1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


-§. TURKISTON MUXTORIYATI - TUB YERLI XALQLAR DAVLATCHILIGI TARIXIDA YANGI BOSQICH


Download 126.53 Kb.
bet3/10
Sana19.05.2020
Hajmi126.53 Kb.
#107731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
совет даври

3-§. TURKISTON MUXTORIYATI - TUB YERLI XALQLAR DAVLATCHILIGI TARIXIDA YANGI BOSQICH


Turkiston muxtoriyati uchun kurasli

1917-yil boshlarida Petrogradda bo'lib o'tgan voqealarta'siri ostida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakatboshlanib ketdi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o'lkamuxtoriyati masalasi asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqatdemokratik ziyolilari orasida, hatto oddiy odamlaro'rtasida ham ancha ommalasligan edi.

1917-yilning mart-aprel oylari o'lkaning siyosiyuyg'onishida burilish davri bo'ldi. Turkiston jadidlari,milliy ziyolilar va islom ulamolarining yetakchilari bo'l-gan Mahmudxo'ja Behbudiy (1875—1919), MunavvarQori Abdurasliidxon o'g'li (1878-1931), UbaydullaXo'jayev (1882-1938), Abdurauf Fitrat (1886-1938),Fayzulla Xo'jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy(1878-1954), Usmon Xo'ja (1878-1968), MustafoCho'qay (1886—1941), Muhammadjon Tinishboyev(1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad ZakiValidiy To'g'on (1890-1970), Obidjon Mahmudov(1858—1936) o'lkada yangi taslikil qilingan «Sho'roiIslomiya» (1917-yil, mart), «Sho'roi Ulamo»(1917-yil,iyun), «Turon» jamiyatlari va «Turk Adami Markaziyat(Federalistlar) firqasi» (1917-yil, iyul), «Ittifoqi muSh-min» (1917-yil, sentabr) siyosiy partiyalarining tuzi-lishida muhim rol o'ynadilar.

Jadidchilik 1917-yilda ma'rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan edi. O'sha1917-yilning o'zida to'rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o'tkazildi. 1917-yil 16—23-aprelda Toslikentda bo'lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini taslikil etish g'oyasi olg'asurildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy davlatchiligini tiklasli yo'lidagi dastlabki qadami edi.

Butunturkiston musulmonlar I qurultoyining so'nggimajlisida Markaziy rahbar organ — Turkiston o'lkamusulmonlari kengaslii (KrayMussovet) taslikil etihshi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsadmilliy-ozodlik harakatiga taslikiliy va markazlaslitirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo'lgan jamiyat, qo'mita va ittifoqlarni birlaslitirish edi.Turkiston musulmonlari Markaziy Rengasliiga Mustafo Cho'qayev rais, Zaki Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, O.Mahmudov, U.Xo'jayev, T. Norbo'tabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a'zo qilib saylandi. Munavvar Qori va Sadriddinxon afandi bosh-chiligida Toslikent qo'mitasi tuzildi. Shuningdek, Behbudiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon To'ra yetakchiligida Farg'ona bo'limi ham taslikil topdi. Markaziy Sho'roning organi sifatida «Najot» (muharriri —Munavvar Qori), keyinchalik «Kengasli» (muharriri —Validiy va Munavvar Qori) gazetalari chiqa boshladi.

Shunday qilib, 1917-yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam taslilandi. Tarixdailk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o'z an'analari, urf-odatlari va turmushtarzini izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo'lgan Milliy Markaz — Turkiston musulmonlari Markaziy Kengaslii taslikil etildi.

Afsuski, birlasliish jarayonlari har doim ham bir tekisrivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan«jadid-qadim« nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib keldi. Ma'lumki, 1917-yil14-martda Toslikentda «Sho'roi Islomiya» taslikil topganedi. Aksariyati jadidlardan iborat bu taslikilot a'zolariTurkiston mustaqilligi uchun kurasli olib bordilar. 1917-yil iyun oyida Munavvar Qori boshchiligidagi «Sho'roiIslomiya»dan «Sho'roi Ulamo» ajralib chiqdi. SheraliLapin uning Toslikent sho"basiga asos soldi. Oradan ko'pvaqt o'tmay Qo'qon shahrida ham «Sho'roi Ulamo»jamiyati tuzildi. Lekin ikki jamiyat o'rtasida g'oyaviy kelishmovchiliklar mavjud bo'lib, ular bir-biri bilan kelishaolmasdilar. Chunki «Sho'roi Ulamo» jamiyati o'z dasturida islom dinining an'anaviy asoslari bo'yicha isliko'rishini ma'lum qilsa-da, aslida Lapin boshchiligidagiToslikent ulamochilari a vval rus monarxiyasi, so'ngrabolshevizm g'oyalari bilan o'z harakatlarini muvofiq-laslitirishga behuda urindilar. «Sho'roi Ulamo» jamiyatio'z maqsadlari targ'iboti uchun «Al-Izoh« jurnalini chiqara boshladi (muharriri — Abdumalik hoji Nabiyev).Har ikki jamiyat o'rtasidagi g'oyaviy kuraslini o'sha davr voqealarining shohidi bo'lgan M.Cho'qayev keyinchalikshunday xotirlaydi: «Ulamo Jamiyati va «Sho'roi Islomiya» o'rtasidagi kelishmovchilik bizning umumiykurasliimizni zaiflaslitirmoqda va ishlarimizni chu-valaslitirmoqda edi. Ikkinchi tarafdan, «Ulamo Jamiyati»ning siyosiy programmasi milliy harakatimizningochiq dushmanlariga bizga qarshi qurol bermoqda edi».

1917-yil 10-sentabrda Toslikentda Butunturkistonmusulmonlarining II qurultoyi ochildi. «Sho'roi Islo-miya» tasliabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari So-vetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabulqihngan rezolyutsiyalarda milliy demokratiya o'zi tutadi-gan yo'lning muhim asoslarini birinchi marta qat'iy qilibaytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo'lsa,ana shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtiroketadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy Markaz —Turkiston musulmonlari Markaziy Kengaslii mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin,degan fikr qat'iy qilib qo'yildi.

1917-yil 17— 20-sentabrda Toslikentda bo'lib o'tganTurkiston va Qozog'iston musulmonlarining qurultoyi«ulamochilar» bilan «sho'roi islomchilar» o'rtasidagiuzoq va qizg'in bahslarga qaramay, nihoyat, kelishish vamurosa yo'lini topdi. Qurultoyda «Sho'roi Islomiya»,«Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa siyosiy taslikilotlarni birlaslitirish yo'li bilan butun Turkiston mintaqasiuchun umumiy bo'lgan «Ittifoqi muShmin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.

Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o'lkasining bo'lajak siyosiy tuzumini belgilasli edi. O'sha paytdaToslikentda naslir qiUngan «Ulug' Turkiston» gazetasida yozishicha, «Qurultoy Mulla Muhammadxo'ja eshonva Mulla Siddiqxo'ja eshonlarning boshqaruv shaklihaqidagi nutqlarini tinglab, duo-yu ijobat ila TurkistonMuxtoriyatini tayin etishga jazm qildi». Qurultoy mux-toriyatga «Turkiston Federativ Respublikasi» degannomni qo'yib, parlament respublikasi asosida tuzilajakbo'lg'usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me'yorlarini belgilab berdi.

Shu tarzda Turkistonda Muxtoriyat hukumati yuzagakehnasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlarivakillari, ilg'or ziyolilar bu harakatda faol qatnasliib, uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar.

Turkiston Muxtoriyati hukumatining taslikil topishi va uning faoliyati

Siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilishni Turkistonda milliy harakatning kengquloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq, Petrograddagi oktabr to'ntarishi oqibatida 1917-yil oktabr-noyabr oylarida Turkiston o'lkasida, xususan, Toslikentva Qo'qonda yuz bergan voqealar milliy-ozodlik haraka-tini butunlay boshqa yo'nalishdan ketishga majbur qildi.1917-yil 26— 28-noyabrda (yangi hisob bilan 9—11-dekabrda) Qo'qon shahrida Turkiston o'lka musulmon-larining favqulodda IV qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoyishining butun tafsilotlari o'sha davr gazetalarida tarixuchun muhrlab qo'yilgan.

Ma'lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyiva unda qabul qilingan qarorlar o'n yillar davomida«millatchilar guruhining yig'inida e'lon qilingan burjuamuxtoriyati» deb noto'g'ri talqin qilib kelindi. Hujjatlaresa ushbu hohiing butunlay aksi bo'lganini isbotlaydi.Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Mah-mudxo'ja Behbudiy o'z ma'ruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa vaburilish davri ekanini ta'kidlab, «Qurultoyimiz qabulqilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari hamishtirok etmoqdalar», deydi. Behbudiy qurultoy hay'ati-da musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo'lishini yoqlab chiqdi.

Turkistonni boshqarish shakli to'g'risidagi masalaqurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala mu-hokamasida so'zga chiqqanlarning ko'pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e'lon qilinishi o'lkaaholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani vaunga mos turmushini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillike'lon qilish fikrini hamma qo'llab-quvvatladi.

Qurultoyda 1917-yil 27-noyabr (yangi hisob bilan 10-dekabr) kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shundaydeyiladi: «Turkistonda yasliab turgan turli millatga man-sub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o'zhuquqlarini o'zlari belgilasli xususidagi irodasini namo-yon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasitarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shubilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sismajlisiga havola etadi». Qurultoy Turkistonda yasliabturgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qi-lishini tantanali ravishda e'lon qildi.

28-noyabr (11-dekabr) da tarkib topayotgan mazkurdavlatning nomi aniqalnib, Turkiston Muxtoriyati debataladigan bo'ldi. Qurultoy o'sha kungi yig'ilishda Bu-tunrossiya Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengaslii va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo'lida bo'lishi kerak, deb qaror qabul qildi.Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengaslii a'zolari-dan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda icliki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboyev saylandi.Islom Sulton o'g'li Shoahmedov — Bosh vazir o'rin-bosari, Mustafo Cho'qayev — tasliqi ishlar vaziri, Ubay-dulla Xo'jayev — harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg'uliAgayev — yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov — oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon O'rozayev —icliki ishlar vazirining o'rinbosari, Solomon Abramoviya Gersfeld — moliya vaziri lavozimlarini egallaslidi.Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o'zgarishlar yuzberdi. Mustafo Cho'qay Bosh vazrr lavozimini bajarish-ga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o'rtacha malakali huquqshunosekanligi Muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.

Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxto-riyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (8 kishi) imzola-gan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. UshbuMurojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'inazar, yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi.

Oradan ko'p o'tmay Millat Majhsi tomonidan tas-diqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangihukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlasli uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917-yil 26-dekabrda Turkiston Milliy bayrog'i qabul qilindi. «E1 bayro-g'i», «Birlik tug'i», «Свободный Туркестан», «Известия Временного Правительство Автономного Туркестана» kabi hukumat gazetalari o'zbek, qozoq varus tillarida naslir qilina boshlandi. A vval chiqayotgan «Ulug' Turkiston» gazetasi ham o'z sahifalaridaMuxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o'rin beraboshladi. Naslir ishlarini yaxshilasli uchun O. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o'tdi.Muxtoriyat hukumati milliy qo'shinni taslikil qilishgakirishdi. 1918-yil boshida bu qo'shin saflarida bir mingdan ortiq askar bo'lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo'jayevishtirokida o'tkazilgan ko'rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tasliqari Qo'qonda taxmi-nan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so'm miqdorida icliki zayom chiqa-rishni yo'lga qo'ydi. Chunki gazetalarni naslir qilish,muxtoriyat qo'shinlarining ta'minoti va hukumatningicliki xarajatlari uchun mablag' zarur edi. Shuningdek,hukumat a'zolari ochlik changalida qolgan Turkistonaholisiga Orenburg orqali g'alla keltirish muammosinihal qilish uchun ham amaliy qadamlar tasliladi.

Turkiston Muxtoriyati hu-kumati qisqa muddat ichidaxalq o'rtasida katta e'tiborqozondi. Yangi hukumat fao-liyati faqat Qo'qonda yoxudFarg'ona vodiysida emas, balki butun Turkiston minta-qasida yasliayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg'inqo'llab-qu vvatlandi. Fitrat, Cho'lpon, Hamza Muxto-riyat hukumatini alqab, o'tli she'rlar bitishdi. FitratMuxtoriyat e'lon qilingan 27-noyabr (10-dekabr) tunini«Milliy Laylatulqadrimiz» deb atadi. Alloma Fitratningbu so'zlarida olam-olam ma'no mujassamlasligan.

Turkiston Muxtoriyatiga jamoatchilikning munosabati. Muxtoriyatning tarixiy ahamiyati

Turkiston o'lkasining turli shahar va qishloqlaridamuxtoriyatni olqishlab, ko'p ming kishilik namoyishlarbo'lib o'tdi. 1-dekabrda Namangan uyezdida 100000 kishi qatnasligan namoyish bo'ldi. O'sha davrda chiqqangazetalarning yozishicha, namoyish qatnaslichilariningbayroqlarida «Yasliasin Muxtoriyatli Turkiston va uninghukumatii» deb yozilgan so'zlar hilpirab turardi.

Samarqandda bo'lib o'tgan viloyat soveti s'yezdidayig'ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo'shilishga qarorqildilar va Millat Majlisi tarkibiga 5 vakil sayladilar.

«Ulug' Turkiston» gazetasining yozishicha, 1917-yil6-dekabrda Toslikentda 60000 kishi ishtirok qilgan mi-ting o'tkazildi. Munavvar Qori rahbarligida uyushtirilgan bu miting qatnaslichilari Muxtor Turkiston hukumatinibir ovozdan ma'qulladilar va Turkistonda endi ushbumuvaqqat hukumatdan boshqa hech qanday hukumatnitan olmaslikka qaror qilganliklarini e'lon qildilar.

Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgankurasliida 1917-yil 13-dekabrda bo'lib o'tgan fojealivoqealar muhim o'rin tutadi. O'sha kuni Toslikentdaeski shahar aholisi «Muxtor Turkiston uchuni» shiorlariostida tinch bayram namoyishini o'tkazdilar. Ammo Toslikent sovetidagi bolsheviklar shaharda qurolli kuchbilan tartib o'rnatishga buyruq berdilar. Oqibatda tinchnamoyish qatnaslichilari pulemyotdan o'qqa tutildi, eskishaharlik 16 kishi ana shu to'qnasliuv qurboni bo'ldi.

Lekin o'lkadagi bolshevikcha rejimning bunday taz-yiqlariga qaramay, Muxtoriyat hukumatini qo'llab-quv-vatlasli davom etaverdi. Turkiston Muxtoriyatiga muno-sabat masalasi 1917-yil 26-30-dekabrda (1918-yil 8-12-yanvarda) Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan yerli ishchi,askar va dehqon deputatlari 1 favqulodda qurultoyining diqqat markazida bo'ldi.

Qurultoy ochilishini Turkiston o'lka Harbiy Sho'rosi rahbari Orif Klivleyev qutladi. Muvaqqat Millat Majlisi nomidan Islom Shoahmedov va boshqalar ham qurultoyni tabrikladilar. Faqat bolsheviklar partiyasining vakili, o'lka mehnat komissari P.Poltoratskiy qurultoydadag'dag'ali ohangda so'zlab, xalqimiz tarixidagi ilk de-mokratik hukumatni «boylar muxtoriyati» deb tuhmat qildi. «Biz kambag'allar muxtoriyatiga qarshi emasmiz», deb Poltoratskiy munofiqlik qildi. Qurultoy vakillariningko'pchiligi Poltoratskiyning bunday ig'vo va aldovlarigauchmadilar. 30-dekabrda Turkiston Muxtoriyati hukumatini qo'llab-quvvatlasli, shuningdek, Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish to'g'-risida rezolyutsiya qabul qilindiki, bu hoi qurultoy qatnaslichilari siyosiy ongining yetuklik darajasidan nishonaedi. Rezolyutsiyada quyidagi fikrlar alohida ta'kidlanardi:

«1) Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Soveti barcha aholi, ayniqsa, musulmonlar xohish-istaklarining ifodachisi emasligini;

2) Turkiston o'lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoydamuxtoriyat e'lon qilinganda ifodalanganligini;

3) Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning qurultoyida taslikil topgan va musulmonishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida to'ldirilganTurkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini e'tiborgaolib;

Musulmon ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni darholTurkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga top-shirsin deb istak bildiradi, chunki ushbu qurultoy Mux-tor Turkistondagi barcha demokratik qatlamlardan taslikil topib, butun yo'qsillar o'y-fikrlarining ifodachi-sidir…

Afsuski, o'lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo'lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati uzoqqacho'zilmadi. Toslikent soveti bolsheviklari unga kattaxavf deb qaradilar.



Turkiston Muxtoriyati-ning tor-mor qilinishi.Qo'qondagi ommaviyqirg'inlar

Muxtor hukumatning xalqo'rtasidagi obro'-e'tibori vanufuzi bolsheviklarni tasli-vishga solib qo'ydi. 1918-yil19—26-yanvar (1—8-fevral)da Toslikentda bo'lgan Turkiston o'lkasi ishchi, soldat vadehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV qurultoyida muxtoriyat masalasi asosiy o'rinda turdi.Qurultoyda bolsheviklar fraksiyasi tomonidan so'zgachiqqan Toslikent sovetining raisi I.Tobolin surbetlarchasliunday dedi: «Muxtoriyatni hayotga tatbiq etish uchunhali vaqt erta. Chunki biz bu ishni amalga oshirsak,muxtoriyatning birinchi sharti sifatida rus qo'shinlario'lkadan chiqib ketishi kerak bo'ladi». QurultoyTurkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolariniqonundan tasliqari holatda deb, hukumat a'zolariniqamoqqa olish to'g'risida qaror chiqardi. Bolsheviklar buqabih va mudhish «hukm«ni amalga oshirishga zudlikbilan kirishdilar.

Atigi uch kun o'tgach, 30-yanvar (12-fevral)da Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchunharbiy harakatlarni hpshladi. Turkiston bolsheviklaribuning uchun qizil askarlardan tasliqari armanlarning«Daslinoqsutyun» partiyasi a'zolaridan tuzilgan qurollito'dalardan ham keng foydalandi. 30-yanvar kechqurun Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahridan Qo'qonga dast-labki qizil askar otryadlari to'p va pulemyotlar bilanyetib keldi. Bu otryadning komandiri K.Osipov edi. 31-yanvar (13-fevral) ertalab Andijondan va sal keyinroqPerovskdan ham qizil askarlar yetib keldilar. «Ulug' Turkiston gazetasida yozilishicha, 31-yanvar tushdankeyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevral (eski hisobbilan 2-fevral)da esa shaharda yong'inlar bo'ldi.

Dastlabki jangda Muxtoriyatning milliy qo'shinidantasliqari qo'qonlik aholi vakillari ham qatnaslidi. Asosanbolta, cho'kich, tayoq ko'targan xaloyiqning soni 100000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizilaskarlarning Qo'qon shahriga hujumini uch kun davo-mida mardonavor qaytardilar.

Shu kunlarda Muxtoriyat hukumati ichida ham zid-diyatlar kuchaydi. Hukumat a'zolarining bir qismiQo'qon yangi shahar bolsheviklari yuborgan ultimatumasosida ular bilan muzokarani davom ettirishni yoqlabchiqdi. Aslida muzokaralar dastlab qon to'kilishi oldiniolish maqsadida 30-yanvar (12-fevral)da boshlanganbo'lib, muxtoriyatchilar bolsheviklarga o'z talablarinibayon qilishgan edi. Ammo Qo'qon revkomi qonuniyhukumatning qal'ani bo'shatib qo'yish haqidagi adolath'talabiga rozi bo'lmagach, u o'z-o'zidan to'xtab qoldi.17-fevralda bolsheviklar o'z talablari asosida qayta mu-zokara boshlaslini taklif qildilar. Tabiiyki, ularningMuxtoriyat hukumati rahbarlarini sovetlarga topshirislikabi shovinistik talablarini Muxtoriyat hukumati radqildi. 18-fevralda bolsheviklar Muxtoriyat hukumatisovet hokimiyatini tan olishi va unga bo'ysunishi, milliyqo'shinni tarqatib yuborishi kerak, degan yangi talablarqo'ydilar. Bu safar ham ularga rad javobi berildi. Shuorada muxtoriyatchilar qatorlarida parokandalik yuzberdi. Baxtga qarshi o'sha 18-fevralda M.Cho'qayevhukumati ulamochilarning tazyiqi bilan iste'foga chiqdi.Vazirlarning ba'zilari Qo'qonni tark etishga majbur bo'ldi. Hukumatning boshqa a'zolari esa bolsheviklar tomonidan keyinchalik qo'lga olindi.

Qo'qon shahar mirshablari boshlig'i Kichik Ergasli18-fevraldan boshlab amalda Muxtoriyat hukumatiningrahbariga aylandi. Turkiston o'lkasi harbiy komissariYe.Perfilev boshchiligidagi piyoda otliq va artilleriyaqismlaridan iborat 11 eshelon Qo'qonga keldi. Qizilaskarlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-torojqilishga kirishdilar. Shahar ustida uch kun davomidato'plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyatqo'shinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi.Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonlihujumlari oqibatida ag'darib taslilandi. Ammo Qo'qonva uning atroflarida tinch aholini talasli, o'ldirish avjga chiqdi. Faqat Qo'qonning o'zida uch kun davomida100000 kishi o'ldirildi. Sobiq xonlik poytaxti bo'lganQo'qon shahri butkul vayronaga aylantirildi.

«Ulug' Turkiston» gazetasi chuqur qayg'u bilan xabarberganidek, «20(7)- fevral Ho'qand (Qo'qon) tarixiningeng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsatganlar...». Gazetadagi ushbu maqola «Ho'qandhozir o'liklar shahri» degan dahshatli ibora bilan tugaydi.

Nihoyat, 1918-yil 22(9)- fevralda Qo'qon shahridagiRus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tay-yorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi. Ushbushartnomaning ikkinchi moddasida: «Aholi o'lka XalqKomissarlari Soveti hokimiyatini va barcha mahalliysovet taslikilotlarini tan oladi», deb yozilgan edi. Ha, o'qqa tutilgan, o'ldirilgan, talangan va tahqir etilganqo'qonliklarning tirik qolgan qismi sovet hokimiyatinitan olishga majbur bo'ldi.

Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umrko'rgan bo'lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mus-taqillik va istiqlol uchun kurasliga da'vat etdi. Vatantuyg'usidek muqaddas tuyg'u qalbining to'ridan joyolgan Turkiston Munavvarlarining muxtoriyat uchun olibborgan kuraslilari izsiz ketmadi. 1918-yihiing erta ba-horida avval Farg'ona vodiysida, so'ngra butun Turkistonda Sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshiqurolli harakat boshlandi.


Download 126.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling