1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

hatti-harakat, amalni anglatadi. Karmacha 
fikrlash uslubi deb ataladigan uslub ayni bir vaqtda falsafaning axloqiy va 
metafizik mezonlarini ochib beradi, ular hozirgi G‘arb falsafasida odatda bir-
biridan ajratib qo‘yilgan. Bu karmaning reinkarnatsiyaga, qayta tug‘ilishga ishonch 
va axloqiy sabablilik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sabablilik 
deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Biz har bir kishi o‘zi 
xizmat qilgan narsasini oladigan olamda yashaymiz, lekin bu yerda yana keyingi 
xayotda yaxshiroq holatga erishish imkoniyati ham mavjud. Boshqacha aytganda, 
saxovatpesha kishi uchun yaxshilikka, gunohkor odamga esa – yomonlikka tomon 
istiqbollar ochiladi. Dunyodagi barcha nomukamalliklar va azob-uqubatlar
odamning o‘z hatti-harakatlarining oqibatidir. Biroq muayyan tabaqaga mansublik 
odam uchun yaxshi va yomon bo‘lib hisoblanadigan narsani jiddiy darajada taqdim 
etadi. Shunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni legitimlashtiradi. Odamlar 
muayyan tabaqaga mansub bo‘lish xuquqini o‘zlarining bundan oldingi hayotida 
“ishlab topgan”. 
Karma haqidagi tasavvur yevropacha tafakkurga butunlay yot emas. U 
jumladan, “har bir kishi o‘z baxtining yaratuvchisidir” va “nima eksang, shuni 
o‘rasan” kabi maqollarda ifodalangan. Biroq yevropacha tafakkurda, 


hindlarnikidan 
farqli 
ravishda, 
axloqiy 
sabablilik 
reinkarnatsiya 
bilan 
bog‘lanmaydi. Reinkarnatsiya g‘oyasi – bu spesifik hindcha fenomendir. 
Shunday qilib, hind falsafasida axloqiy hatti-harakatlar “aylanish”ga 
kiritilgan. Reinkarnatsiya to‘g‘risidagi ta’limotning G‘arbdagi ko‘pgina talqinlari
ayniqsa, yangi davrga oidlari uni individning ko‘plab hayotlari yoki hatto uning 
abadiy hayoti haqidagi g‘oyaning ifodasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Masalan, 
Nisshening hind falsafasi kayfiyatlari bilan sug‘orilgan hamma narsalarning 
“abadiy takrorlanishi” to‘g‘risidagi nazariyasi borliqni xristiancha tushunishga 
pozitiv muqobillik sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ehtimol, reinkarnatsiya 
g‘oyasini u o‘lim oldidagi qo‘rquvni bartaraf etishi va bizga takror va takror 
yangicha yashash, ya’ni amalda cheksiz sonli umrlarni yashash imkoniyatini 
berishi uchun ham ijobiy baholasa kerak. Biroq bunday mulohazalar shaxsni 
karmaga oid shakl o‘zgarishlar zanjiriga singdirib yuboradigan hindcha 
dunyoqarashga unchalik muvofiq kelmaydi.
Darhaqiqat, hatti - harakatlar (shu jumladan, nutq va tafakkur), xohish –
istaklar va ehtiroslar muammosi hind falsafasi uchun asosiy muammolar bo‘lib 
hisoblanadi. Reinkarnatsiya haqidagi ta’limotning ta’kidlashicha, bizning 
navbatdagi hayotdagi mavjud bo‘lish shaklimiz bu hayotdagi orzularimiz va 
ehtiroslarimizni aks ettiradi. 
Buni o‘z yo‘lida uchraydigan xamma narsani yeb, hazm qilib yuboradigan 
kapalak qurti bilan qiyoslash o‘rinli bo‘lishi mumkin. 
Kapalak qurtiniki kabi xoxish istaklarga ega bo‘lgan kishi navbatdagi 
hayotida unga aylanadi. Kapalak qurti G‘arb mentalitetining tobora ko‘proq va 
beto‘xtov iste’molga nisbatan to‘yim bilmas ehtiros bilan ifodalanadigan 
xususiyatining obrazi bo‘ladi. Shu sababli kapalak qurtiga aylanmaslik uchun unga 
xos bo‘lgan hatti-harakatlar va xohish-istaklardan yiroq bo‘lish kerak. 
Xohish-istaklardan qanday qilib xalos bo‘lish va karmani nazorat qilish 
mumkin? 
Hind 
falsafasining 
g‘oyat 
muhim 
manbai 
hisoblanadigan 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling