1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


-§. BUXORO AMIRLIGIDA ISLOHOTLAR UCHUN KURASLI. AJNABIY TAJOVUZKORLIK. AMIR HOKIMIYATINING AG'DARILISHI


Download 126.53 Kb.
bet7/10
Sana19.05.2020
Hajmi126.53 Kb.
#107731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
совет даври

7-§. BUXORO AMIRLIGIDA ISLOHOTLAR UCHUN KURASLI. AJNABIY TAJOVUZKORLIK. AMIR HOKIMIYATINING AG'DARILISHI


Islohotlar uchun kurasli-ning amaliy bosqichi

Rossiyada podsho hoki-miyatining ag'darilishi Buxo-ro amirligida ham ba'zi o'z-garishlar uchun turtki bo'ldi. Amir Said Olimxonning e'tirof etishicha, Muvaqqathukumat Buxoro mustaqilligining tiklanganligini tanoldi. Bu haqda kelishuv imzolandi. Amir hukumatiAfg'oniston va boshqa yerlar bilan aloqa o'rnatdi.Rossiya-Buxoro aloqalarida ham o'zgarishlar bo'ldi.Buxoroda ish olib borgan siyosiy agent Rossiya hukumatirezidenti deb atala boshlandi. Shuningdek, Buxoroamirligi hududidagi rus posyolkalarida ham ishchi va soldat sovetlari paydobo'ldi, posyolkalardasiyosiy beqarorlik kelibchiqdi. Bu hoi Buxoro-dagi muhitga ham bir-muncha ta'sir ko'rsatdi.

Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy muhit o'zgaraboshladi. Hukmron taba-qaning, amir, amaldor-larning cheklanmagan vanazoratsiz boylik ortti-rishlari, sivilizatsiya mu-him ko'rinishlariningbo'lmagani, keng xalqommasining haq-huquq-sizligi asoSh ravishdanoroziliklar keltirib chi-qardi. Buning natijasida hamda jadid Yosh buxoroliklar, ilg'or doiralar faoliyatioqibatida jamiyatda tub o'zgarishlarning amalga oshishiyetilib qoldi.

Buxoroning icliki-siyosiy hayoti 1917-yil bahoridayangi pallaga kirdi. Islohotlar, o'zgarishlar zarurligi aniqbo'lib qoldi. Islohotlar o'tkazish g'oyasiga bo'lgan mu-nosabatda mamlakat doiralari asosan ikki oqim — liberal-demokratik va konservativ oqimlarga bo'lingan edi.Birinchi oqim Yosh buxoroliklar va ularga yaqin demokratik doiralarda taslikil topti. Ular Yosh buxoroliklar islo-hotlar dasturini ishlab chiqishga kirishib, ilg'or g'oyalarva ularni amalga oshirish yo'llari ustida keng fikr almasli-moqda edilar. Endi ular islohotlarni amalga oshirishnitalab qilib chiqdilar. Bu talablar shu qadar ta'sirchanediki, amir va Rossiya rezidenti bu jarayon o'zanida isliko'rishga majbur bo'ldilar. Lekin ular islohotlar masalasi-dan o'z maqsadlari uchun foydalanmoqchi bo'ldilar.

Yosh buxoroliklar taslikiloti Rossiya rezidenti A. Mil-ler bilan aloqa bog'lab, fikr almaslidi, Muvaqqat hukumatdan madad kutdi. Amir va qushbegi ham yangiRossiyani o'z ittifoqchisi deb qaradilar. Ammo qozikalon Burhoniddin (Mirzo Urganjiy), rais Nizomiddinxo'ja vaularning tarafdorlari har qanday o'zgarishlarga qarshichiqdilar. Amir qozikalon va raisni amalidan bo'shatdi,ularning o'rniga mo"tadil kayfiyatdagi Sharifjon (Sadr Ziyo) va Abdusamadxo'jani tayinladi.

1917-yil 7-aprelda Buxoro Arkining katta binosidaamaldorlar, ruhoniylar, Rossiya vakillari, Buxoro vaTurkiston jamoatchiligi vakillari yig'inida, shuningdek,Olimxon ishtirokida amir farmoni (manifesti) e'lonqilindi. Poytaxtda obro'li arboblardan iborat malikamanituzish, amaldorlar, ularning daromadlari ustidan nazorato'rnatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudje-tini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma'rifat rivojlanishiuchun qayg'urish va'da qilindi.

Amir manifestining e'lon qilinishi 8-aprelda de-mokratik va konservativ lagerlarning ko'chaga chiqishigasabab bo'ldi. Demokratik doiralar amir manifesti mam-lakatda tinch yo'l bilan progressiv o'zgarishlarni amalgaoshirish uchun dastlabki qadam, deb qaradilar. Shukronanamoyishi o'tkazishga qaror qilindi. «Yasliasin islohoti»,degan yalovlar ko'tarildi. Bir necha yuz kishi shaharmarkazi — passajdan Govkushon va Xiyobon orqaliRegistonga yurish boshladi. Namoyishchilar boshidaF.Xo'jayev, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Ota-xo'jayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar.Bir necha joyda qisqa mitinglar bo'ldi, namoyishchilargayangi-yangi guruhlar kelib qo'shildi. Namoyishchilarko'tarinki kayfiyatda edilar. Shu kuni konservatorlar vamutaassib guruhlar Registonda to'planib, islohotga,yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlar-ini izhor etdilar. Ba'zi amaldorlarga nisbatan, islohottarafdorlariga qarata dushmanona dag'dag'alar, hay-qiriqlar qildilar. Ularning jazavasi soat sayin kuchayibbordi. Bunday murakkab vaziyatda ikki lagerningto'qnasliuvi noxush oqibatlar keltirishi mumkin edi. De-mokratik kayfiyatdagi namoyishchilar boshliqlari Regis-tonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tar-qalib ketishga da'vat etdilar. Tadbir oxirigacha yetkazil-magan bo'lsada, u Buxoro amirligi demokratik o'zgarish-lar, islohotlar uchun yetilmaganligini yaqqol ko'rsatdi.

8-aprel voqealarining yakuni shu bo'ldiki, hukumat-dan konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar.Dovdirab qolgan amir qozikalon Sharifjon maxduninilavozimidan bo'shatdi, g'azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo'jani olomon qilib o'ldirdilar; qushbegiNasrullobek buyrug'i bilan shoir Sadriddin Ayniy, Yoshbuxoroliklar Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75—150 darraurib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichimana shunday noxushlik bilan yakunlandi.



Vaziyatning keskinlasliuvi va 1918 yilning mart voqealari

Vaziyat jiddiylasliib bordi. Dovdirab qolgan amir oqibat mart natijada mutaassib konservatorlarga yon bosdi. Islohotlar amalga oshirilmadi. Yosh buxoroliklar Yangi Buxoro(Kogon), Chorjo'y, Karki, Termizga ko'chib boribnamoyishlar, majlislar o'tkazdilar, o'z faoliyatlarinidavom ettirdilar.

Rus posyolkalarida siyosiy boshboshdoqlik va iqti-sodiy tanglik avj olib bordi. Amir manifestining e'lonqilinishiga kelgan Samarqand soveti delegatsiyasi a'zosiMahmudxo'ja Behbudiy va yana bir-ikki musulmona'zolar marosim o'tgandan so'ng Samarqandga jo'nabketdilar. Delegatsiyaning boshqa a'zolari esa jo'nabketishdan bosh tortdilar, bir necha kun davomidaSamarqand soveti bilan Yangi Buxoro soveti vakillario'rtasida to'qnasliuvlar bo'ldi.

1917-yil oktabr to'ntarishi natijasida ekstremistik,buzg'unchi unsurlar posyolkalarda hokimiyatni qo'lgaoldilar. Harbiy qismlar, qizil gvardiyachilar soni ko'-paytirildi. Bu jiddiy o'zgarishlar mamlakat aholisi hayotiga va Yosh buxoroliklar kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'r-sata boshladi. Rus posyolkalaridagi garnizonlarningaskarlari oziq-ovqat va yem-xasliakni Buxoro tumanlariaholisidan tortib olishga kirishdilar. Turli xil qog'ozpullarning qiymati qolmagani natijasida yerli aholi o'zmahsulotlarini bu pullarga sotishni istamadi, soldatlaresa ba'zi joylarda zo'rlik bilan tortib olishgacha bordilar.Chunonchi, 1917-yil 9-oktabrda xabar qilinadiki, «Ter-mizda rus askarlari bilan bozorda savdo qilgan buxoroliklar o'rtasida to'qnasliuv yuz berdi, buxoroliklardano'ldirilganlar bor». Bunday hollar 1918-yilning qish vabahorida jiddiy tus oldi.

Bu vaqtga kelib Fitrat Yosh buxoroliklar taslikiloti-ning takomillasligan dasturini ishlab chiqqan va bu dasturtaslikilot tomonidan qabul qilingan edi. Unda dehqon-chilik va qishloq xo'jaligi, soliqlar, shuningdek, harbiytizim, icliki ishlar, sud, yo'llar, yer osti boyliklari, tasliqisiyosat, maorif, vaqf masalalari batafsil ko'rilib ularnisivilizatsiya ruhi va mazmunida yechish taklif qilingan.Bu dastur ham islohotlarni tinch-osoyishta muhitdaamalga oshirishni ko'zda tutgan. Unda aholi barcha qat-lamlarining manfaatlari himoya ostiga olingan.

Mana shunday vaziyatda 1918-yil 1-martda Turkiston XKS raisi F. Kolesov boshchiligidagi harbiy eshe-lon Yangi Buxoro (Kogon)ga keldi. Yosh buxoroliklar-ning F.Xo'jayev, Abdurauf Fitrat, Otaxo'jayev, Abdulvohid Burhonov, Qori Yo'ldosh Po'latov, Fazliddin Mahsumdan iborat rahbar qo'mitasi Kolesovbilan uchraslidi. Kolesov sharoit bilan tanishib chiqmay,Yosh buxoroliklarning kayfiyatini ham hisobga olmasdanBuxoroga harbiy kuch bilan hamla qilishga qaror qildi.

Yosh buxoroliklar xunrezlikning oldini olishga intilib, amir nomiga ultimatum (talabnoma) yubordilar. Undaislohot dasturi tamoyillari bayon qilingan edi. Lekinvoqealar davomi o'zgacha kechdi. Amirdan javobni kut-masdan Kolesov buyrug'i bilan qo'shin, zambaraklar,jami qurol-aslahalar eshelondan tushirilib, hujumgatayyorlandi. Bu qon to'kilishi xavfmi tug'dirdi. Amirhukumati darhol ultimatum talablariga roziligini bildirdi.Amirning islohot o'tkazish to'g'risidagi ikkinchi farmonini tayyorlasliga kirishildi, ammo 2-martda Buxo-roga hujum boshlandi.

1918-1920-yillardaBuxorodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Amirlikning mahv etilishi

Amir hukumati muzokara olib borish bilan birga o'zkuchlarini ham harakatga keltirdi. G'azavotga safarbarqilinganlar Chorjo'ydan Karmanagacha bo'lgan temiryo'lni buzdilar, tajovuzkor qo'shinga har tomonlamahujum qildilar. Kolesov qo'shini qurshovda qoldi, o'q-dorisi tugadi, ahvoli og'irlaslidi. Shu kuni — 2-martdaamirning ikkinchi farmoni Yangi Buxoro (Kogon)ga yetkazildi. Yosh buxoroliklar qo'mitasi hujumni to'x-tatishni talab qildi. Muzokaralar bir necha kun davometdi. 1918-yil 25-martda Qiziltepa bitimi imzolandi.Kolesovning tajovuzkorligi sharmandalarcha barbodbo'ldi.

Amirning 2-martdagi far-monida birinchi farmonninghayotga tatbiq etilmaganiga«ba'zi bir amaldorlarningig'vogarligi» sabab qilib ko'r-satilgan, «hur fikrh kishilar»dan ijroiya komitet ta'sis eti-lajagi, «erkinlik dushmanlari»ning chetlaslitirilishi, ahohuchun og'ir bo'lgan soliqlar — amlok va aminonaningbekor qilinishi, yangicha soliqlarning joriy qilinishie'tirof etilgan edi. Ammo qurolli to'qnasliuv oqibatidaboshqa masalalar ustuvorlik qildi.

Buxoroda, amirlikning boshqa joylarida siyosiy vazi-yat tubdan o'zgardi. Ijtimoiy va siyosiy hayot jarayonio'zanidan chiqib ketdi. Yosh buxoroliklar quvg'ini, ularnihibsga olish, qatl qilishlar sodir bo'ldi. Jami 3 minggayaqin kishi qatl etildi. Yosh buxoroliklar Samarqand,Toslikent va boshqa joylarga muhojirlikka ketdilar.

Yosh buxoroliklar, ilg'or kayfiyatdagi ziyolilar vaarboblar bo'hb o'tgan voqealar, siyosiy vaziyatningo'zgarganini chuqur tahlildan o'tkazdilar, oldinda turganvazifalarni muhokama qildilar. Yosh buxoroliklar o'zsiyosiy yo'nalishlariga va taktikasiga bir qator muhimo'zgarishlar kiritdilar. Ulardan eng asosiysi tubdano'zgargan vaziyatda tinch yo'l bilan amir hokimiyatisaqlangan holda amirlikda demokratik o'zgarishlarbo'lishi imkoniyati qolmagan, deb e'tirof etilishi edi.

Fitrat, F.Xo'jayev va boshqalar milliy harakatda faolqatnaslidilar, Buxoroda islohotlar o'tkazish borasidagifaoliyatni davom ettirdilar. Fitratning bunday faoliyati1917-yil bahorida boshlangan edi. 16-apreldan Samar-qandda chiqa boshlagan «Hurriyat» gazetasining 24—74-, 82—87-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. Kolesov voqealaridan so'ng Fitrat Toslikentda yasliadi, «Chi-g'atoy gurungi» adabiy-ma'rifiy to'garagining tasli-kilotchilaridan va faol a'zolaridan biri bo'ldi. Fitrat o'z maqola va asarlarida milliy davlatchilik, vatanparvarlikg'oyalarini tarannum etdi. F.Xo'jayev Yosh buxoroliklarg'oyalari ruhidagi dasturiy hujjat — maromnomani tuzdiva naslir etdi, «Uchqun» gazetasining chiqishini taslikilqildi.

1918—1920-yillarda Yosh buxoroliklar dasturlari,siyosiy qaraslilari, taktikasida Buxoroda islohotlaro'tkazish uchun kuch, zo'rlik ishlatish zarur bo'lib qol-gani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniye'tiqodi e'tirof etildi. Shuningdek, bolshevistik proletardiktaturasi, mulkdorlarni ekspropriatsiya qilish qoida-lariga yon berilmadi.

Buxoro hukumatining tasliqi siyosatida, iqtisodiy alo-qalarida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Rossiya qog'oz pullariko'payib ketdi, ularning qiymati deyarli qolmadi.Natijada aholi rus posyolkalari, temir yo'l bekatlarida bupullarga mol, oziq-ovqat sotmay qo'ydilar. Turkistonhukumatiga mol ayirboshlasli taklif qilindi. LekinBuxoro paxtasi evaziga beriladigan paxta yog'i, guruchTurkistonda yetarlicha yo'q edi, savdo bo'lmadi. Shuvaqtning o'zida Buxoro bilan Angliya o'rtasida savdobirmuncha jonlandi. Jumladan, 1918-yilda inglizlar Bu-xoro bozorlarida 1 mln. pud paxta, 1 mln. dona qorako'lteri, 200 ming pud jun, 150 ming pud xom ipakni xaridqildilar. Bu aloqalar 1919- va 1920-yilda ham davometdi. Masalan, faqat 1919-yil bahorida ingliz savdogarlari400 toy qorako'l terini xarid qilib olib ketdilar.

Chetga sotish uchun Buxoroda mahsulot ancha ko'pbo'lib, an'anaviy Rossiya bozori batamom izdanchiqqan, qog'oz pulning xarid qu vvati yo'q edi. NatijadaBuxoroda ko'plab mollar, ayniqsa, paxta, qorako'l teri,ipak sotilmay, omborlarda to'planib qolaverdi. O'z nav-batida ekin maydonlari qisqardi, oziq-ovqat mahsulotla-rining narxlari oshdi. Rossiyadagi inqilobiy voqealarnatijasida Buxoro savdogarlarining talaygina mollariMoskva, Nijniy Novgorod, Kazalinsk va boshqa joy-lardagi do'konlar, omborlarda qolib ketdi.

Buxoro bilan Rossiya davlatlari o'rtasidagi muno-sabatlar murakkab kechdi. Yangi rus hukumatichorizmning mustamlaka bitimlari bekor qilinadi, deb e'lon qilishi bilan Buxoro hukumati Samarqand vaJizzax, ularning atrofidagi yerlarini qaytarib berishmasalasini qo'ydi. Lekin RSFSR hukumati bunga rozibo'lmadi, aksincha, Buxoroni o'z ta'sir doirasiga olishchoralarini ko'rdi.

1920-yil bahorida amir Turkkomissiya a'zolari Eliavava Frunzeni qabul qilib, muzokaralar olib bordi. Sav-dogarlarning vakillari Rossiyada qolib ketgan mollartaqdirini hal qilish uchun Buxorodan jo'nab ketdilar.Lekin RSFSR—Buxoro munosabatlari yomonlasliibbordi. Moskvaning ma'qullaslii oqibatida Buxoroamirligiga qarshi dushmanlik kampaniyasi kengaytirildiva asliaddiy tus oldi. Qo'pol ravishda Buxoroning iclikisiyosiy tuzumini qurol bilan o'zgartirish choralariko'rildi. Frunze, Kuybishyev o'z niyat-maqsadlariniochiq-oydin gapirdilar. Amir hokimiyatiga muxolifkuchlar bolsheviklarga yordam so'rab murojaat hamqildilar.

1920-yil avgust oyi oxirlarida Turkiston frontiqo'mondoni M.Frunze buyrug'i bilan Buxoro hududlarida juda katta harbiy kuchlar, zambaraklar, brone-poyezd, aeroplanlar jangovar holatga keltirildi. 29-av-gustga o'tar kechasi ko'p tomonlama tajovuzkorlikharakati boshlab yuborildi. Asosiy kuchlar poytaxt Bu-xoroga hujum qildilar. Qo'shinlar tinch aholi boshigasliiddatli o'q yog'dirdilar. Shahar vayron, ko'pginaodamlar qurbon bo'ldi. Buxoro shahrida yong'in avj oldi.

Amir Olimxon poytaxtni taslilab chekindi, u Buxoroning sharqiy qismi tomon yo`l ochildi.1920 yil 2 sentabr kuni tajovuzkor kuchlar Buxoroni egalladilar.Amir hokimiyatni ag`darildi.


Download 126.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling