1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Lao – szi (miloddan avvalgi 579-499 yillar)


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Lao – szi (miloddan avvalgi 579-499 yillar) 
Xitoylik faylasuf Lao szi Chu podshohligining fuqarosi bo‘lib, asl ismi Li Er 
edi. Lao szi “ustoz Lao” degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, “qariya” 
deganidir. 
Lao szi Chjou saroyida arxiv xodimi bo‘lib hizmat qilgan. Konfutsiy bilan 
uchrashgan. Lao szi Chjou saltanatining inqirozga yuz tutganini ko‘rib, “iste’foga” 
chiqadi va tarki dunyo qilib, g‘arbga qarab yo‘l oladi. 
Chegaraga yetib kelganda chegara boshlig‘i undan o‘z vataniga nimadir 
qoldirib ketishni so‘raydi. Li Er chegara boshlig‘iga 5000 belgidan iborat 
qo‘lyozmani topshiradi. Bu tarixda “Daodeszin” (“Ezgulik yo‘li yoki kuch va 
harakat haqidagi kitob”) nomi bilan mashhur kitob edi. Bu kitobda Dao 
ta’limotining mohiyati haqida so‘z boradi. Bu “odamlar yuradigan yo‘l”, degan 


ma’noni bildiradi. Hozirga kelib “Dao” qonuniyat, qonun degan ko‘chma ma’noni 
anglatadi. 
Buyuk ishlar, albatta mayda ishlardan boshlanadi. 
Bilguvchi so‘zlamaydi, so‘zlaguvchi bilmaydi. 
Fikrlaringizga ehtiyot bo‘ling – ular qilmishlaringiz ibtidosidir. 
Buyuk to‘g‘rilik egrilikka, buyuk zakovat axmoqlikka o‘xshaydi. 
Lao - szining haqida ma’lumotlar ko‘p emas. Faqat shu narsa ma’lumki, u 
Konfutsiyning zamondoshi bo‘lgan. U yolg‘iz yashagan va mashhurlikdan o‘zini 
yiroq tutgan, deb hisoblanadi. Lao-Szining nomi Dao de szin (Yo‘l va uning 
saxovati haqidagi kitob yoki Dao va de haqidagi kitob) degan asar bilan 
bog‘liqdir, lekin bu asarni uning yozganligi aniq emas. Bu asar uning muxlislari 
tomonidan bitilgan bo‘lishi ham mumkin. 
Dao de szin daosizm falsafasiga doir klassik matndan iborat. Uni tushunish 
qiyin, talqin qilishda esa katta muammolar ko‘ndalang bo‘ladi. Geraklit singari 
Lao-Szini ham ko‘pincha “sirli” va “o‘qib bo‘lmaydigan” deb atashadi. Dao de szin 
asari tabiat yoki borliqqa oid xitoy falsafasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. Bu uni 
amaliy yo‘nalishdagi konfutsiychilik an’analariga o‘xshagan ayrim markaziy 
falsafiy qoidalaridan ham yaqqol ajralib turadi.
Lao-Szi uchun “dao” tushunchasi fundamental tushuncha hisoblanadi. Daoni 
u “noaniq”, “cheksiz”, “o‘zgarmas”, “makon va zamonda cheksiz”, “tartibsizlik va 
shakl” deb hisoblangan deyiladi adabiyotlarda. Bunga o‘xshash so‘zlar vositasidagi 
ifodalashlar faqat o‘zlari ifodalaydigan narsalarning alomati bo‘lishi mumkin. 
Qat’iyroq qilib aytganda, til bunday holda adekvat bo‘la olmaydi, chunki uni hatto 
salbiy ta’riflar orqali ifodalashda ham daoning nima bo‘lishini darhol faraz qiladi. 
G‘arb tafakkurida bunga o‘xshash yondashuv salbiy (apofatik) teologiyaga 
o‘xshaydi, unga ko‘ra biz Xudo to‘g‘risida ijobiy fikr bildirishga ojizmiz. Biz faqat 
uning nima bo‘la olmasligini ta’kidlashimiz mumkin. Shu bilan birga Lao-Szining 
Dao haqidagi fikrlari grek naturfalsafasi qo‘llagan savollar va javoblar tiplari bilan 
ko‘plab umumiylikka ega fikrlarga o‘xshab tuyuladi. 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling