS H   VA  TAJRIBANING 

HAQQONIYLIGI

Qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  hosili  va  m ahsulot  sifati  —  tajriba 

variantlarining  xolis  ko'rsatkichidir.  Hosilni  hisobga  olish  yo'li  bilan 

tajriba  variantlarida  o ‘rganilayotgan  sharoit  va  o m illarn in g   t a ’siri 

miqdoran  aniqlanadi.

0 ‘tkazilgan  tajriba  haqqoniy  bo'lgandagina  hosilni  hisobga  olish 

va  uning  sifatini  baholasli  ma’lum  bir  qimm atga  ega  bo'ladi.

T ajriba  haqqoniy  b o ‘lishi  u c h u n   uning  tizim i  va  u slu b iy o ti, 

o ‘tkaziladigan  joy  va  shart-sharoitlari  tadqiqotning  oldiga  q o'yilgan 

maqsad  va  vazifalarga  mos  kelishi  kerak.

Tajribalarning  haqqoniyligi  va  aniqligi  bir-biri  bilan  bog‘liq,  lekin 

mustaqil  tushunchalardir.

Aniq  tajribadan  olingan  n atijalarn i  o'ziga  xos  m ate m a tik   yoki 

statistik  usullar  yordam ida  hisoblab  topiladi.

Dala tajribalarining aniqligiga agrometeorologik sharoitlarning turli- 

tu m an lig i,  tajriba  m aydoni  tu p ro q la rin in g   bir  jinsli  b o ‘lm aslig i, 

agrotexnikaviy tadbirlarni o ‘tkazishda yo‘l qo'yiladigan ayrim  nuqsonlar 

turlicha  ta ’sir  ko‘rsatadi  va  shu  asosda  tajribaning  xatoliklari  yuzaga 

keladi.

DALA  TAJ RIB ALARIDA  UCHRAYDIGAN  XATOLIKLARNI 



UCHTA  TOIFAGA  B O ‘L ISH   M UM KIN

Tasodifiy xatolar — turli om illarning o'zaro ta'siri  natijasida yuzaga 

keladi.  Tasodifiy  xatolar tajriba  aniqligiga  sezilar-sezilm as  ta ’sir  k o 'r- 

satadi.  Dala tajribalarida tasodifiy xatolarni  yuzaga  keltiradigan  o 'zig a 

xos elem entlar  mavjud.  Tasodifiy  xatolarning o ‘ziga  xos  to m o n larid an  

biri  undagi  ijobiy va salbiy elem entlarning o'zaro ta ’sirlashishi  natijasida 

tajriba aniqligiga yetkaziladigan  zararning  kamayishi va silliqianishidir. 

Tasodifiy  xatolarga 

iqlimdagi  sovuq  va  issiq,  seryog'in  va  q u ru q  

kunlarning  alm ashib  turishini  misol  qilish  mumkin

Tizim li  xatolar  —  muayyan  om ilnin g  faqat  bitta  y o 'n a lish d a g i 

doimiy  ta ’siri  natijasida  yuzaga  keladi.  M asalan,  unum dorlik jih a td a n



bir jinsli bo‘lmagan  m aydonda  tajriba o ‘tkazilganda,  tuprog'i unum dor 

boMakdagi  hosildorlik  boshqa  variantlarga  nisbatan  sezilarli  darajada 

yuqori  boMadi.  Sistem atik  xatolarning  o ‘ziga  xos  xususiyati  —  bitta 

yo'nalishda  ta ’sir  etishida,  ya’ni  olinadigan  natijalarni  ijobiy  yoki 

salbiy tom onga o'zgarishidadir.  Sistematik xatolarda,  tasodifiy xatolar- 

dan  farqli  oMaroq,  sharoit  yoki  omillarning  ta ’siri  o ‘z -o ‘zidan  susay- 

m asdan,  aksincha,  ortib  boradi.  Dala  tajribalari  oldiga  qo'yiladigan 

talablarning  buzilishi  natijasida  qo'pol  xatolar  yuzaga  keladi.

M asalan,  tadqiqotchi  yanglishib  o‘g‘itsiz  (nazorat)  variantga  o ‘g‘it 

berdi  yoki 

hosilni 

hisob-kitob  qilish  chog'ida  navlar  yoki  tajriba 

variantlarini  adashtirib q o ‘ydi  deylik (bu odatda,  tadqiqotchining ishga 

sovuqqonligi natijasida  xaltachalarga nav, variant va takrorlik raqamlarini 

yozib qo ‘ymagan hollarda sodir bo ‘ladi).  Bunday sharoitda yo‘l qo'yilgan 

xatoni  «tuzatib  b o ‘lmaydi»,  variant,  takrorlik,  ba’zi  hollarda  tajriba 

natijalarini  to ‘laligicha bekor qilishga to ‘g‘ri  keladi.  Dala tajribalarining 

natijalar m untazam  va q o ‘pol  xatolardan  holi  bo'lgandagina  matematik 

ishlanadi  hamda  muayyan  xulosalar chiqariladi.

DALA  TAJRIBALARINING  TURLARI

M aqsadi,  o ‘tkaziladigan  joyi,  tajribaning  davomiyligi,  boMma- 

larning katta-kichikligi va boshqa  ko'rsatkichlariga ko‘ra dala tajribalari 

bir  nechta  turga  boMinadi.

0 ‘tkazilish sharoitiga k o ‘ra  dala tajribalarini  ikkita guruhga boMish 

mumkin:


—  maxsus  ajratilgan  m aydonlarda;

—  ishlab  chiqarish  sharoitlarida  o ‘tkaziladigan  dala  tajribalari.

Birinchi  ko'rinishdagi  dala  tajribalarida  asosiy om illar va  agrotex-

nikaviy  tadbirlarning  qishloq  xo'jalik  ekinlariga  ko‘rsatadigan  ta ’siri 

alohida  ajratilgan,  m a’lum   kattalikdagi  m aydonlarda  o'rganiladi  va 

chiqariladigan  xulosalar  asosida  beriladigan  tavsiyalar  shu  tuproq  — 

iqlim  sharoitlarining  o ‘zida  qoMlaniladi.

Ishlab  chiqarish  sharoitlarida  o‘tkaziladigan  dala  tajribalari  bir- 

m u n ch a  soddalashtirilgan  tizim da  amalga  oshirilib,  o ‘z  ichiga  eng 

z a a ir  variantlarni  oladi.

T adqiqotlarning  m aqsadiga  ko‘ra  dala  tajribalari  ikki  guruhga 

boMinadi:

—  agrotexnikaviy  dala  tajribalari;

—  nav  sinash  dala  tajribalari.



Agrotexnikaviy  dala  tajribalari  turli  hayotiy  om illar va  yetishtirish 

sharoitlarining  ekinlar  hosildorligiga  ta ’sirini  qiyosiy baholash  u c h u n  

o ‘tkazilsa,  nav  sinash  dala  tajribalari  genetik  jih atdan   turli  n av larn i 

bir xil oziqlanish sharoitlarida taqqoslash va shu asosda nav va duragay- 

larning  m ahsuldorligini  baholash  uch u n   am alga  oshiriladi.  0 ‘g ‘itlar 

ustida amalga oshiriladigan dala tajribalari-agrotexnikaviy dala  ta jrib a ­

lari jum lasiga  kiradi.

D ala  tajribalarining  bu  ikki  turi  o 'rta sid a   keskin  chegara  y o ‘q, 

chunki  ba’zan  nav  sinash  ishlari  turli  oziqlanish  fonlarida  o 'tk azilsa, 

ba’zi  hollarda  agrotexnikaviy  dala  tajribalarida  bir  nechta  istiqbolli 

navlar o'rganilishi  mumkin.

Tajribada  ishtirok  etayotgan  om illarning  soniga  qarab:

—  bir  omilli;

—  k o 'p   om illi  dala  tajribalari  farqlanadi.

Agar  dala  tajribasida  bitta  oddiy  yoki  m urakkab  m iqdoriy  o m il 

(o 'g 'it  yoki  pestitsid  dozasi,  ekish  m e ’yori  va  h.k.)  bir  nechta  g ra- 

datsiyada o ‘rganilsa yoki bir nechta sifat  om illari  (turli ekinlar,  nav lar, 

ishlov  berish  u sullari,  o 'tm ish d osh   e k in la r  va  h.k.)  ning 

t a ’siri 

taqqoslansa,  bunday  tajribalar  oddiy  yoki  bir  omilli  dala  tajribalari 

deb  yuritiladi  (133-jadval).

¡33-jadval

B ir omilli d a la  ta jrib a la ri

V a ria n t

G ‘o ‘za  navlari 

u s tid a

G ‘alla u r u g ‘in i  e k is h  

m e ’y o ri  u s tid a

0 ‘g ‘i t  m e ’y o r l a r i 

u s tid a

1

108-F



3 ,0   m ln

0 ‘g ‘itsiz

2

C —4727


4 ,0   m ln

N   P   K

90  9(1 

90

3



G ‘olib-1

5 ,0   m ln

N  

P  


K

120 


120 

120


4

T o sh k en t-1

6 ,0   m ln

X J 


u  

p

150 



150 

150


5

B uxoro-6

7,0  m ln

N 60P 60K 60

Bir  vaqtning  o ‘zida  ikki  yoki  undan  o rtiq  om ilning  o ‘zaro  t a ’siri 

o'rganiladigan  tajribalar  ko‘p  omilli  tajribalar  deb  yuritiladi.

Dala tajribalarida omillarning o ‘zaro ta ’siri  ijobiy yoki  salbiy boMishi 

m um kin.  M asalan,  sug‘orish natijasida gektaridan  10 s,  o ‘g‘it q o ‘llash - 

dan  esa  5  s  ularni  birgalikda  q o'llashdan  esa,  25  s  qo‘shim cha  hosil 

olingan  bo'lsin.  B unda  qo'shim cha  ijobiy  sam ara:



Kartoshka  ustida  o ‘tkazilgan  dala  tajribasida  faqat  m ineral  o ‘g‘it- 

larni qo'llab,  120 s/ga,  faqat go'ng qo'llanilganda  110 s/ga qo'shim cha 

hosil  olingan.  M ineral  va  mahalliy  o ‘g‘itlar  birgalikda  berilganda, 

qo'shim cha  hosil  gektaridan  180  s/ga  ni  tashkil  qilgan.

Bu  holda  o 'zaro   ta ’sir  samarasi:

180-( 120  110)  =   —50  s/g a  ni  tashkil  qiladi  yoki  b oshqacha 

aytganda,  om illarning  o ‘zaro  ta ’sir samarasi  —  salbiydir.

Tajriba  ishlari  uslubiyotida  to‘la  omilli  tajriba  degan  tushuncha 

m avjud  b o'lib,  u n d a   o'rganiladigan  o m illar  iloji  boricha  b arch a 

muvofiqlik va gradatsiyalarda olib  ko'riladi.  Lekin o ‘z ichiga bir nechta 

omilni  oladigan  barcha  tajribalarni  to‘la  omilli  tajriba  deb  bo‘lmaydi.

Masalan,  ikkita  om il  ikkita  muvofiqlikda  o'rganilsa,  tajriba  o ‘z 

ichiga  to ‘rtta  variantni  oladi  ( 2 x 2   =  4):

Oddiy  haydash  —  o'g'itsiz 

Chuqur  haydash  —  o ‘g‘itsiz 

Oddiy  haydash  —  o'g'itli 

C huqur  haydash  —  o ‘g‘itli

M azkur  tajriba  tizim idan  bironta  variant  chiqarib  tashlansa,  u 

to 'la   omillilik  xususiyatini  yo'qotadi.

Agar tajribaga yana bir omil  (masalan,  2 ta  nav o ‘rganilsa)  qo'shilsa, 

tabiiyki  u  t o la   unsuriy  tajriba  bo‘lishi  uchun  sakkizta  variantni  o ‘z 

ichiga  olishi  kerak  (134-jadval).



134-jadval

Uch  om illi  (2 x 2 x 2 = 8 )  dala  tajribasining  tizimi



1-nav



2-n av

1

O d d iy   h a y d a s h   —  o ‘g ‘itsiz



5

O d d iy   h a y d a s h   —  o 'g 'its iz

2

C h u q u r   h a y d a s h   —  o 'g 'i ts iz



6

C h u q u r   h a y d a s h   —  o 'g 'its iz

3

O d d iy   h a y d a s h   —  o ‘g ‘itli



7

O d d iy   h a y d a s h   —  o 'g 'i tl i

4

C h u q u r   h a y d a s h   —  o 'g 'i tl i



8

C h u q u r   h a y d a s h   —  o 'g 'itli

Amalga  oshirilish  ko‘Iamiga  qarab  dala  tajribalarini  yana  ikkiga 

bo‘lamiz:

—  yakka  tartibdagi  dala  tajribalari;

—  yalpi  yoki  geografik  dala  tajribalari.



Agar  turli  tizim dagi  dala  tajribalari  alohida  olingan  m ask anlarda, 

bir-biriga  bog'liq  bo'lm agan  holda  amalga  oshirilsa,  yakka  tartib dag i 

dala  tajribalari  deb  yuritiladi.

M a’lum bir m azm undagi dala tajribalari  a w a ld an  m uvofiqlashtiril- 

gan  tizim   va  uslublarda,  turli  tuproq  va  iqlim   sharoitlarida  am alg a 

oshirilasa,  yalpi  yoki  geografik  dala  tajribalari  deb  nom lanadi.

D avom iyligiga  k o ‘ra  dala  tajrib alarini  k o ‘yidagicha  g u ru h la sh  

mumkin:


—  qisqa  m uddatli  dala  tajribalari;

—  ko'p  yillik  dala  tajribalari;

—  surunkali  dala  tajribalari.

U ch  yildan  o ‘n  yilgacha  davom   etadigan  tajribalariga,  o d a td a , 

qisqa  m uddatli  dala  tajribalari  deyiladi.  Qisqa  m uddatli  dala  tajribasi

3—4  yil  davomida  m a’lum  bir  tizim da  yangi-yangi  m aydonlarda  o ‘t- 

kazilsa,  nostatsionar,  4 —10  yil  m obaynida  bitta joyning  o ‘zida  o ‘tk a- 

zilsa muqim  (stasionar) dala tajribalari deb (shartli ravishda) nom lanadi.

Bir  omil  va  ko‘p  omilli  dala  tajribalari  10—50  yil  davom  etsa, 

k o'p   yillik,  50  yildan  uzoq  davom  etsa,  surunkali  dala  tajribalari  deb 

yuritiladi.  Eng qadim iy surunkali dala tajribasi  1843-yilda Angliyaning 

Rotam sted  tajriba  stansiyasida  yo‘lga  qo'yilgan.  Bu  tajribada 

eki- 

ladigan  bug‘doy,  arpa  va  ko‘p  yillik  o ‘tla r  m onokulturasiga  o ‘g ‘it 



m e’yorlarining  ta ’siri  o'rganiladi.

Shu  m am lakatda  Saksmundgem   (Sharqiy  Suffolk)  shahrida  1899- 

yildan  buyon  ikkinchi  surunkali  dala  tajribasi  o'tkazilib  kelinm oqda.

Daniyada  ham   bir  qator surunkali  dala  tajribalari  yo‘lga q o ‘yilgan 

bo'lib, ulardan eng qadimgisi  1894-yilda Askovo tajriba stansiyasidadir. 

Bu  tajribada  alm ashlab  ekishda  o ‘g 'it  q o ‘llash  masalalari  o ‘rganiladi.

G erm aniyada  ham   surunkali  dala  tajribalarini  o ‘tkazishga  alohida 

e ’tibor beriladi.  Shunday tajribalardan biri  1878-yilda Xalle  shahridagi 

qishloq  xo‘jalik  universitetining  tajriba  dalasida,  ikkinchisi  1904-yilda 

B onn-Popelsdorf qishloq xo'jalik akadem iyasi tizim ida tashkil etilgan. 

H ar ikki surunkali tajribada  mineral va m ahalliy o 'g ‘itlar ta ’siri qiyosiy 

o ‘rganiladi.

1875-yilda  Fransiyada  almashlab  ekishda  o ‘g ‘it  qo'llash bo'yicha- 

borasida,  1876-yilda Am erikaning  Illoniya  universitetida  m akkajo'xo- 

riga  (yakka ziroat  va  almashlab  ekish  sharoitida)  o 'g 'itla r m e’yorining 

ta ’sirini o ‘rganish yuzasidan surunkali  dala tajribalari  yo'lga qo‘yilgan.

Rusiyada  o'tkazilayotgan  surunkali  tajribalar  ichida  1912-yilda 

M oskva  qishloq  xo ‘jalik  akadem iyasida  tashkil  etilgan  ko‘p  omilli



tajriba  m uhim   ahamiyatga  ega.  Bu  tajribada  almashlab  ekish,  yakka 

ziroat,  «abadiy  shudgor»  va  tuproqni  m untazam   ohaklash  fonlarida 

mineral 

0

‘g‘it  m e’yorlarining tuproq unum dorligicha ta ’siri o ‘rganiladi.



O'zbekiston  paxtachilik ilmiy-tadqiqot  instituti  (sobiq  SoyuzNIXI) 

ning  Oqqovoqdagi  tajriba  stansiyasida,  1926-yilda  to ‘rt  variantli  dala 

tajribasi  tashkil  etilgan  bo‘lib,  unda  tuproqdagi  azot  va  boshqa  oziq 

elementlarning balansi o'rganilmoqda.Yaponiyada ham bundan 65-yillar 

muqaddam  sholi  hosildorligiga  mineral  o ‘g ‘itlar,  kompost  va  sideratlar 

ta ’sirini  o ‘rganish  bo ‘yicha  surunkali  dala  tajribalari  tashkil  etilgan.

Yuqorida  aylilganlardan ko'rinib  turibdiki,  ko‘p  yillik va surunkali 

dala  tajribalari  tuproq  va  agrofitosenozlarda  sekin  sodir  bo‘ladigan 

fizika kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni o'rganishda, oziq  moddalar 

muvozanatini  hisoblashda,  oziq  elem entlarning  nobudgarchiligini  va 

atrof-m uhitning  ifloslanishini  hisobga  olishda ju da  muhimdir.

TAJRIBA  UCHUN  MAYDON  TANLASH  YA 

UNI  TAYYORLASH

Dala tajribalari  o'tkaziladigan  m aydonlar bir qator talablarga javob 

berishi  kerak.  Bu  talablarni  asosan  ikkiga  boMish  mumkin.

Birinchidan,  tajriba  maydonchasi  tipik  yoki  boshqacha  aytganda, 

reprezentativ  boMishi,  ya’ni  o'zining  xossalari,  unumdorligi  va  relyefi 

jihatidan tajriba o ‘tkazilayotgan turnan tuproqlariga aynan  mos boMishi 

kerak.  Ikkinchidan,  tuproq  qoplamining  bir jinsli  boMishi  lozim.  T a- 

biiyki,  bu  m a’noda  bir jinslilik  nisbiy  m a’noda  tushuniladi,  chunki 

hech  qachon  bitta  tajriba  maydonida  m utlaq  bir  xil  unum dorlikka 

ega  boMgan  tuproqlarni  topib  boMmaydi.  Lekin  bundan  unum dorlik 

jihatidan  olachalpoq  boMgan  m aydonda  ham   tajriba  o ‘tkazaverish 

m um kin  degan  m a ’no  kelib  chiq m ay d i.  M um kin  q a d a r  b ir  xil 

unum dorlikka  ega  boMgan  tuproqlarni  aniqlash  uchun  m aydonning 

tarixi  yaxshilab o ‘rganilishi,  kimyoviy tahlil  qilinishi va  relyefi,  m ikro- 

ryelefi  aniqlanishi  lozim.

Tajriba maydonchasining tarixi.  Xo‘jalik faoliyati  nuqtayi  nazaridan 

tarixi  n o m a ’lum   boMgan  m aydonlarda  dala  tajribalarni 

0

‘tkazib 



boMmaydi.  Tajriba  uchun  tanlanadigan  m aydonda  keyingi  3—4  yil 

ichida  bir  xil  ekin  ekilgan,  shuningdek,  o ‘gMtlash  va  ishlov  berish 

ham m a’lum bir tizim asosida amalga oshirilgan boMishi  kerak.  Ayniqsa, 

tuproqqa  solingan  fosforli  o ‘gMtlar  va  g o ‘ng  uzoq.  vaqt  o ‘z  ta ’sirini 

saqlab  qolishini  unutm aslik  lozim.


Tadqiqotchi  tajriba  uchun  m o ‘ljallangan  m aydonni  keyingi  b ir   yil 

ichida o ‘zi  kuzatib  borishi yoki  k am ida  shu joyning so'nggi  3—4   yillik 

tarixini  sinchiklab  o ‘rganmog‘i  shart.

Tajriba  m aydonchasi  turar jo y   bin olari,  chorvachilik  ferm alari  va 

daraxtzorlardan kamida 50—100 m , yolg'iz turgan daraxt va b in o la rd a n  

kamida 25—30 m  olisroqdan tanlanadi.  Shuningdek, tajriba m ay do nlari 

qadimgi  y o ila r,  o ‘g‘it  va  go‘ng  uyum lari  ustida,  qurib  qolgan  a riq la r 

o ‘rnida joylashmasligiga  alohida  e ’tib o r  beriladi.

T uproqlari.  Tajriba  m aydonining  tarixi  talabga  javob  b e rish ig a  

ishonch  hosil  qilgandan  keyin  uning  tuproqlari  o'rganiladi.  Y u q o rid a  

ta ’kidlanganidek,  birinchi  navbatda  tu p ro q lar  o ‘z  unum dorligi  jih a -  

tidan  bir jinsli  b o'lishi  lozim.  Bu  tu p ro q larn in g   tipi,  xossalari  va  siz o t 

suvlarining  yotish  chuqurligini  a n iq la sh   u ch u n   tuproq  k e s m a la ri 

solinadi, tuproqning haydalma qatlam id an nam unalar olinadi va  l: 1000

—  1:5000  ko'lam dagi  tuproq  xaritan o m alari  tuziladi  va  shu  a so sd a  

m aydonda  tarqalgan  tuproqlarga  tav sif  beriladi.  Lekin  k o 'p   s o n li 

kuzatishlardan shu  narsa m a’lumki,  har qan cha jiddiy kimyoviy ta h lilla r 

natijasida ham  tuproq unumdorhgidagi olachalpoqlilikni uzil-kesil a n iq - 

lab  bo‘lmaydi.  Buni  aniqlashda  tajriba  m aydonchasiga  m a ’lu m   b ir 

qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  ekish ju d a   q o i   keladi.

M asalan, tadqiqotlar o'tkazilishi rejalashtirilayotgan m aydonga  ikki 

yil  davom ida  bironta  don-dukkakli  ekin  ekilsa,  birinchidan,  u  tu p ro q  

!  unum dorhgidagi  farqni  ko‘rsatadi,  ikkinchidan,  to ‘playdigan  az o ti  va 

qoldiradigan organik massasi hisobiga unum dorlikdagi olachalpoqlikka 

qism an  b o is a d a   barham   beradi.  O d a td a ,  ekinlarni  b un day   e k is h  

rekognossirovka  uchun  ekish  deb  yuritiladi.

Tajriba maydonchasining relyefi.  D ala tajribalarida joyning relyefiga 

q o‘yiladigan  talablar tadqiqotlarning  m aqsadi  va yetishtiriladigan  e k in  

turlaridan  kelib  chiqadi.  Dala  tajribalarida  relyef oldiga  q o ‘yilad igan  

talablar m azkur o ‘quv qo'llanm aning «Sug‘oriladigan sharoitda a m a lg a  

oshiriladigan dala tajribalarining o ‘ziga xos xususiyatlari»  deb n o m la n - 

gan  qismida  batafsil  bayon  qilingan.

DALA  TAJRIBASI  USLUBIYOTINING 

TARKIBIY  Q ISM LA R I

Dala tajribasi uslubiyoti deganda, uni tashkil qiluvchi elem entlarning 

maj  íui  tushuniladi.  Tajribadagi  varian tlar  va  ularning  soni,  b o i a k -  

chalar,  ularning  maydoni  va  yo‘nalishi,  takrorliklar va  ularni jo y la sh -


tirish  tizim i,  hosilni  yig'ishtirib  olish usuli  va  boshqa  shu  kabilar  dala 

tajribalarining  elem entlaridan  hisoblanadi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling