1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Sanya Vedanta, Yoga, Milansa falsafa
maktablari ham ruhni o‘rganishga metofizik etnik tomondan yondoshdilar. Vedantada Upanishadagi idealistik g‘oyalar ilgari surildi. Ularda Ataman va Braxman haqida fikr yuritildi. Bu fikrga ko‘ra ruh doim tananing intilishlari va hissiy kechinmalari ortida yashiringan bo‘ladi. Qa’tiy intizom orqali ruh ulardan xalos bo‘lib, abadiy Braxman darajasiga yetadi. Yoga ta’limotida esa haqiqiy yuksaklikka erishish uchun psixik faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan tomonlarni bartaraf qilish kerak bo‘ladi deyiladi. Buning uchun yogalar maxsus 8 olamni: avval tana xarakatlarini (nafas olish gavda harakatlari (keyin psixik aktlar) diqqat, tafakkurni boshqarish uslublarini ishlab chiqqan. Yogalar tomonidan ishlab chiqilgan sezgi chegaralarida narsalarni idrok etish, ko‘rish gallyusinatsiya, idrok illyuziyasi hindlarning psixologik ta’limotida katta o‘rin egalladi. Hind adabiyotida qadimdan idrokning 2 xil: noaniq (nirvikalka) va aniq (sarvikalka) shakli farqlangan. Noaniq idrok sensor, narsa va hodisaning sezgi a’zosi bilan aloqaga kirishi orqali idrok qilinishi. Vedanta maktabining namoyondlari noaniq hech qanday individualligi ham, umumiyligi ham bo‘lmagan hissiy kechinmalar yig‘indisidir, deb ta’kidlaydilar. Aniq idrok bo‘lingan nutq tuzilishida namoyon bo‘luvchi idrok bo‘lib, buddistlarning ta’kidlashicha, u idrok emas, chunki unga aql ta’sir etadi. Nutq har xil belgilardan tashkil topganligi uchun idrok etilayotgan obrazni xiralashtiradi. Mimansa maktabining tarafdorlari vedantistlarni ham buddistlarni ham, tanqid qilgan holda noaniq idrok ikki belgiga - umumiy va spesifik belgilarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Umumiy belgi ko‘pchilik individual ob’ektlarga taalluqli bo‘lsa, spesifik idrok faqat berilgan ob’ektlarga tegishlidir. Noaniq idrok qilinishi mumkin emas, chunki buning uchun uning boshqalaridan ajratishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu ob’ekt umumiy belgi sifatida ham idrok qilinmaydi, chunki buning uchun u boshqalar bilan birlashtirilishi kerak. Bunga esa faqat nutq hisobidan erishish mumkin. Chunki nutq narsalarga xos belgilarni ajratishi ham birlashtirishi ham mumkin degan xulosaga keldilar. Buni maktab namoyondalari “Reallik” va “Illyuziya” deb atardi. “Reallik” va “Illyuziya”ni Mimansa maktabining faylasufi Bxata organ va tashqi ob’ekt o‘rtasidagi munosabat bilan belgilaydi. Agar bu munosabat qandaydir sabab bilan buzilsa, idrok illyuzior bo‘lib qoladi. Buning sababi sifatida Bxata: periferik (sezgi a’zosidagi) va markaziy (manas) qismdagi buzilishni ko‘rsatadi. Gallyusinatsiya ham xuddi shunday paydo bo‘ladi. Tush ko‘rish ham gallyusinatsiyaning bir turidir. Psixik hayot davomida o‘tish davri muammosi g‘arbiy yevropa faylasuflarini ko‘proq qiziqtirdi. Hech kimni hindlar kabi “men” muammosi bunchalik ko‘p o‘ylantirmagan. Masalan, lakata ma’lumotida umuman “men” muammosi inkor qilinadi. Ular shunga asoslanadiki, sezgi a’zolarimiz bizga “men” haqida hech narsani ma’lum qilmaydi. Xulosa chiqarish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar esa noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin. Qadimgi Xitoy tibbiy manbalari (er. av. VIII asrga oid “Ichki olam haqidagi kitoblar”)dan ma’lum bo‘lishicha, bosh organ “tana knyazi” bu yuksak bo‘lib, hayotiy jarayonlar asosan havosimon si elementi bilan bog‘liq. Tanadagi boshqa elementlar bilan aralashib, si fiziologik jarayonlarni va psixik fe’lni bajaradi deb hisoblangan. “Yurak fikrni harakatlantirgani uchun u fikrimiz asosi, jigar esa hissiyotlarimiz asosidir” deb ta’kidlaydi, qadimgi Xitoy tabiblari. Tabiblar o‘sha davrdayoq temperament haqidagi dastlabki g‘oyani ilgari suradilar. Bu ma’lumotga ko‘ra temperament 3 ta element: Havosimon si elementi, qon va balg‘amning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 1. Agar qon ko‘p bo‘lsa: odam kuchli yo‘lbarsdek jasur bo‘ladi. 2. Agar si elementi ko‘p bo‘lsa: odam maymun kabi beqaror, harakatchan bo‘ladi. 3. Agar shilimshiq modda ko‘p bo‘lsa, odam kamharakat sust bo‘ladi. Xuddi Hindistonda bo‘lgani kabi er. av. I-ming yillikning o‘rtalarida paydo bo‘lgan Xitoy falsafasi maktablari o‘zining etnik yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Shunday maktabning eng yirigi Lao-Szi asos solgan maktab hisoblangan. Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling