1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Bxagavadgitaning kichik parchasida olov tayanch ramziga aylanadi. Bizning
ishlarimiz bilim olovi bilan qamrab olinishi kerak. Bunga zohidlik va yoga orqali erishish mumkin. Faqat shu tarzdagina karmadan xalos bo‘lishga intiluvchi kishi pirovard najotga ega bo‘ladi. Biroq bunday maqsad bizning ko‘pchiligimiz uchun erishilmaydigan maqsaddir. Biz hayotlar va o‘limlar siklidan qutulib keta olmaymiz. Bizning “mohiyatimiz” millionlab turli qiyofalarda qayta tug‘ilishdek tavakkalchilikka bog‘lanib qolgan. Shunga qaramasdan, garchi hammamizning birdaniga taqvodor bo‘lib, qolishimiz mumkin bo‘lmasada, lekin bu hayotda eng yaxshi tarzda ish tutish uchun hamma asoslarga egamiz. Karma falsafasiga binoan, yaxshilik qiladigan va yaxshilik istaydigan kishi navbatdagi hayotda yaxshi mavjudot bo‘lib qayta tug‘iladi yoki bir muncha yuqoriroq tabaqaga o‘tadi. Shunday qilib, karma haqidagi ta’limot, reinkarnatsiya g‘oyasi va tabaqachilik tizimi hind falsafasining ulkan qismi uchun yaxlit negizni yaratdi. Uning doirasida axloq va ijtimoiy tizim bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvatlab turadi. Ularda ruh muammosi ko‘proq etnik muammo sifatida shaxsni yetuklikka erishish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va qabul qilingan umumiy g‘oyalar, ya’ni ruhning uchib yurishi, abadiyligi ushbu manbalarda o‘z aksini topdi. Shu asosda er.av. III asrda jaddizm va buddizm diniy ta’limotining mazmuni shakllandi, yo‘nalishi ham ruhiy hodisalarning tana bilan bo‘lgan munosabatiga doir o‘z qarashlarini ifoda etdi. Jaddizmda tana ruh erkinligini sababchisi deb ta’riflangan bo‘lsa, Buddizmda umuman ruhni alohida sifatda inkor etdi. Gresiyada Sukrotgacha bo‘lgan falsafa shakllangan davr bilan taxminan bir vaqtlarda buddizm, yangi din va falsafa shakllana boshladi. Ushbu kontekstda “Budda falsafasi” iborasi u yoki bu darajada Budda dinining hind asoschisi Siddxarta Gautama (taxminan miloddan avvalgi 563-483 yillar) daxldor bo‘lgan diniy e’tiqodlar va falsafiy qarashlarni ko‘rsatadi. Biz keyinchalik boshqa madaniyatlarda rivoj topgan buddizmning boshqa shakllarini ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega emasmiz. (Buddizmning Hindistonda yetakchi pozitsiyalarni boy berganidan keyin Tibetda va Sharqiy Osiyoda muhim rol o‘ynaganligi bilan qiyoslang). Boshqa ko‘plab hind avliyolari singari Siddxarta Gautama ham uy- ro‘zg‘orini va xotinini qoldirib, zohid va donishmand sifatida ziyoratga chiqib ketgan. Ko‘p yillik zohidlik va o‘z-o‘zini azoblashdan keyin u inson hayotining fundamental masalalari yuzasidan hali ham ilgarigidek baribir to‘la g‘aflatda Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling