1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Konfutsiy (miloddan avvalgi 551 – 479 yillar)


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Konfutsiy (miloddan avvalgi 551 – 479 yillar) 


Konfutsiy Xitoyning sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar
xonadoniga mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi szou muzofotini 
boshqargan. Konfutsiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga 
to‘lganda otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 
qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘lgan. 
Konfutsiylikda uning asoschisi Konfutsiy birinchi bo‘lib inson 
psixologiyasida irsiy va hayotda orttirilgan jihatlar mutanosibligi masalasini 
ko‘tarib chiqdi. Uning fikricha, insonga xos psixik jihatlar tug‘ma hisoblanadi, 
shuningdek, odam o‘z tabiatiga ko‘ra mehribon mavjudot, uni tashqi muhit buzadi. 
Uning zararli ta’sirini yengish uchun inson yetuklikka erishish kerak. 
Konfutsiy (milodan avvalgi 551- 479 yilgacha) taxminan Budda, Fales va 
Pifagor yashagan davrda yashab o‘tgan. U yozgan matnlar saqlanib qolmagan
lekin uning ta’limotining asosiy qoidalari Konfutsiyning shogirdlari bilan 
suhbatlari (savollar va javoblar) haqidagi qisqacha qaydlar to‘plami fikrlar va 
suhbatla
rda yozib qo‘yilgan.
Ular asosan to‘g‘ri fe’l-atvorning ijtimoiy etnik muammolariga bag‘ishlangan. 
Ulardan Konfutsiy siymosi an’analarga qattiq rioya qilgan mutafakkir sifatida 
gavdalanadi. Masalan: u odam faqat an’anani astoydil o‘rganish yordamida o‘z 
vazifalarini to‘g‘ri tushunib yetishi mumkin deb hisoblaydi. An’ana, shuningdek, 
mavjud betartib ijtimoiy shart- sharoitlarni isloh qilish borasidagi urinishlarga asos 
bo‘ladigan me’yor tusini kasb etadi. Ana shunday yondashuv tufayli Konfutsiy 
ta’limotida qadimgi yozma manbalarni o‘rganish markaziy o‘rin tutadi. Hind 
falsafasida bo‘lgani kabi olamdan qochish emas, balki dunyoga moslashish 
Konfutsiyning asosiy fikri bo‘lgan. Konfutsiyning bunday qarashlarini uning 
izdoshi Men-Szi davom ettirgan. 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling