1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Budda Shakya Muni (miloddan avvalgi 556 – 476 yillar).Budda dunyoda
eng keng tarqalgan dinlardan biri – buddizmning asoschisidir. U Hindistondagi Shakya qabilasi hukmdorining o‘g‘li bo‘lgan. Budda Himolay tog‘ining etagida dunyoga kelgan. Uning asl ismi – Gautama bo‘lgan. Shakya Muni uning laqabi bo‘lib, “shakya qabilasining zohidi” degan ma’noni bildiradi. Gautama muhtasham saroyda, gullar va dur javohirlar ichida yashagan. Shuning uchun u hayot hamma yerda go‘zal va zavqli degan xulosaga kelgan. Biroq bir kuni og‘zida bitta ham tishi yo‘q, qartayib qolgan qariyani uchratgach, keksalik muqarrar ekanini tushunadi. Bemor odamni uchratib, salomatlik omonatligini angladi va o‘lim to‘g‘risida o‘ylay boshladi. Shu tariqa zohidlikni ixtiyor qiladi. Yetti yil tarki dunyochilikda, ochlik va sargardonlikda yashaydi. Kunlardan bir kuni u katta daraxt ostida chordona qurib chuqur o‘yga tolgancha o‘tirganda mo‘jiza yuz berib, ongi tiniqlashadi va donishmandlik sari yuz tutadi. Shu paytdan boshlab uni Budda deb atashadi. Budda Gang daryosi bo‘yidagi Banoras shahrida o‘z ta’limoti asoslari bo‘yicha dars bergan. Budda Shakya Muni shunday degandi: “Inson hayoti azob uqubatlardan iboratdir. Biroq doimo to‘g‘ri so‘zlab, ezgulikka intilish o‘zgalarning haqiga xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni yengish orqali uni yengillatish mumkin. Shuningdek, inson behuda yugur – yugurlardan, mol dunyo orttirish havasi va haddan ziyoda huzur - halovat istagidan ozod bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda har bir boy va kambag‘al, shoh va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta - qayta kelish azobidan xalos bo‘ladilar”. Budda ta’limoti ayni bir vaqtning o‘zida ham qiyin, ham teran. Biz bu o‘rinda faqat uning “to‘rtta yaxshi haqiqat” degan nom bilan tanilgan asosiy qoidalarini sxematik tarzda tavsiflab berishimiz mumkin. 1) Dunyo azob uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish azob, qarilik azob, kasallik azob va o‘lim azob. O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish azob, sevimli kishidan judo bo‘lish azob, xohlagan narsani qondirish uchun behuda kurash azob. Aslida xohish istaklar va ehtiroslardan bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu azob haqidagi haqiqat deyiladi. 2) Inson azoblarining sababi shubhasiz jismoniy mavjud bo‘lish ishtiyoqida va dunyoviy ehtiroslarning xomxayolligidadir. Agar bunday ehtiroslar va xomxayollarning kelib chiqishini kuzatilsa, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ular hamma narsani yutib yuboradigan, instinktli tarzda kelib chiqadigan hoxish istaklarga asoslanadi. Masalan: yashashga nisbatan kuchli irodaga asoslanadigan hoxish, agar hatto uning izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bo‘lib chiqsada, o‘zi hoxlagan narsani izlaydi. Bu azoblarning sababi to‘g‘risidagi haqiqat deb ataladi. 3) Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga yetadi. Bu azoblarning to‘xtatilishi haqidagi haqiqat, deb ataladi. 4) Xohish istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga erishish uchun muayyan yo‘lga amal qilish lozim. Bunday saxovatli eski yo‘lning bosqichlari quyidagilardir: to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri nutq, to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g‘ri turmush tarzi, to‘g‘ri kuch-g‘ayrat, fikrning to‘g‘ri yo‘nalishi va diqqat- e’tiborni to‘g‘ri qaratish. Bu azoblarning sababidan xalos bo‘lishning saxovatli yo‘li haqidagi haqiqatdir. Keyinchalik paydo bo‘lgan Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling