Takrorlash uchun savollar:
Zovur oqimi modulini aniqlashning nima ahamiyati bor?
Sho'r yuvish davrida zovur oqimi modulining qiymati qancha
bo'ladi?
Botqoq erlarda zovur oqimi moduli qancha bo'ladi?
SIZOT SUVLARNING YILLIK OQIMINI ANIQLASH
Sug‘oriladigan sho‘rlangan yerlarida sizot suvlar sathini kritik
chuqurlikdan (kritik chuqurlik - tuproqlarni sho'rlanish va
botqoqlanishiga olib keladigan chuqurlik) yuqoriga ko‘tarilib ketishi
ularning meliorativ holatini yomonlashtiradi. Agar sizot suvlari
sho'rlangan bo‘lsa tuproqlar sho‘rlanadi, aksincha sizot suvlari er
sathiga yaqin bo‘lib chuchuk bo‘lsa tuproqlar botqoqlanadi. Shu
o‘rinda sizot suvlarning sathini ko‘tarilib ketishini oldini olish
tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Bunga ularni dalalardan
doimiy holda chiqarib yuborish orqali erishiladi. Tuproqdan tuzlar-
ni ortiqcha miqdorini chiqarib yuborishda zovurlarning yillik oqi-
mini taitibga solish orqali erishiladi.
Minerallashgan sizot suvlar yetarli darajada oqib ketmaydigan
sharoitlarda, odatda, tuproqning meliorativ holati yomonlashadi va
ikkilamchi sho‘rlanish alomatlari paydo bo'ladi. Demak, sug‘orila-
digan sho‘rlangan yerlarida tuproqdan tuzlarning ortiqcha miqdori-
ni chiqarib tashlashni tuproq unumdorligini va qishloq xo‘jalik
ekinlarini hosildorligini oshirishni ta'minlaydigan zovur oqimini
yillik qiymatini aniqlash muhimdir.
O'zlashtiriladigan sho'rlangan yerlarida sizot suvlarning yillik
oqimini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Buning uchun
tuproqqa tushadigan atmosfera yog'inlarini, sug‘orish tarmoqlari-
152
dan tuproqqa shimilib ketgan suvning miqdorini, transpirasiya sarfi
va boshqalarni hisobga olib boriladi hanida zovur oqimining qiy-
matlarini berilganlar asosida quyidagiformula yordamida aniqla-
nadi.
Др = (Os + Op + Фк +11 + P) - (Б + Tp + O)
Do'stlaringiz bilan baham: |