1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atman bilan braxman
atman bilan braxmanning bir-
biriga tenglashtirilishidir. “Braxman” so‘zining adekvat tarjimasini topish qiyin. Bu holda atman bilan braxmanning bir-biriga tenglashtirilishi atman absalyut yoki ilohiyot bilan teng deyish mumkin. Bunga o‘xshash qarashlar odam (yoki uning ruhi) Xudo bilan ayni bir narsa bo‘la oladigan g‘arb mistitsizmida ham mavjud. Bunday birlik hind falsafasi va G‘arb mistitsizmi targ‘ib qiladigan zohidona turmush tarzini nazarda tutadi. Upanishada faylasuflari, shu tariqa olamdan teskari o‘girilib olishdi. Ularning maqsadi zohidlarcha dunyodan qochish edi. Ularning e’tiqodicha, matndami yoki tabiatdami bo‘lishidan qa’tiy nazar “tashqari”da emas, u sening ichingda. Sen “o‘z-o‘zingni topish”ni o‘rganishing kerak. Mistitsizm haqida ko‘p narsani o‘qib olish mumkin, lekin bu mistik bilishni anglatmaydi. U faqat sen tomoningdan va o‘zingning shaxsiy sa’y-harakatlaring yordamida ishlab chiqiladi. Hindistonda bunga o‘xshash mistik donishmandlik kohinlar tabaqasiga, haqiqiy “braxman”larga xos deb hisoblanardi. Atman bilan braxman to‘g‘risidagi tezis atman absolyutga tengdir, deb talqin etilishi mumkin. Faqat ana shunday sharoitda individ o‘limdan keyingi yangi qayta tirilishlarga qodir bo‘ladi. Hind falsafasiga binoan odam sansaradan, hayotlar va o‘limlar “xorovodi”dan xalos bo‘lishi lozim. Butun hind falsafasi mujassamlashishlarning abadiy siklidan xalos bo‘lish (moksha) yo‘lini izlaydi. Bunday qoida nafaqat Upanishadlarda, shu bilan birga buddizm falsafasida ham yetakchi o‘rin tutadi. Hind falsafasining bu sikldan xalos bo‘lishga nima uchun bunchalik alohida e’tibor qaratganligini qisqacha ko‘rib, chiqamiz. Shubhasiz, bu unga xos bo‘lgan, karma haqidagi ta’limotda ifodalangan faoliyat tushunchasi bilan bog‘liq edi. Unga ko‘ra, bizning hatti-harakatlarimiz navbatdagi hayotda “braxman” yoki kaltakesak bo‘lib qayta tug‘ilishimizni belgilab beradi – bu million-million imkoniyat ichidan bizning peshonamizga bitishi mumkin bo‘lgan atigi ikkitagina taqdirdir. Karma ko‘pincha butun hind falsafasining o‘zagi bo‘lgan asosiy tushuncha sifatida ko‘rib chiqiladi. Karma Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling