1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin
qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot obyektiga aylantirib. bir vaqtning o'zida ong ham predmet, ham izohiy tamoyil bo'lib xizmat qilgan. Psixologiya fanining predmeti sifatida xulq-atvorning tanlanishi ong psixologiyasi subyekt tizimini yengib, psixologiyani obyektiv tadqiqot ob’ektiga olib chiqdi. Lekin ayni paytda psixologiya psixika va ongni o‘z tadqiqot predmeti sifatida yo'qotdi. Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi tamoyili asosida ong va faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda bo'lganidek, psixologiya ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to‘la, ba’zan turg’unlik, ba’zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib o‘tgan. Boshqa fanlarda ham bo’lganidek, psixologiya tarixi fanlari ham shartli bo‘lib, u ba’zan o’rganilayotgan muammoga, tadqiqotchining shaxsiy yondashishiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘lib kelgan. Ilmiy psixologik bilimlar taraqqiyotining umumiy va asosiy qonuniyati — bu g‘oyalar kurashidir. Bu kurash uzoq vaqt materializm va idealizm o‘rtasidagi kurash ko‘rinishida talqin qilinib kelindi. Psixologiya fani taraqqiyotning muhim qonuniyati uning yagona nazariyani ishlab chiqishiga yo’nalganligidir. Bu tendensiya psixologiyadagi ochiq krizis davrida yanada yaqqol ко’zga tashlandi. Chunki bu davrda psixologiya uchun yagona izohiy tamoyilning topilishi uning fan sifatida saqlanib qolishini ta’minlar edi. Shu davrda paydo bo‘lgan barcha maktablar. psixoanaliz, geshtaltpsixologiya, bixeviorizm va boshqalar hammasi ana shu yagona nazariya o‘rniga da’vogarlik qildilar. L.S.Vigotskiy bu holatni shunday ta’riflaydi: «Aniq sohalardagi xususiy kashfiyotlardan umumiy tamoyillarning paydo bo’lishiga va ularning butun psixologiyaga yoyilishiga va nihoyat falsafiy tizimga, hatto dunyoqarashga aylanishiga davo qilingan bu g‘oyalar psixologiyada yagona nazariya maqomiga uncha mos kelmaydi. Psixologik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlari va sabablari hozirgi paytda ilmiy g’oyalar u yoki bu fan taraqqiyotini belgilovchi omillar, ilmiy bilimlar determinatsiyasi haqida juda ko‘p munozaralar mavjud». L.Lakotos fanning «ichki» va «tashqi» tarixi atamasini qo‘llashni taklif qilgan. Bunga ko‘ra fan faqat o‘zining ichki standartlari, ilmiylik mezonlari asosida rivojlanib boradi. Boshqacha aytganda, fanning rivojlanishiga faqat kognitiv omillargina ta’sir ko‘rsata oladi. Bunday internalistik yondashishga eksternalistik yondashish qarama-qarshi qo‘yilib, unga ko‘ra fan tarixini ijtimoiy omillarsiz o‘rganib bo‘lmaydi, ijtimoiy faktorlardan fan tarixini nazariy qayta tiklashda foy- dalanilishi lozim. Bunga ko‘ra psixologik bilimlar taraqqiyoti tarixini tahlil qilish birinchidan, tarixiy fan holatni yaxshi bilishni, ikkinchidan, o‘rganilayotgan davrda fandagi alohida holatni hisobga olishni talab qiladi. Boshqa fanlar, jumladan matematika, fizika, astronomiya, tilshunoslik, fiziologiya, biologiya, etnografiya, mantiq kabilar esa psixologiya fani taraqqiyotiga ta’siri turlicha ilmiy tamoyillarni olib kirgan. Bu esa birinchidan, shu fanlar doirasida psixik hodisalar haqidagi bilimlarni to‘plashga, ikkinchidan, shu fanlarning metodlaridan unumli foydalanishga, uchinchidan, umumiy ilmiy metodologik mushohadalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan bunday aloqasi psixologiya fanining faqat boshqa fanlar bilan hamkorlikda rivoj topishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo’lida uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan holda, o’rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o’zgartirib bordi. L.D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling