1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari
-§. 1917-YILDA O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. ROSSIYADA 1917-YIL VOQEALARI VA UNING TURKISTONGA TA'SIRI
Download 126.53 Kb.
|
совет даври
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy munosabatlar, xojalik faoliyati
- Rossiyada 1917-yil voqealari
- Bolsheviklarning Toslikentda hokimiyatni egallaslii
2-§. 1917-YILDA O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. ROSSIYADA 1917-YIL VOQEALARI VA UNING TURKISTONGA TA'SIRIO'zbekiston hududidama'muriy-boshqaruvtizimlari Hozirgi O'zbekiston yerlari1917-yilda Rossiya imperiyasining Turkiston o'lkasi,shuningdek, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi tarkibida bo'lgan. Turkiston o'lkasi Sirdaryo, Farg'ona, Sa-marqand viloyatlaridagi uyezdlar hamda volostlarningkatta qismida, Buxoro amirligining markaziy va g'arbiyqismlarida, Xorazm vohasida aholining ko'pchiliginio'zbeklar taslikil qilgan. Bu yerlarda tarixan turli ma'muriy va siyosiy tizimlar tarkib topib kelgan. Buxoro amirligi va Xivada hokimiyat va ma'muriy boshqaruv an'anaviy bo'lib, Buxoroda amir, Xivada xonhukmronlik qilardi. Buxoro ma'muriy jihatdan bekliklarga, bekliklar esaamloklarga bo'lingan. Mamlakat poytaxti atrofidagi hududlar tumanlarga bo'linib, ularni amir nomidan qushbegi boshqargan. Beklar, qozilar, raislar, tuman-lardagi amlokdorlar amir tomonidan tayinlangan. O'ttizga yaqin bekliklardagi amlokdorlar va boshqa amaldorlarni bekning o'zi tayinlar edi. Mamlakatda byudjet yo'qbo'lib, bojxona va soliqlardan kelgan mablag'lar amir xazinasiga tushardi. Beklar, qozilar o'z daromadlariningbir qismini har yili amirga tortiq qilish uchun sarflar edilar. Mamlakatda yotqizilgan qariyb 600 km. temir yo'lbo'yida Rossiya tasarrufida bo'lgan 20 ga yaqin rus shahar va qarorgohlari bor edi. Xiva xonligi 20 ta beklikka bo'lingan. Bundantasliqari Beshariq va Qiyot-Qo'ng'irot noibliklari va xon-ning o'ziga qaraslili yerlar (Xiva shahri) ham bor edi.Qushbegi va devonbegilar oliy mansabdor kishilar hisoblanganlar. Qo'shinga yasavulboshi qo'mondonlik qilgan. Iqtisodiy-savdo aloqalari karvon yo'llari va Amudaryo suv vositalari orqah amalga oshirilgan. Turkistonning Sirdaryo, Far-g'ona, Samarqand viloyatlarida aholi soni 5,5 mln. kishini taslikil etgan. Ularning 80 %dan ko'prog'i qishloq joylarida, qolgan qismi shaharlarda yasliagan. Buxoro amirligining aholisi 3 mln.dan ortiq, Xiva xonligi aholisi500—550 ming kishi bo'lgan. Bu ikki mamlakatda qishloq aholisi ko'pchilikni taslikil qilardi. O'zbekiston hududida yerli ahohning asosiy qismini o'zbeklar taslikil qilgan. Bu yerda, shuningdek, tojiklar,qozoqlar, qoraqalpoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, ruslar hamda chegaradosh yurtlardan kelgan turli millat vakillari ham yasliardilar. Bunday sharoit uzoq davom etibkelgan mustamlakachilik siyosatining oqibati edi. Xivaxonligida o'zbeklar aholining 65 %ini, turkmanlar27%ini taslikil qilganlar, shuningdek, aholi tarkibiga qozoqlar, qoraqalpoqlar kirganlar. 1917-yilga kelgandaSirdaryo, Samarqand, Farg'ona viloyatlarida 330 ta rus qarorgohi bo'lib, ulardagi xo'jaliklar soni 16257 tanitaslikil qilardi. O'lka aholisining ijtimoiy tarkibida dehqonlar va hunarmandlar ko'pchilikni taslikil qilgan, ulardan keyin-gi o'rinlarda savdo-tijorat ahli, ziyolilar, ishchilar, ruhoniylar, ma'muriy idoralar xodimlari, madrasa talabalari turganlar. Dehqonlar uch xil toifaga — yirik xo'jaliklaregalari, o'rtahollar va kambag'al-batraklar toifalariga mansub edilar. Masalan, 10 desyatinadan ortiq yeri bo'lgan baqu vvat dehqonlar Samarqand viloyati va Toslikent uyezdida dehqonlar umumiy sonining 7 %ini,Farg'ona viloyatida esa 2,4 %ini taslikil qilganlar. Eng ko'p sonli o'rtahol va kambag'al dehqonlar bo'lgan. Turkiston o'lkasining uch viloyatida 81241 nafar, Xiva xonligida 20 ming atrofida, Buxoro amirligida undan qariyb ikki baravar ko'p hunarmandlar faoliyat ko'rsatgan. Kasblariga qarab hunarmandlar guruhlar(sexlar)ga mansub bo'lib, har bir guruhni oqsoqol idoraqilgan. Yollanma ishchilar soni Turkistonda 60 ming kishi atrofida bo'lib, Buxoro amirligida 3 mingga yaqin,Xiva xonligida 2 mingga yaqini yasliar edi. Sanoat korxonalarida band bo'lgan ishchilar tarkibida o'zbeklar soni ancha ko'p, shuningdek, tojiklar va qirg'izlar hambor edi. Ishchilar Turkistonning yirik shaharlarida, shuningdek, Yangi Buxoro (Kogon), Qiziltepa, Chorjo'y,Xivada joylasliganlar. Savdo-tijorat ahli, tadbirkor sarmoyadorlar, boshqa-ruv malikamalarining xodimlari, ruhoniylar, ziyolilar ham ko'p ming kishilik jamoani taslikil qilganlar. Chu-nonchi, Farg'ona viloyatidagi 160 ta paxta tozalasli zavodidan 110 tasi, Samarqand viloyatidagi 37 zavoddan 27 tasi yerli millatlar vakillari qo'lida edi. Iqtisodiy munosabatlar, xo'jalik faoliyati O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati o z davn talabi darajasida bo'lib, ko'p sonli savdo-sanoat jamiyatlari, banklar, firmalar, birjalar faoliyati bilan qamrab olingan edi. Ular paxta xom asliyosi-ni sotib olish, uni tozalasli, tolasini Rossiya to'qimachilik korxonalariga yetkazish bilan shug'ullanganlar. Xuddi shuningdek, pilla, jun, teri, qorako'l terisi, quruq meva-lar tayyorlanib, Rossiyaga jo'natilgan. Neft, tosliko'mirkonlari, temir yo'lning faoliyati ham mana shundayjarayonga yo'naltirilgan edi. 1917-yili Turkiston o'lkasida 270 ta paxta tozalasli zavodi bo'lib, ulardagi ishchilar soni 10849 kishini taslikil qilardi. Bularning ko'pchiligiFarg'ona viloyatida edi. Shuningdek, o'lkada tog' sanoati, pillakaslilik, ko'nchilik, spirtli ichimliklar va pivo,sovun, cho'yan eritish korxonalari, g'isht zavodlari —jami 300 ga yaqin korxonalar bo'lgan. Qishloq aholisi paxtachilik, pillachilik, bog'dorchilik,chorvachilik bilan shug'ullangan. Buxoroning qorako'l terilari jahonga maslihur bo'lgan. Turkistonning uchta viloyatida paxta maydoni 466 ming desyatinaga borib yetdi, buning eng ko'pi — 226 ming desyatina yer Farg'ona viloyatiga to'g'ri keldi. Turkistonda hunarmandchilik keng yoyilgan joylarToslikent, Samarqand, Andijon, Qo'qon, Namangan, Marg'ilon shaharlari, Chust va boshqa aholi yasliaydiganmarkazlar edi. O'lkada, umuman, O'zbekiston hududida hunarmandchilik an'yanalari uzoq vaqtlardan davometib kelgan, bunda ishlab chiqarilgan ko'pgina hunarmandchilik buyumlari sifat va ko'rinish jihatidan san'at asarlari darajasida bo'lgan. Shuning uchun qator mahsulotlar, chunonchi, Chust qilich, xanjar, pichoqlari, Marg'ilon atlaslari, tilla baldoq va taqinchoqlar, zardo'zlikbuyumlari chet ellarga olib ketilgan, ajnabiy tujjorlar uchun xaridorgir bo'lib kelgan. O'zbekistonning icliki savdosi, uning tarkibiy qismlari o'rtasida iqtisodiy aloqalar ham avj oldi. Bunda temir yo'lning ahamiyati tobora kuchaydi. Hunar-mandchilik, joylarning muayyan mollar ishlab chiqarish-ga ixtisoslasliuvi kengayib bordi. Hunarmand-kosiblar uy-ro'zg'or jig'ozlari, xo'jalik mollari, mehnat vositalari,kiyim-kechak, oziq-ovqatlar, bayramona mollar va zeb-ziynat taqinchoqlarini ishlab chiqib va yasab bozorga chiqarar edilar. Farg'ona vodiysida to'qilgan turli xilmatolar, xususan, xonatlas, yasalgan asl pichoqlar, tikilgan do'ppilar chiroyi va sifati bilan ajralib turardi.Buxoro yagona zardo'zlik markazi bo'lib dong taratdi. Chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar jarayonidaO'zbekiston hududida yangi mollar, ya'ni gazlamalar,metall, tikuv masliinalari, shuningdek, yog'och-taxta,g'alla keltirish yo'lga qo'yildi. Bu yerdan esa ba'zi hunarmandchilik mahsulotlari, paxta tolasi, pilla, qorako'lteri, quritilgan mevalar chet el bozorlariga olib borib sotilgan. O'zbek savdogarlari Eron, Afg'oniston, Qasli-g'ar, Hindiston va boshqa davlatlar bilan aloqa qilganlar. Rossiyada 1917-yil voqealari Ammo chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatioqibatida O'zbekistonda yetishtirilgan xom asliyolarni asosan rus savdogar va sanoatchilari olib ketar edilar. Turkistonga g'alla, temir buyumlari esa Rossiyadan keltirilardi. Jahon urushining ta'siri natijasida Rossiyabilan aloqalar ancha qisqardi, bu esa muayyan qiyinchiliklar tug'dirdi. Rossiyaning Birinchi jahonurushi (1914—1918)da qat-nasliishi, frontlardagi mag'lubiyatlar jiddiy xo'jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiyinqiroz va tub o'zgarishlarga olib keldi. Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo'lmagani sababli oziq-ovqat va boshqa zaxiralar tez orada tugadi. Ishlab chi-qarish qisqardi. Katta yer maydonlari ekilmasdan qoldi. Soliqlar oshib bordi. Shahar aholisi, ishchilar oziq-ovqatyetishmasligidan qiynaldilar. Ish taslilaslilar, dehqonlar g'alayonlari tobora kuchaydi. 1916-yil qo'zg'oloni ham urushdan, mustamlakachilik zulmidan norozilik ko'ri-nishi edi. Frontdagi mag'lubiyatlar va mamlakatdagi inqirozga podsho hukumati va boshqaruv tizimi aybdorqilindi. Faqat «pastdagilar» emas, balki «yuqoridagilar»ham o'zgarishlar muqarrar ekanini tushundilar. Petro-grad, Moskva, ko'plab sanoat rayonlarini ommaviy ishtaslilaslilar qopladi. Podsho, uning vazirlari layoqatsizlikko'rsatdilar. Bunday sharoitda IV Davlat dumasi deputatlari ahvolni o'zgartirishga kirishdilar. Fevral oyioxiridagi voqealar natijasida Nikolay II taxtdan voz echdi. Podsho hokimiyati tugadi. Mamlakatda 2 ta hokimiyat — qo'sh hokimiyatchilik aydo bo'ldi: IV Davlat dumasi deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon eputatlari Sovetlari tuzildi. Bunday hoi 1917-yil oktabroyi oxirlarigacha davom etdi. Muvaqqat hukumat demokratik erkinliklarni joriy etishni e'lon qildi. Biroqmamlakatdagi inqiroz shunchalik og'ir ediki, noroziliklar kuchayib bordi. Ayniqsa, urushni davom ettirish siyosati aholi g'azabini qo'zg'atdi. Urushdan odamlar azob chek-moqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7-noyabr) bolsheviklar mensheviklar va «so'l» eserlar bilan birga davlat to'ntarishiniamalga oshirdilar va hokimiyatni qo'lga oldilar. Bolsheviklarning Toslikentda hokimiyatni egallaslii Jahon urushi qiyinchiliklari, Rossiyadagi 1917-yil voqealari Turkiston, umuman, O'rta Osiyo xalqlari ha-yotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O'lkada yuz bergan oziq-ovqat tansiqligidan bolsheviklar foydalanib, 1917-yil kuzida Sovetlar hokimiyatni qo'lga olishi masalasini ilgari surdilar. Ular ishchi va soldatlarboshdan kechirgan qiyinchiliklar, noroziliklarni o'zmanfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqaso'l guruhlar, harbiy asirlar, frontdagi kornmunistlar qo'shildilar. Oktabr oyining ikkinchi yarmida Toslikentda norozilik yig'ilishlari va mitinglar avj olib ketdi. Petrogradda qurolli to'ntarish ro'y bergani, Muvaqqat hukumat ag'darilgani, hokimiyatni bolsheviklar qo'lga olganito'g'risidagi xabar Toslikentga yetib keldi. Turkiston bol-sheviklari rahbarlik qilgan Toslikent soveti ishchi va soldatlarni qo'zg'olon ko'tarishga da'vat qildi. Lekin gene-ral Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshilik ko'rsatdilar. 1917-yil 28-oktabrda Toslikentningyangi shaharida qurolli to'qnasliuvlar avj oldi. Qo'zg'olonchilar general qismlaridan ustun keldilar. 1-noyabrda Toslikent harbiy qal'asi taslim bo'ldi, shu kuniqurolli qo'zg'olon g'alaba qozondi, deb e'lon qilindi. 1917-yil 15-noyabrda ish boshlagan o'lka ishchi, sol-dat va dehqon deputatlari Sovetlarining III qurultoyi tortishuvlar oqibatida hukumat — Turkiston o'lkasi XalqKomissarlari Sovetini tuzdi, unda 8 o'rin so'l eserlarga,7 o'rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroqfaqat yevropaliklardan iborat hukumat tuzildi. Turkiston XKS raisi lavozimini kasbi chizmachi bo'lgan bol-shevik F.Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfilev, boshqa kornissarlik lavozimlariga o'r-tamiyona yurist va shunga o'xshaganlar tayinlandilar.Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillaridan kiritilmadi. Bu tasodifiy hoi emas edi. Turkistondagi so'1-ekstremist siyosiy guruhlar, ularning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galdabolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyo-satiga amal qildilar. Shu bilan birga, oktabr to'ntarishidan keyin Rossiyada bo'lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng a vvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch proletariat va kam-bag'al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari reaksion,ekspluatator guruhlar deb e'lon qilindi. Mulkdorlar —ekspluatator, ezuvchilar; rnilliy ziyolilar, o'qimishli, ob-ro'-e'tiborh xalq vakillari — milliy burjuaziya kor-chalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari — reaksion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurasli boshlabyuborildi. Inqilobiy «ijtimoiy adolat»ni o'rnatish,«odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qihnishiga barham berish» uchun jamiki boyliklarni, ishlab chiqarish vositalarini egalaridan tortib olish dasturini amalgaoshirishga kirishildi. Yerli aholi jamoatchiligining demokratik yo'nalishdagi sa'y-harakatlari, rnilliy davlatchilikni joriy qilish sari taslilagan qadamlariga dush-manona asliaddiy qarshilik ko'rsatildi. Ajnabiylar hukumati o'lkadagi harbiy qismlari, qurollangan ishchi gvardiyasiga tayanib ish ko'rdi. Bu ho-kimiyat faoliyati faqat zo'rlikka, buzg'unchilikka, qon to'kishga qaratildi. Ong saviyasi past, ko'pincha jinoiy unsurlar bo'lgan soldatlar, gvardiyachilar yerli aholi,ayniqsa, dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar. Shunday qilib, 1917-yil kuzida o'lkadagi so'1-bolshevistik doiralar, ular tuzgan hukumat, bir tomondan kolonial-shovinistik, ikkinchi tomondan esa inqilobiy-sinfiylik siyosati va bu boradagi amaliy ishlarni boshlabyubordi. Download 126.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling