0‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oliy o‘quv yurtlarida barcha fanlar ona tilida o‘qitila boshlandi
Download 328.08 Kb.
|
3-46 гача
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchsiz kislotali muhit Kuchsiz ishqorli muhit Kuchli ishqorli muhit
Vodorod ko‘rsatkichi shkalasi
5-jadval
yuborishda ularning eritmalari hujayralarga nisbatan izotonik bo'lishi kerak. Agar tirik hujayrani gipotonik eritmaga solsak, u holda suv osmotik yo‘l bilan hujayraga kiradi va uning devoriga ortiqcha bosim bilan ta’sir qiladi. Erituvchining bunday harakatida eritmaning ichki hujayra- lar konsentratsiyasi va uning osmotik bosimi sekin-asta kamayadi, hujayraning gidrostatik bosimi uning devorida oshadi. Hujayraning ichki osmotik bosimi tashqariga nisbatan sezilarsiz yuqori bo‘lsa, uning zo‘riqish holatining me’yorida bo‘lishiga turgor deyiladi. Hujayraga suvning ortiqcha kirishi ichki hujayraning osmotik bosimini biroz ortishiga va hujayra funksiyasining buzilishiga hamda hujayra qobig'i yorilib, ayrim paytlarda hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi. Qon hujayrasi uchun bu jarayon gemoliz deb ataladi. Agar tashqi eritmaning osmotik bosimi ichki hujayraning osmotik bosimiga nisbatan yuqori bo'lsa, u holda suv hujayraga kirishidan ko‘ra ko'proq chiqadi. Buning natijasida hujayra protoplazmasi siqiladi, bunga plazmoliz deyiladi. Buning uzoq davom etishi natijasida hujayra funksiyasi buziladi va hujayra nobud bo‘ladi. Plazmoliz organizmni chanqash (suvsizlik)dan o‘lishiga birdan-bir sababchi bo'ladi. Tirik hujayraning osmotik bosimi unda o‘tadigan kimyoviy jarayonlarga bog'liq. Eriydigan moddalarning erimaydigan moddalarga aylanishi, monomer molekulalardan polimer molekulalarning hosil bo'lishi osmotik bosimni pasaytiradi. Teskari jarayon uni ko'taradi. Hujayra qobig‘i yarimo‘tkazuvchi membrananing faqat ayrim xossalariga bo‘ysunadi. Suvda erigan barcha moddalar uchun u o‘tmaydi va hujayra ichidagi osmotik bosimning kattaligi umumiy moddalar miqdoriga bog'liq bo‘lmasdan, hujayra shirasida erigan ularning ayrim konsentratsiyasigagina bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, hujayra qobig‘ining o'zkazuvchanligi har xil moddalar uchun hujayra faolligining funksionalligiga bog‘liq boMishi mumkin. Shuning uchun moddalarning hujayra 41 qobig‘idan o‘tishi laboratoriya sharoitida kuzatilgan osmosga qaraganda murakkab jarayon hisoblanadi. Download 328.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling