0‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oliy o‘quv yurtlarida barcha fanlar ona tilida o‘qitila boshlandi
Download 328.08 Kb.
|
3-46 гача
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. TIRIK ORGANIZM LARD A SUV 2.1. Suvning tuzilishi va xossalari. Suv — tirik organizmning universal dispersion muhiti
- Aminokislota tuzi
- 2.2. Organizmning suv-dispcrs sistcmasi va uning klassifikatsiyasi
Nazorat savollari
1. Bioorganik molekulalarning tuzilishini qaysi elementlar tashkil etadi? 2. Mikroelementlarga qaysi elementlar kiradi? 3. Ultramikroelementlarni aytib bering. 4. To'yingan va to ‘yinmagan uglerod zanjiri birikmalarining farqini ayting. 2-bob. TIRIK ORGANIZM LARD A SUV 2.1. Suvning tuzilishi va xossalari. Suv — tirik organizmning universal dispersion muhiti Vodorod (H2) va kislorod (02) atomlari bir-biri bilan kovalent qutbli bog‘lari bilan bog‘langan. Suv molekulasida elektr zaryadlari bir tekis taqsimlangan. Unda ikkita musbat og‘irlik markazi (vodorodda) va ikkita manfiy zaryad markazi (kislorodda) mavjud. Bu markazlar tetraedr konfiguratsiyasini hosil qiladi (2-rasm). Shuning uchun suv molekulasi ikki qutbni o‘zida ko‘p tutadi, ya’ni suv ikki qutbli hisoblanadi. Ikki qutbli suvlar vodorod bog‘lari yordamida hosil bo‘ladi. Bu esa suv molekulalarini birlashishga olib keladi. Bunda (H20)«, n = 2, 3, 4, 5. Bunday agregat holatlar, o‘z navbatida, murakkab kristall tuzilishga o'xshash tuzilishni hosil qiladi. Suv molekulasining assotsiatsiyasi uning kimyoviy xossalarini o‘zgarishga olib kelmaydi, unda vodorod bog‘lari 2-rasm. Suv molekulasining tetraedr modeli. 3-rasm. Suvning kristallga o'xshash tuzilishining hosil bo‘lishi. 28 juda ham mustahkam emas, fizik xossalari esa o'zgaradi. Jumladan, erituvchanlik xususiyati ortadi. Suyuq suvda molekulalarning agregat holati yuqoriroq, tetraedr shaklida bo‘ladi - (HO)5 (3-rasm). Muz kristallarida faqat tetraedr shaklida bo‘ladi. Suvda to‘xtovsiz va juda tez vodorod bog‘lari hosil bo'lib va uzilib turadi. Natijada molekulalar agregati tezda parchalanadi va shakllanadi. Suvning kristallga o‘xshash tuzilishi tirik organizm uchun ahamiyatli bo'lib, issiqlik va parchalanishdan saqlaydi. Odam terisining sirti orqali suv bug‘lanishi organizmni isib ketishdan saqlaydi. Ikki qutbli (dipolli) suvlar nafaqat o‘zaro, balki boshqa moddalarning qutbli molekulalari bilan ham ta’sirlashadi (4- rasm). Bu jarayonga moddalarning gidratatsiyasi deb aytiladi. Gidratatsiyada elektrik zaryadlarning o‘zaro ta’sirlanishi juda tezda (80 martadan ortiq) kuchsizlanadi. Masalan, natriy xlori suvli muhitda, uy harorati va havoda qaynash harorati 1400°da ionlarga dissotsiyatsiyalanadi. Shunday qilib, kristall moddalar gidratatsiyada ionlarga, molekulalarga yoki agregatlarga parchalanadi. Bunda har xil turdagi dispers tizimlar hosil bo‘ladi. Ionli va kuchli qutbli birikmalar (tuzlar, kislotalar, asos- lar) suvda ionlangan holatda bo‘ladi. Molekulalarning dis- sotsiatsiyalanish darajasiga ega bo‘lgan muhit normal hayot kechirish uchun zarur, chunki reaksiya tezligi ionlar orasida juda katta. Kislotalar erituvchilarda vodorod kationlariga va kislota qol- dig‘i anionlariga dissotsiatsiyalanadi: Ko‘p asosli kislotalar ketma-ket dissotsiyalanadi: 29 Sut kislotasi Ishqor (asos)largidroksil anionlarini hosil qilib dissotsiatsiya- lanadi. Asoslarning asosiy guruhini ammiakning organik va neor- ganik hosilalari tashkil etadi. Xolin Kislota va asoslardan tashqari boshqa birikmalar ham bo'lib, bular ishqoriy sharoitda vodorod kationlariga dissotsiatsiyalanadi va kislotali sharoitda gidroksil anionlarini hosil qiladi. Bularga amfolitlar deyiladi. Aminokislota tuzi Birikmalarning erituvchi ta’sirida ionlarga dissotsiatsiya- lanishiga (elektr toki ta’sirida) clektrolitik dissotsiatsiya deb ataladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi foizlarda (96) ifodalanadi. Elektrolitlar kuchli, kuchsiz va o‘rtacha bo‘ladi. Elektrolitlar 0,1N eritmada dissotsiatsiyalanish darajasi 30% va yuqoriroq bo'lsa, kuchli elektrolitlar; dissotsiatsiyalanish darajasi 3—30% bo'lsa, o'rtacha kuchli elektrolitlar; dissotsiatsiyalanish darajasi 3% bo‘lsa, kuchsiz elektrolitlar hisoblanadi. Elektolitlarning bir xil harorat va konsentratsiyada dissotsiatsiyalanish darajasi qutbli erigan moddalarga nisbatan yuqori bo'ladi. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish xususiyatiga ega bo'lmagan kristallari qutbli moddalar suvli muhitda alohida molekulalarga parchalanib ketadi. Gidratatsiya paytida ionlar va qutbli funksional guruhlarning xossalari gidratatsiyalangan zarralarga o‘xshab, hatto suvning o'zida ham kuchli o'zgarib ketadi. Gidratatsiya paytida suvdan ozod bo'lgan kristallga o‘x- shash tuzilishlar parchalanadi va yangilari hosil bo'lib, suv molekulalari gidratatsiyalangan zarralar atrofida tartibli joy- lashgan bo'ladi. Agar bu erkin suvga nisbatan yana tartibli joylashishi katta bo‘lsa, uning molekulasi harakatdan to‘xtaydi va u muzning ayrim xossalarini oladi. Bunday holatda gidratatsiya musbat deb ataladi. Bu natriy, magniy, litiy, kalsiy, bariy uchun xosdir. Ko‘p holatlarda suv molekulasi gidratatsiyalangan zarra- chalar atrofida toza suvga nisbatan katta siljishiga ega bo'ladi. Bunday gidratatsiya manfiy deb ataladi. Bu kaliy, xlor, yod ionlari uchun xosdir. Organik molekulalarning anion va 32 kationlar markazida xuddi shunday hodisa bo‘lishi mumkin. Organizmning har xil to'qimalari orasida suvni taqsimlashda ular katta rol o'ynaydi.Musbat gidratatsiya suvning issiqlik sig‘imini sezilarli darajada orttiradi. Suv ionli va qutbli birikmalarni parchalab qolmasdan, balki ko‘pgina qutbli boMmagan moddalarni, radikallarni (ya’ni suv bilan reaksiyaga kirishmaydigan) parchalashi mumkin. Bu moddalarga lipidlar va oqsillar kiradi. Moddalar qutbsiz gidrofob radikallar bilan bir qatorda qutbli funksional guruhlar (sovun, yog'lar, oqsil) o‘zlarining radikallari orasida va funksional guaihi suv molekulasi bilan ta’sir qilib, mitsellalar hosil qilish xususiyatiga ega. Shunga o‘xshash tuzilishlar hujayra membranasi hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bu tuzilishlarda erkin suv bilan taqqoslanganda suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan vodorod va gidroksil ionlarining harakatchanligi oshadi, bu esa hujayra membranasining yuqori elektr o‘tkazuvchanligiga sabab bo‘ladi. 2.2. Organizmning suv-dispcrs sistcmasi va uning klassifikatsiyasi Organizmning suyuq dispers tizimining asosini suv tashkil qiladi: qon, limfa, siydik, tupuk, oshqozon va ichak shirasi, sinoval va orqa miya suyuqliklari, hujayra ichki suyuqliklari, hujayralar orasidagi suyuqliklar. Dispers tizimi deb bir xil moddalarning juda mayda bo‘lak- larga bo‘lingan zarralaridan tuzilgan ko‘p yoki oz (bir qancha) boshqa moddalar massasiga bo‘linganiga aytiladi. Bo‘laklarga bo'lingan moddalarga dispers faza deyiladi. Dispersion fazada bo‘lingan zarralarga dispersiya muhiti deyiladi. Ko'pgina organizmning dispers tizimi suyuqlikda suv dispers muhiti bo‘lib hisoblanadi. Hujayra membranasi, asosan, oqsillar va lipidlardan tuzilgan bo‘lib, u dispers fazasi rolini o‘ynashi mumkin. Dispers darajasi, ya’ni (dispers fazasi zarralarining o‘lchami bo‘yicha) — ular: 3 - Biokimyo 33 — haqiqiy eritmalar, — kolloid eritmalar, — aralash eritmalarga bo‘linadi (4-jadval). 4-jadval Download 328.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling