1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.1 Mikroprotsessor vositasida boshqariladigon elektr texnologik qurilmalar.
Nazorat savollari
1.ETQ larning asosiy rejimalari qanday? 2. Optimal boshqarish nima? 3. Avtomatik nazorat qilish qurilmasi nima? 86 14-MA’RUZA Mikroprotsessor vositasida boshqariluvchi tiristor o’zgartgichli elektr texnologik qurilmalarni ish rejimlari va tahlili. Reja 14.1 Mikroprotsessor vositasida boshqariladigon elektr texnologik qurilmalar. 14.2 Ularning ishlash rejimlari va boshqarish usullari. 14.1 Mikroprotsessor vositasida boshqariladigon elektr texnologik qurilmalar. Elektr yuritmalarni mikroprotsessor(MP)li boshqarish raqamli dasturiy boshqariladigan dastgohlarda(CHPU), sanoat va transport robotlarida, avtomatik liniyalarda, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik sanoatida keng qo‘llaniladi. Elektr yuritmalarni mikroprotsessorli boshqarishning qator avfzalliklari bor: - Tizimni egiluvchanligi, yani dasturiy vositalar yordamida boshqarishning turli usullarini qo‘llash mumkinligi; - Rostlash aniqligini ta‘minlay olishi; - Real vaqtda ishlayotgan rostlagichlar parametrlarini o‘zgartirish mumkinligi; - Boshqarish xarakteristikalar chiziqli ko‘rinishga o‘tkazish mumkinligi va bu bilan chiziqli bo‘lmagan funktsiyalarni ham ishlatish mumkinligi; - Apparaturalarni unifikatsiyalash. Elektr yuritmalarni boshqarish mikroprotsessorli tizimni (MPS) faqat bir qismi holos. MPS quyidagi masalarni hal qilish uchun ishlatiladi: ∙ traektoriyali masalalarni echish (RDB gastgohlari va sanoat roborlari); ∙ elektroavtomatikani boshqarish; ∙ boshqarish ob‘ekt holatini xarakterlovchi datchiklar signaliga ishlov berish; ∙ EY , quvvat o‘zgartgichi va boshqa jihozlarni diagnostika qilish. Boshqarishni MPli vositalarini qo‘llash analogli texnika elementlaridan butunlay voz kechish degani emas. Diskret va analogli qurilmalardan foydalanish ulushi tizimni texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari bilan belgilanadi(narhi, o‘lchamlari, ishonchliligi va h.q.). Shuning uchun xozirgi payitda elektr yuritmalarda analogli- raqamli strukturaga ega bo‘lgan EY tizimlari keng qo‘llaniladi, bunda tokni rostlash konturi asosiy chegaralovchi qism hisoblanadi. Lekin to‘la raqamli tizimdan iborat EYlar ham mavjud. 87 14.1 - rasm. Mikroprotsessorli boshqariladigan elektr yuritmani sxemasi: Tiristorli o‘zgartgichli o‘zgarmas tok EYni raqamli dastueiy boshqarish tizimining sxemasi 14.1 –rasmda keltirilgan. Sxemada asosiy funktsional uzellari quyidagilardir: MikroEVM – mikroprotsessor MP; SIFU – impuls – fazali boshqarish tizimi; US – sinxronozatsiya qurilmasi; TP – tiristorli o‘zgartgich; DST – tiristorlarni holati datchigi; IP – siljishning o‘lchov o‘zgartgichi; PPK – ―siljish – raqamli kod‖ o‘lchov o‘zgartgichi; M – dvigatel; LPU – mantiqiy kommutatsiya qurilmasi; FSB – fazani siljituvchi blok; RI – impulslar regulyatori. Katta hajmdagi hisoblashlarni bajarish algoritmlari apparatli amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: tezlik kodini shakllantirish, tiristorlarni boshqarish ilpulslarining fazalarini siljitish, TP – tiristorli o‘zgartgichni ajratib boshqarish. Boshqarishni quyidagi funktsiyalari dasturiy bajariladi: PPK – ―siljish – raqamli kod‖ o‘zgartgichini axborotlarini qabul qilish va ularga ishlov berish; N u boshqarish signal kodini hisoblash. Tezlik va holat konturlari (P, PI, PID) standart sozlash regulyatorli yordamida dasturiy boshqariladi. Dvigatel M ni boshqarish uchun reversiv tiristorli o‘zgatgich TP qo‘llanilgan. Ko‘priksimon sxemali TP tiristorli o‘zgartgich yaxshi dinamik ko‘rsatgichlarga ega, qrama-qarshi ulangan tiristorlarni bir vaqtda ishlashini LPU – mantiqiy kommutatsiya qurilmasi va DST – tiristorlarni holati datchigi bartaraf etadi. SIFU – impuls – fazali boshqarish tizimi va US – sinxronozatsiya qurilmasi birgalikda TP – tiristorli o‘zgartgichni boshqarish impulslarining fazalarini siljitib beradi. US – sinxronozatsiya qurilmasi FSB – fazani siljituvchi blokka keluvchi raqamli kodni shakllantirib beradi. RI – impulslar regulyatori kuchlanish fazalari bo‘yicha tiristorlarni ochilish impulslarini shakllantirib turadi. IP – siljishning o‘lchov o‘zgartgichi sifatida BE-178 fotoelektrik datchik qo‘llaniladi. Tezlik kodi N c ni hosil qilish uchun datchik signali PPK – ―siljish – raqamli kod‖ o‘lchov 88 o‘zgartgichida ishlov beriladi, uning ishlash rejimi dvigatelni aylanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Mikroprotsessorli boshqariladigan elektr yuritmani 10 4 dan kam bo‘lmagan rostlash diapazonini ta‘minlab beradi va 20 dan 35 Gts gacha oraliqda ishlashni amalga oshiradi. SIFU – impuls – fazali boshqarish tizimini ishini tezkorligini oshirish uchun tashki qurilma, PT – dasturlangan taymer qo‘llaniladi. Taymer bu ayrishga ishlaydigan hisoblagich bo‘lib, uning boshlangich qiymati dasturiy yo‘l bilan o‘rnatiladi. Hisoblagichni ko‘rsatgichi 0 bo‘lganda uning chiqishida impulsli signal hosil bo‘ladi va bu signal SIFUni ishlashga undaydi. Keng – impulsli o‘zgartgich (SHIP) sxemasi 14.2 – rasmda keltirilgan. 14.2 -rasm: Keng – impulsli o‘zgartgich (SHIP) sxemasi. Keng – impulsli o‘zgartgich - SHIP ―Kod – impuls davomiyligi‖ interfeys moduli bilan boshqariladi. Dvigatel valini siljish burchagi teskari aloqali fotoimpulsli datchik (FID) bilan o'lchanadi, uning impulslari soni burilish burchagiga proportsional bo'ladi. Datchiklar dvigatel valining bir aylanishiga 1000, 1024, 2000, 2048 va undan ortiq impulslar soniga ishlab chiqariladi. Bunday datchikni MP mikroprotsessor bilan bog‘lash uchun MSID – interfeys aloqa moduli xizmat qiladi, uning yordamida datchikni impulslari soni mikroprotsessorni aloxida yacheykasiga joylashtiriladi. Qadamli dvigatelli EYni RDB sxemasi ko‘rib chiqamiz. 89 14.3 -rasm: Qadamli dvigatelli EYni RDB sxemasi. Sxemada (14.3 -rasm) quyidagi belgilanishlar ishlatilgan: ML – magnit lenta; MG – magnit golovka; US – signal kuchaytirgichi; SU SHD – qadamli dvigatelni boshqarish bloke; SHD – qadamli dvigatel; S – dastgoh ctoli; VP - vintli uzatma. Dastgoh stoli xarakatining dasturi birlik impulslar ketma-ketligi ko‘rinishida ML magnit lentaga yoziladi (unitar kod), axborot MG magnit golovka yordamida o‘qiladi. Zamonaviy MPda dastur magnit diskka yoki boshqa axborot tashuvchi moslamalarga yoziladi. Stol xarakati yo‘nalishiga qarab impulslar US signal kuchaytirgichilarning kanallarini biridan SU SHD qadamli dvigatelni boshqarish blokiga keladi. Dvigatel impulslar komandasiga ishlov berib, VP vintli uzatma yordamida dastgoh C stolini u yoki bu tomonga xarakatlantiradi. Impulslar soni xarakat uzunligini, impulslar chastotasi esa – stolni siljish tezligini belgilaydi. Stolni boshqa yo‘nalishdagi xarakati uchun shinga o‘hshash alohida EY qo‘llaniladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling