1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

(avidya) ekanligini sezgan. Shuning uchun u o‘z-o‘zini azoblash amaliyotidan voz 
kechish va an’anaviy mushohadaga qaytishga qaror qiladi. Biroz vaqtdan keyin 
Gautamaning ongi tiniqlashib ketadi va u bunday savollarga javob beradigan 
bilimni egallaydi. Keyinchalik u Budda (Oydinlashgan) nomi bilan mashhur 
bo‘ladi.
Miloddan ilgarigi V asrda Hindistonda Upanishadlar falsafiy hayotda muhim 
o‘rin egallagan bir paytda uning diniy hayotida veda an’analari ustunlik qilardi. 
Yangi budda ta’limoti qadimgi veda adabiyotlariga keskin qarshi chiqdi va 
marosimlar hamda urf-odatlarning hamma shakllarini inkor etdi. Ayni bir paytda u 
Upanishadlar muayyan bir qismining tanqidiy idrok etishgan.
Mantiqqa zid-ku, lekin Budda spekulyativ va diniy tafakkurlar nisbatan g‘oyat 
salbiy munosabatda edi. Hozirgi sharhchilar ma’lum darajadagi anaxronizm bilan 
uni “empiritsist” va “skeptik” sifatida tavsiflashadi. Ehtimol, Buddaga tegishli 
bo‘lgan matnlar uning keyinchalik ilohiylashtirishi uchun asos bermaydi. 
Upanishadlarning ko‘plab parchalari singari yangi ta’limot ham insonning ozod 
etilishi yoki xalos bo‘lishiga qaratilgan. Ozodlik holatini Budda nirvana deydi. Bu 
atama ko‘p jihatdan boshqa an’analardagi moksha atamasiga muvofiq keladi. 
Buddaning o‘zi erishgani kabi nirvanaga erishishni xohlaydigan kishi o‘zini bu 
dunyo bilan bog‘lab turgan hamma narsadan, shu jumladan, falsafiy va diniy 
ta’limotlardan ham xalos qilishga o‘rganishi kerak. Budda sol bilan analogiyadan 
foydalanib, bunday talabning narigi qirg‘og‘iga suzib o‘tishga majbur. U daraxt 
poyalarini yig‘adi va ularni novdalar bilan bog‘lab mustahkam sol yasaydi, shu sol 
yordamida daryoning narigi qirg‘og‘iga eson omon yetib oladi. U maqsadga 
erishgach, o‘ziga o‘zi bu solning haqiqatdan ham yaxshi va foydali bo‘lganligini 
ta’kidlaydi. U solni o‘zi bilan birga olib ketishga qaror qiladi va miyasiga joylab, 
yo‘lga tushadi. Shunday qilib, u endilikda unga ortiq kerak bo‘lmagan solni 
qirg‘oqda qoldirib ketadi. Bunday analogiya ma’nosi shundaki, yangi ta’limot ham 
solga o‘xshaydi. Sol uni o‘zi bilan birga olib ketishi uchun emas, balki u yordamida 


daryoni kesib o‘tish va nirvanaga erishish uchun mo‘ljallangan. Falsafaning 
maqsadi haqidagi bunga o‘xshash tasavvurlar uning tarixida bir necha marta paydo 
bo‘lgan. Ularga binoan, falsafa shunchaki egallab qo‘yilsa yomon bo‘lmaydigan 
narsa emas, balki vositadir.

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling