1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari
-§. TURKISTONDA O'RNATILGAN SOVET REJIMIVA BOLSHEVISTIK DIKTATURANING MOHIYATI
Download 126.53 Kb.
|
совет даври
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lkaning “sovetcha andozadagi avtonomiya” asosida boshqarilishi. Turkiston sovet respublikasining tuzilishi
- Turkiston Sovet Respublikasi(TSR)ni
- Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK)ni
- Turkiston Kom-partiyasiga
- Milliy rahbar xodimlarning faoliyati
- Turor Risqulov
- Turkistonda bolshevistikdiktatura va uning mohiyati
4-§. TURKISTONDA O'RNATILGAN SOVET REJIMIVA BOLSHEVISTIK DIKTATURANING MOHIYATITurkistondagi sovet rejimining o’ziga xos xususyatlari Zo'ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o'zining ilk kunlaridan boshlab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachi-lik siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasining mustamla-kachilik tizimi sovetlar davrida yanada takomillaslitirildi.Turkiston Xalq Komissarlari Soveti o'zining tuzilishiva boshqaruv apparatlari jihatidan mutlaqo farqli huku-mat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissar-lik o'lkaning boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan.O'lkada o'rnatilgan sovet boshqaruv tizimining o'zigaxos va farqli tomoni shundaki, u taslikil topgan zahotiyoq Rossiyadagi markaziy hukumat— bolsheviklarni tan oldi. 1917-yil 23-noyabrda Turkiston o'lkasidagi yangihukumat aholiga qilgan murojatida o'zining maqsadlari-ni yasliirib o'tirmadi. Murojaatda quyidagi fikrga alohi-da urg'u berilgan edi: «Xalq Komissarlari Soveti Markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og'ishmayamalga oshiradi va o'z faoliyatida butun Rossiya sovetlars'yezdining qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarnibajarish yo'lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomo-nidan keskin choralar ko'rish bilan kutib olinadi». Demak, Turkiston XKS o'z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga,Turkiston o'lkasida sovet rejimini mustalikamlasliga jon-jahdi bilan kirishdi. Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiyatuzishga kirishish taklif qilindi. O'lka komissarligi tar-kibida bo'lgan va boshqaruvda asosiy rol o'ynaydiganharbiy, tasliqi savdo, shuningdek, pochta, telegraf vatemir yo'llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagitegishli idoralar ixtiyoriga berib qo'yildiki, oqibatda Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markazdan yuborilgan barcha mas'ul xodimlar, turli komissiya,byuro va taslikilotlar o'z siyosatlarini qo'g'irchoq organga aylangan o'lka XKS orqali yuritdilar. Turkistonda bolsheviklar asos solgan sovet rejimi chorizrnning mustamlakachilik siyosatidan oshib tushdi.Turkiston o'lkasi ikkinchi marta Markaziy Rossiyagasiyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo'la boshladi. O'lkada hokimiyatning faqat ishchilar va yevropaliunsurlar qo'lida bo'lib qolishi Turkistondagi barchademokratik kuchlarning yangi hukumatga bo'lganishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bolsheviklar va so'l eserlar Turkiston Muxtoriyati hukumatini ag'darib, mamlakat aholisining o'lkani boshqarishga bo'l-gan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to'g'-risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatiniyo'qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy ha-yotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib qolishinioldindan muqarrar qilib qo'ydi.
Markazdagi bolsheviklar hukumati Turkistonda o'rnatishga qattiq uchun Moskvadan ko'plab partiya va sovet xodimlariTurkiston o'lkasiga yuborildi. Leninning buyrug'i bilanbolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komis-sari qilib jo'natildi. 1918-yil 10-apreldan boshlab uTurkiston o'lkasining amaldagi xo'jayiniga aylanib, butun hokimiyat jilovini o'z qo'lida saqlasliga harakat qildi. 1918-yil 20-aprel — 1-mayda Toslikentda Turkistonsovetlarining V s'yezdi bo'lib o'tdi. Unda qatnasligan300 ga yaqin delegatdan atigi 50 tasi mahalliy millatvakillari edi. S'yezd delegatlari Lenin va Slammingko'rsatmasi asosida 30-aprelda Rossiya SovetFederatsiyasi tarkibida Turkiston Sovet Respublikasi(TSR)ni tuzish to'g'risida qaror qabul qilishdi. Qarorda«Turkiston sovet respublikasi avtonom tarzda boshqari-ladi, Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumatinitan oladi va o'z faoliyatini u bilan muvofiqlaslitiradi»,deb yozilgan edi. S'yezd respublikaning qonun chiqaruvchi oliy orga-ni— 36 kishidan iborat (18 tadan bolshevik va so'l eser-lar kirgan) Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK)ni sayladi. Turkiston MIK raisi qilib favquloddakomissar P.Kobozev, hamrais qilib A.Solkin saylandi.Mahalliy millat vakillaridan 4 kishi: SJo'raboyev,S.Yusupov, Sh.Ostonboyev, S.Azimboyev birinchi martaMIK a'zoligiga saylandi. Shuningdek, Turkiston XKStarkibiga 16 kishi (9 bolshevik va 7 so'l eser) kiritildi.S.Tursunxo'jayev (sog'liqni saqlasli komissari) vaS.Asliurxo'jayev (milliy ishlar komissari) tub millatlar-ning dastlabki vakillari sifatida hukumat tarkibiga kirish-di. Shuningdek, tatarlardan I.Gabitov icliki ishlar vaH.Ibrohimov adliya komissarlari qilib saylandi. Afsuski, «sovetcha andozadagi avtonomiya» tabiatanmilliy muxtoriyat bo'lmay, balki hududiy bir avtonomiyaedi. Buning ustiga ushbu «muxtoriyat» samaralaridanbirinchi galda o'lkadagi yevropalik aholining asosan proletar qismi bahramand bo'ldi. 1918-yil 17-25-iyunda Toslikentda bo'lib o'tganTurkiston bolsheviklarinnig o'lka konferensiyasi Turkiston kommunistlar (bolsheviklar) partiyasining 1-s'yezdideb nomlandi. Unda o'lkadagi kommunistik guruhlar ilkmarta taslikiliy jihatdan rasmiylasliib, Turkiston Kom-partiyasiga (RKP(b) tarkibida) birlaslidilar. Kommu-nistlarning miqdori 2000 kishidan oshmas edi. S'yezdda I.Tobolin raiShgida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi, uning tarkibiga mahalliy konimunistlardanNizomiddin Xo'jayev ham kiritildi. «Temir qonun», «po'latdek kuchli intizom», «dikta-torlik vakolatlari» kabi sinfiy xislatlarni o'zida jamlaganTurkiston Kompartiyasi RKP(b)ga bo'ysunar edi.Markaz bolsheviklari bergan har qanday topshiriq so'zsiz ijro qilinishi oqibatida Turkiston mintaqasini Rossiyagasiyosiy va iqtisodiy qaramligi mustalikam asosda yo'lgaqo'yildi. Turkiston bolsheviklarining anjumanida qabul qilin-gan qarorlar o'lkaning keyingi taqdirida o'ta salbiy rolo'ynadi. Masalan, Turkiston Muxtoriyati hukumatinitor-mor qihshda faol qatnasligan arman daslinoqlari par-tiyasining yo'lboshchisi s'yezdda iliq kutib olindi.Tobolinning aytishicha, ular og'ir vaziyatlarda «Dasli-noqsutyun» partiyasining yordamiga suyanishgan edi. Bolsheviklar tomonidan «sovet Turkistoni»ga aylan-tirilayotgan mintaqada hokimiyatni siyosiy markaz-laslitirish borasidagi harakat kuchaydi. Turkistonda Markazning siyosiy hukmronligi boshqaruv tizimi orqalishakllandi va izchillik bilan amalga oshirishga kirishildi. Shunday qilib, sovetlarning V s'yezdi TurkistonniRossiya tarkibidagi o'lka sifatida e'lon qilib, davlatboshqaruvi va xalq xo'jaligi sohasidagi siyosatinimarkazdagi bolsheviklar hukumati belgilasliini «qonuniyakt» bilan muhrlagan bo'lsa, o'lka bolsheviklariningI s'yezdi ham Rossiyaning partiyaviy, g'oyaviy vanazariy hukmronligini tan olib, shimoldagi bu davlat qo'lostida bo'lishni yoqlab chiqdilar. Milliy rahbar xodimlarning faoliyati 1918-yilning ikkinchi yar Turkistondagi hosovet kimiyati, aslmi aytganda, qil ustida turib qoldi. Farg'ona vodiysida boshlanganistiqlolchilik harakati butun Turkistonni qamrab olganedi. Lekin bolsheviklar tasliviqoti ro'y berayotgan ho-disalarning asl mohiyatini o'lka aholisiga buzib ko'rsa-tardi. Oqibatda mahalliy aholining bir qismi sovethokimiyatini mustalikamlasli uchun bo'layotgan kurasli-ga tortildi. Sovet rejimi milliy o'lkalarda o'z siyosatiniamalga oshiruvchi ijrochilarga muhtoj bo'lgan. Tub aholining aksariyat qismi bolsheviklar va sovettuzumini tan olmas edi. Bu holat sovet tuzumining kela-jagi uchun jiddiy xavf tug'dirgan. Shuning uchun boshe-viklar tub aholi vakillaridan bir qismini 1918-yil bahori-dan boshlab hokimiyat organlarida ishlaslilariga yo'lqo'yib, ularga qisman yon berdilar. Milliy rahbar xodim-lar dasta vval yangi tuzumning g'oyalaridan o'z xalqlaribaxt-saodati yo'lida foydalanishga urindilar. Ular bug'oyalarni Turkistonning o'ziga xos xususiyatlariga mos-laslitirishga harakat qilgan edilar. 1919-yil mart oyida Turor Risqulov (1894—1938)raiShgida Turkiston o'lkasi Musulmonlar byurosi (a'zo-lari — Nizomiddin Xo'jayev, Abdulqodir Muhitdinov, Y.Ibrohimov, Yusuf Aliyev, Afandizoda va boshqalar)tuzildi. Musuhnonlar byurosi zimmasiga tub aholi o'rta-sida ish olib borishni taslikil etish vazifasi yuklatildi. Turkistonda bolshevistikdiktatura va uning mohiyati Musbyuroga «Ishtirokiyun» (hozirgi «O'zbekistonovozi») gazetasiga muharrirlik qilish vazifasi ham topshirildi. Musulmonlar byurosi atigi 10 oy davom etgan faoli-yati davrida o'lka miqyosida musulmon kommunistiktaslikilotlari faoliyatini yo'lga qo'yishga, katta taslikiliyishlarni amalga oshirishga erishdi. U Turkistondagi tubxalqlarning manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishgan edi. Turkiston respublikasidagibolshevistik rahbariyat o'rta-sida hokimiyat uchun o'zarokurasli qizib ketdi. Guruh-bozliklar, mojarolar va janjallar avjga chiqdi. 1918-yiloktabr oyida F.Kolesov, I.Tobolin, A.Solkin va boshqa«eski kommunistlar» o'z vazifalaridan chetlaslitirildi. 1918-yil oktabrda bo'lib o'tgan sovetlarning fav-qulodda VI s'yezdida RSFSR Konstitutsiyasi asosidaTurkiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.Konstitutsiyaga ko'ra, mudofaa, tasliqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo'llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari kabi davlatchilikning muhim shakllari Rossiya federal hukumati boshqaruvida qoldirildi. Shunday qilib, Turkistondagi siyosiy hukmronlik,birinchidan, o'lkada «sovetcha andozadagi avtono-miya»ning o'rnatilishi bilan yo'lga qo'yilgan bo'lsa, bujarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiyfunksiyalarining federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo'li bilan «qonuniy« rasmiylaslitirilishi bo'ldi. 1919-yil 19-yanvarda harbiy komissar K.Osipovboshchiligida isyon ko'tarildi. Ular 14 komissarni otibtaslilaslidi. K.Osipovning xalqqa qilgan murojaatidako'plab va'dalar berilganligiga qaramay, tub aholi betarafqoldi. Biroq isyon tezda Toslikent temir yo'l ustaxonalariishchilari va boshqa kuchlar tomonidan bostirildi.Osipov Farg'ona vodiysiga qochib ketdi. To'ntarishgabo'lgan urinish yangi qatag'on va terror usullariningpaydo bo'lshiga olib keldi. O'lka bolsheviklari 1919-yil mart oyi boshida so'l eserlarni hukumatdan siqib chiqardilar. Turkiston MIKva XKS tarkibi nuqul kommunistlardan iborat qilib tuzildi. Markaz bolsheviklari Turkistonning siyosiy va iqti-sodiy qaramligini huquqiy yo'l bilan «qonuniy» mus-talikamlagach, o'lkani boshqarish uchun Markaz man-faatlarining so'zsiz ijrochisi bo'lgan o'z emissarlarinijo'nata boshladi. Turkiston bilan Markaz vaqtinchalik bog'lanib turgan qisqa muddat ichida (1919-yil yanvar-aprel) Kreml hukumati bu yerga ana shunday emissarlaryuborishni muntazam yo'lga qo'ydi. 1919-yil 12-fevralda RKP(b) MK va RSFSR XKS-ning Turkiston ishlari bilan shug'ullanuvchi alohidamuvaqqat komissiyasi (raisi — Sh.Z.Eliava) tuzildi. Ko-missiya a'zolaridan P.Kobozev boshchiligidagi bir guruhxodimlar 4-mart kuni Toslikentga yetib kelishdi.Kobozev sovetlarning favqulodda VII s'yezdida (1919-yilmart) shunday da'vo qilgan edi: «RSFSR hukumatiningqabul qilgan har bir qonuni MIK tomonidan Turkistonda so'zsiz amalga oshirilishi shart». Markazdan kelgan bolsheviklar bilan Turkiston dagisovet amaldorlari o'rtasida hokimiyat uchun kurasli qay-tadan avj olib ketdi. Bu holat, xususan, sovetlarning VIIIs'yezdida (1919-yil 6-sentabr — 3-oktabr) yaqqolnamoyon bo'ldi. A.Kazakov boshchiligidagi TurkistonMIK raisi bilan Markaz vakili P.Kobozev o'rtasidahokimiyat uchun bo'lgan kuraslida Kobozev zo'rg'ag'olib chiqdi. Tub xalqlarga nisbatan shovinistik muno-sabatini oslikora namoyish qilgan A.Kazakov va o'rin-bosari Uspenskiy, ularning hamtovoqlari o'z lavozimlaridan olib taslilandi. A. Kobozev Turkiston MIK ningyangi raisi I.Apinga mustamlakachilik siyosatini o'tanoziklik bilan yuritish, tub xalqlarning manfaatlarigaoslikora qarshi chiqmaslik xususida ko'rsatmalar berdi. Turkiston o't-olov ichida yonayotgan bir paytda—1919-yil 8-oktabrda V.I.Lenin buyrug'i bilan butun Ros-siya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston ishlari bo'yi-cha komissiyasi — Turkkomissiya (raisi — Sh.Z.Eliava) tuzildi. 1919-yil 4-noyabrda Eliava, V.Kuybishev,F.Goloshchekin, Ya.Rudzutakdan iborat tarkibdagi Turkkomissiya Toslikentga yetib keldi. M.Frunze vaG.Bokiy keyinchalik bu yerga kelishdi. Turkkomissiyaamalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo'jalik vaharbiy taslikilotlarga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshe-vikcha siyosatni qat'iy ravishda amalga oshirishga kirish-di. Turkkomissiyaning tazyiqi bilan 1920-yil yanvaroyining oxirida Musbyuro o'z faoliyatini to'xtatdi. Turkkomissiya o'lkamiz yangi tarixida o'ta masli'umrol o'ynadi. U bolsheviklar hukmronligini kuchaytirishva o'lkaning sovet Rossiyasiga qaramligini kengaytirishbilan jiddiy shug'ullandi. Turkkomissiyaning Toslikentgakelishi bilan Turkistonda bolshevistik diktaturani o'r-natish jarayoni muayyan marraga yetdi. Bolshevistik dik-taturaga asoslangan sovet rejimi tub aholining manfaat-lari va intilishlariga zid bo'lgan, faqat sinfiy kurasligaasoslangan va xalqqa qarshi qaratilgan totalitar rejim edi. Download 126.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling