1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Xan Fey (miloddan avvalgi 288-233 yillar)
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tanqidiy mulohazalar”
Xan Fey (miloddan avvalgi 288-233 yillar)
Qadimgi Xitoy faylasufi Xan Fey Xan saltanatining aslzoda xonadonlaridan birida dunyoga keldi. U bolalik chog‘idanoq duduqlanib gapirardi. Keyinchalik Syun-szining qo‘lida tahsil olib, Shan Yan, Shen Buxay, shuningdek, daosizm (xitoycha “dao” - qonun demak) ta’limoti bilan qiziqqan. Xan Fey o‘ziga qadar yashab o‘tgan ko‘plab yirik donishmandlar kabi legistik (“legist” - lotincha “qonun” degan ma’noni anglatadi) dunyoqarash tarafdori bo‘lib, davlatni boshqarish muammolari bilan shug‘ullangan. “Qonunlar halqning otasi va onasidir. Xukmdor va amaldorlar, oliy nervlilar-u past tabaqadagilar - hamma qonunga birdek amal qilmog‘i lozim. Bu- buyuk boshqarish san’ati deb ataladi” degan g‘oyani yoqlagan. Xan Fey qonunni birinchi o‘ringa qo‘ygan Shan Yan (“qonunlar va farmoyishlar - halqning hayoti va boshqaruvning asosidir”), hukmdorlik san’atini birinchi o‘ringa qo‘ygan Shen Buxay (“Hukmdor qo‘l ostidagi amaldorlarni ishlata biladi va xarakatlarining natijasi bilan o‘zgalarni lol qoldiradi”), ierarxiya (quyi mansabdagilarning yuqori mansabdagilarga bo‘ysunish tartibi) kuchini birinchi o‘ringa qo‘ygan Shen Dao (“Ahloqsizlarni itoatga keltirish uchun donishmandlikning o‘zi yetarli emas, ammo donishmandlarni egib olish uchun e’tiborli mavqening o‘zi yetarli”) qarashlariga tayanib, boshqaruvning “uch quroli” va “ikki tayanchi” haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Xitoydagi materialistik oqimning yirik namoyondalaridan biri Van Chun edi. U o‘zining mashhur “Tanqidiy mulohazalar” nomli asarida tabiatshunoslik va tibbiyotning o‘sha davrdagi - yutuqlari asosida diniy teologik g‘oyalarni tanqid qiladi. Tabiat qonunlari inson ruhiyatini bilishda birdan bir xitoylik mutafakkir Fan Chjen ham o‘z davrida ilgari surdi. U ruhning abadiy emasligi aksincha moddiy tananing funksiyasi bo‘lgani uchun ajralmasligi va u bilan birga yo‘qolishi o‘z traktida yozgan “Tana, – deb yozadi u, – ruhning materiyasi, ruh tananing funksiyasidir. Materiya uchun ruh pichoqdek o‘tkirdir, o‘tkirlik bu pichoq emas. Pichoq mavjud bo‘lmay o‘tkirlik bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shunday ravishda tana o‘lib ruh qolishi mumkin emas” – deb ta’kidlaydi Fan Chjen. Shu bilan birga u ruh faqat ma’lum tarzda tuzilgan materiyaga xos ekanligini aytib o‘tdi. Ma’lumki, er.av. IV-V asrda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi jamiyatning tabaqalanishi va quldorlik davlatlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu davlatlarda ruhning abadiyligini, u tanani tark etib bemalol xarakatlanib yurishi mumkinligini ta’kidlovchi diniy ideologiya hukmron edi. Shu bilan birga bizgacha yetib kelgan manbalarda nafaqat diniy balki, tabiiy bilimlarning asoslari ham ta’riflangan. Narsa va hodisalarni teologik, mifologik jihatdan tushuntirishga harakat qiluvchi tasavvurlar asta-sekin ratsionalizatsiyaga uchrab yangi tushunchalar bilan almasha boshladi. Xudo hali ham oliy hukmron bo‘lib hisoblansa-da, odam hayotiga o‘tkaziladigan ta’siri haqidagi qarashlar avvalgidan o‘zgarib bordi. Er. av. IV asr oxiriga oid Misrdan topilgan “Memfis teologiyasining yodgorligi” psixik-faoliyatga berilgan ta’rif fikrimizni tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, bu dunyoning arxitektori Ptax xudosidir. U ko‘z, quloq, burun, sezgi a’zolarini yurakka xabar berish uchun yaratgan. Yurak orqali berilgan xabarni til takrorlaydi xolos. Albatta bugungi kun bahosi bilan bunday fikrlar ibtidoiy bo‘lib hisoblanadi. Ularda “periferiya – markaz” munosabatida dastlabki elementlari ko‘zga tashlandi. Shu tariqa teologik dunyoqarash doirasida ba’zi narsalar haqidagi tasavvurlar o‘zgarib boradi. Buning asosiy sababi qadimgi sharq tibbiyotining yutuqlari hisoblanadi. Nazorat savollari: 1.Psixologiya tarixi fan sifatida va psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida fikringizni bildiring? 2.Qadimgi yozuvlarda psixologik goyalarning yoritilishi haqida ma’lumot bering? 3. Psixologiya fani haqida sharq manbalaridan misollar keltiring? Document Outline
Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling