1 – мавзу: Топонимика фанига кириш, мақсад ва вазифалар, унинг тарихи ҳамда уларнинг пайдо бўлиши. (6 соат) Режа


Download 146.08 Kb.
bet2/19
Sana06.11.2023
Hajmi146.08 Kb.
#1752439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ma\'ruza

-on affiksi
Bu tojikcha affiks 0‘zbekiston sharoitida aksari toponim yasaydi va kishilarning qandaydir sotsial guruhga, chunonchi: 1) muayyan millatga — Arabon (arablar), Qirg‘izon (qirg‘izlar), 0‘zbekon (o‘zbeklar); 2) qandaydir urug‘-aymoqqa — Mang‘iton (mang‘itlar), Minggon (ming urug‘idan bo'lgan kishilar); 3) ma’lum tabaqaga — Mirzoyon (kotiblar), Tarxonon (oliq-soliqdan ozod qilinganlar); 4) hunar-kasbga - Bo‘yrabofon (bo‘yra to‘quvchilar), Kosagaron (kosa ustalari), So‘zangaron (igna ustalari); 5) diniy e’tiqodga mansub ekanligini bildiradi: Mug‘ott, Mug‘iyon (otashparastlar), Hinduyon (hindular) va hokazo.
Toponimist A.L.Xromov (Dushanbe) fikricha, -o‘n (on) affiksi Matcha (Mastchoh) shevalarida, shuningdek barcha tojik shevalarida kam ishlatiladi. Shu affiksli toponimlar ancha qadimiy hisoblanadi. Hozirgi vaqtda -on o‘miga ko‘proq -o (ho) ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llaniladi.
0‘zbekiston sharoitida esa, -ho (o) ko‘plik affiksi toponimlar tarkibida nihoyatda kam uchraydi va bo‘lsa ham toponimning asosiy tarkibiy qismi bilan shu qadar qo'shilishib ketganki, aksari uni payqab olish qiyin.
-ot (1) affiksi
Toponim yasovchi bu affiks ikki xil yo‘l bilan paydo boigan: biri arabcha bo'lsa, ikkinchisi sug‘diychadir. Bundan tashqari, -t qadimgi turkiy tilda va mo‘g‘ul tilida ham ko‘plik o'rnida keladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur birgina toponimni ikki shaklda yozgan: Badaxshon — Badaxshonot, Lamg‘on — Lamg‘onot, Xuroson

  • Xurosonot, HindustonHindustonot.




A.L.Xromov Yag‘nobdagi Sitkt, G‘uddant, Regdont, G‘ajjo( Tobot kabi toponimlar tarkibidagi -t
harfini ko'plik suffiksi dc! biladi, hatto Zoyti, Xramti kabi so'zlardagi -t harfini ham ko‘plik belgisi deb hisoblaydi. -r harfi esa yag‘nobcha bosh kelishikdan boshqa kelishiklar ko'rsatkichi bo'lsa kerak, deydi.
Agar shunday bo4lsa, «Boburnoma» va boshqa tarixiy yodgorlik- larda uchraydigan Olmati, Chilti, Shiberti kabi toponimlarni ng morfologik xususiyati muayyan darajada tushunarli boiib qoladi va ularning tarkibidagi -1 ham ko‘plik affiksi bo'lib chiqadi.
Shundan ko‘rinadiki, toponimika tarixiy tilshunoslikning ko‘pgina masalalarini yechib berishda tilshunoslarimizga yordamga keladi.
TOPONIMIKA VA GEOGRAFIYA
Toponimika ayniqsa, geografiya uchun katta ahamiyatga ega. Topo­nim - geografik obyektning aniq manzilidir. Nomlar joyning geog­rafik o£rnini aniqlash uchun ham, geografik tushunchalarni ifoda etish uchun ham zarur. Geografik xaritada keltirilgan boy va xilma- xil axborotlar orasida nomlar alohida o‘rin tutadi.
Geografik obyektlar shu qadar ko‘p va xilma-xilki, ularni ifoda etish uchun maxsus so‘zlar, ya’ni nomlar bo‘lishi kerak.
Geografik nomlarni geografiyaning o‘ziga xos tili desa bo‘ladi. Geografik nomlar muayyan geografik tushunchala'mi ifoda etar ekan, bir qancha hollarda atamaga aylanib qoladi. Masalan, yonar tog‘larni ifoda etuvchi vulkan atamasi Italiyadagi Vulkano tog‘i nomidan olingan. Toponimlar biron geografik tushunchani ifoda etadi, shuning uchun geografiyani bilmasdan turib joy nomlarini o‘rganish ko‘pincha katta ilmiy xatolarga olib kelishi mumkin. Joy nomlarida geografik muhitning xususiyatlari — relef shakllari, o‘simlik va hayvon nomlari aks etgan bo‘ladi. Shu bilan birgalikda joylarga nom berishning o‘ziga xos bir xususiyati bor. Masalan, o‘rmonli rayonlarda «o‘rmon» so‘zidan tarkib topgan joy nomlari, tog4li o‘lkalarda «tog4» so4zidan tuzilgan toponimlar u qadar ko4p emas. Agar bor bo4lsa ham, ular ko4pincha qo4shni hududlarda yashaydigan xalqlar tomonidan berilgan nomlar bo4ladi.
Toponimikada nisbiy negativlik deb ataladigan bu qonunning asosiy sababi shundaki, hammayoq cho’l bo‘lgan joylarda cho‘l kishi e’tiborini tortmaydi. Kishilar nom qo‘yish uchun boshqalardan qandaydir farq




qilib turadigan tabiiy geografik obyekt qidirishadi. Shuning uchun ham cho‘llarda quduqlar, ayrim qirlar nomlari ko‘proq uchraydi. Chunk! bu quduq va qirlar yo‘lovchilar hamda cho‘ponlar uchun moljal, o‘tloq va suvloq bo'lib xizmat qilgan.
Togiar to‘g‘risida ham shunday deyish mumkin. Togiar orasida yashaydigan kishilar tog‘
so‘ziga nisbatan tosh so‘zini ko‘proq ish- latadi. Masalan, tog‘li yerda «Tog‘ tepasiga chiqib ketdi» deyish o‘miga «Toshga chiqib ketdi» deyishadi. Yana. Ayritosh, Qoratosh, Oqtosh deganda, ko'pincha qandaydir ayrim togiar nazarda tutiladi. Ural va Sibir tog‘larida ham xalq tog‘ cho‘qqilarini kamen (tosh) deb ataydi. Tog‘ piyozini ko‘pincha toshpiyoz, tog‘ hayvonlaridan kaklik va suv- sarni ruslaming kamennaya kuropatka„ kamennaya kunitsa deb atash- larining sababi ham shunda bo‘lsa kerak.
Shunday bo£lsa ham, geografik nomlarda geografik qonuniyatlar- ning aks etganiga juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Demak, joy nomlari tasodifiy paydo bolmaydi, aksincha, Eshakhangragan- qir, Qo ‘yqirilganqala kabi tasodifiy nomlar kamdan-kam uchraydi. Binobarin, toponimlaming aksari qismi ma’naviy jihatdan tabiat hodisalarini aks ettiradi.
Xalq biron tabiat hodisasini geografik atama bilan ifoda etadi va binobarin, geografik nomlar tarkibida geografik atamalar ko‘p uchraydi. Bunday atamalar toponimiya negizi, ya’ni murakkab geografik nomlaming tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalq geografik atama- larini bilmasdan turib joy nomlari etimologiyasini to‘g‘ri aniqlab bo‘lmaydi.
Geografik atama (tog‘, cho‘l, ko‘l, qishloq va h.k.) hali geografik nom emas, balki turdosh ot bo‘lib, muayyan umumiy yoki xususiy geografik tushunchani bildiradi. Biroq har qanday geografik atama atoqli otga, ya’ni geografik nomga aylanishi mumkin.
Geografik atamalar, shuningdek o'simlik va hayvon nomlari biron qo‘shimchasiz yoki aniqlovchisiz toponimga aylanmaydi. Masalan, 0‘zbekistonda o‘n minglab quduq bor va har biri o‘z nomiga ega. Bunda quduq so‘zi yonida biron kishining ismi yoki aniqlovchi so£z (chuqur, katta, uch, to‘rt va h.k.) yo bo‘lmasa — cha, -li kabi qo‘shimchalar bo'ladi. Agar bordi-yu Quduq, Cho‘qqi, Ariq, Yan- toq, Qulon kabi bir atama yoki birgina o‘simlik, hayvon nomidan iborat toponim uchraydigan bo‘lsa, u holda bunday toponimni




izohlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chirnki hech qanday tarkibiy qismsiz birgina so‘zdan iborat toponim uzoq talaffuz davomida bu- tunlay o'zgarib boshqa bir ma’noni anglatishi yoki toponimning qisqartirilgan varianti bo‘lib chiqishi mumkin. Masalan, Toshkent- dagi Zaxariqni ko‘pincha Zax deyishadi. Tevarak-atrofda boshqa xuddi shunday obyekt boimaganda ham ba’zan qo‘shimchasiz atamaning bir o‘zi toponimga aylanadi. Chunonchi Qadeqqa borib kelaylik de­yishadi.
Toponimlar tarkibida adir, ariq, bel, buloq, dovon, jar, ко‘I, tog
6, cho% qum kabi hammaga ma’lum atamalar bilan birgalikda arna, bo‘ktar, g‘aza, dayravot, jol (yol), jona-yona (qiya), jo‘na, zayak, zov, kam, kom (ariq), kamar, novur, saqo, sang‘aloq, supa, Somchi, tangi, tarma, to la, tuz, chaiqa chag6at, chem, shag‘il, shiber (botqoqlik), shir don, qo‘ton, qirmon (xirmon) kabi kichik bir hududdagina saqlanib qolgan atamalar ham uchraydi. Har bir ata­maning o£z ma’nosi bor. Masalan aqba (aqaba) arabcha so‘z boiib, O'rta Osiyoda «dovon» ma’nosida keladi. IX-X asrlardagi arab tilida yozgan geograflarning asarlarida aqba (ko‘pligi aqabot)' atamasi ko‘p ishlatilgan. Bu atama X asrda fors tilida yozilgan «Xudud-ul olam» va «Tarixi Tabari» asarlarida ham uchraydi. Tojikiston bilan 0‘zbekistonning togii joylarida, ayniqsa, Pomir, Hisor, Zaraf- shon toglaridagi o‘nlab toponimlar, xususan dovon nomlari tarkibida aqba so‘zi uchraydi. Bu atama Ocrta Osiyoning turji joylarida axba, agebar avg‘a shakllarida turli ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, Samar­qand viloyatining ba’zi joylarida dovonga chiqiladigan tik yo'lni ovg‘a deyishadi,
lizzax viloyatining Zomin tumanida baland tog‘ yaqinidagi tepasi yassi _qir fearaz deyiladi. Masalan, Kattabaraz, Kichikbaraz, To‘pchiboybaraz degan joylar bor, Baraz («baland») so‘zi qadimiy sug£d tilidan qolgan boiib, hozir juda katta hududlarda mustaqil yoki toponimlar tarkibida uchraydi, Masalan, Zarafshon daryosming bosh tomonidagi Yag4mobda Burozo, Pusfati baroz, Sari baroz, Sibaroso, Vanjida Borazgo kabi toponimlar bor. Olimiarning yozishicha, Ros- siyaning Yevropa qismidagi Berezaaka, BerezaiR gidronimlari ham o'sha baraz («baland») so‘zidan kelib chiqqan. Arman tilidagi feardzr ham o‘sha baraz bilan o‘zakdosh va ma’nodosh.
Bu misollar geografiyani yaxshi bilmasdan turib toponimika bilan shug‘ullanish ishonchli natijalar bermasligini ko£rsatadi.



TOPONIMIKA VA TARIX
Geografik nomlar juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi bois arix uchun juda katta ahamiyatga ega. Damashq
shaharining shu nom bilan atalganiga uch ming yil bo‘ladi. Uni dunyodagi eng keksa nom leb boimaydi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi toponimlar ham juda qadimiy nomlardan. Shuning uchun ham ularning kelib chiqishi hamon uzil-kesil hal bo‘lgan emas. Qanchadan-qancha nomlar yo- zuv paydo bo‘lmasdan oldingi davrlardan qolgan. Xalqlar yo‘q bo‘lib ketgan, tili unutilgan bo‘lishi mumkin, lekin geografik joy nomlari saqlanib qolaveradi. 0‘simlik yoki hayvon yo‘q bo‘lib ketgan bo'lsa ham, nom yashayveradi.
Tomsk davlat pedagogika institutining professori AP.Dulzon Sibir gidronimlarini tahlil qilib qadimda ket xalqi yashagan hudud juda keng bo‘lganini aniqladi. Hozir esa Sibirda, xususan Ob daryosi yoqasida hammasi bo‘lib 500 kishiga yaqin ket qolgan. Toponimik ma’lumotlar bir vaqtlar ketlar juda ko‘p sonli xalq bo‘lganini ko‘rsatdi.
Toponimning muqim yashashiga asosiy sabab shuki, so‘zning toponimga aylanmasdan oldingi ma’nosi to‘g‘risida kishilar ko‘pincha o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Shunday qilib, so‘z biron obyektning nomi- gina bo‘lib qoladi.
Bordi-yu bu toponimni sinchiklab tekshirsangiz, hatto mikro- toponimlar deb ataladigan kichik obyekt nomi ham aksari muhim bir tarixiy voqeani o‘zida mujassamlashtirgan «makroguvoh» bo‘lib chiqishi mumkin.
Yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar, mayda yer egaligi toponimiyada sezilarli iz qoldirgan.
Misollarga murojaat qilaylik. 1909 yilda Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahrida nashr etilgan ro‘yxatga ko‘ra Qo‘qon va Marg‘ilon uyezdla- rida, shuningdek, Andijorl va 0‘sh uyezdlarida chek so'zini 50 dan ortiq qishloq nomi tarkibida ko‘ramiz. Andijon viloyatida va xususan Farg‘ona viloyatida chek so‘zidan tarkib topgan joy nomlari hozir ham anchagina uchraydi.
Andijon tumanida Obtobachichek degan qishloq bor. Bu nom Xudoyorxon davridan qolgan. Abdurahmon ismli bola (Musulmon- qulning o‘g‘li) xonning qo‘liga suv quyuvchi — obtobachi bo‘lgan.






Download 146.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling