1 – мавзу: Топонимика фанига кириш, мақсад ва вазифалар, унинг тарихи ҳамда уларнинг пайдо бўлиши. (6 соат) Режа


Download 146.08 Kb.
bet5/19
Sana06.11.2023
Hajmi146.08 Kb.
#1752439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ma\'ruza

Farg‘ona so‘zi haqida ham rivoyatlar bor. Masalan, Farg‘onani Nushirvon (Anushirvon) bunyod qilgan va podsho bu yerga har bir joydan bittadan qabila olib kelgan ekan. Shunday qilib, turli joy- lardan kelgan kishilar imoratlar qurib, ekinlar ekkan. Kishilar ular- ni turli joylardan kelganligidan Az har xona «turli xonadonlardan kelganlar» (qurama) deb atay boshlaganlar. So‘ngra az qo‘shimchasi tushib qolib, Harxona bo‘lib ketgan, bu esa bora-bora Farg‘ona shak- lini olgan emish. Huddi shu rivoyat arab geografi Ibn Xurdodbeh- ning «Kitob ul-masolik val-mamolik» asarida (X asr), Hamidullah Qazviniyning «Nuzhat ul-qulub» asarida (1340 yil) va boshqa tarixiy yodgorliklarda ham keltirilgan.
Samarqand, Andijon, Jizzax, Xiva, Termiz, Buxoro kabi qadimiy shaharlarning, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon- kabi daryolarning nima uchun shunday atalgani haqida ham turli afsonalar mavjud. Ko‘pgina qishloqlarning nomlari to‘g‘risida ham qancha-qancha cho‘pchaklar bor. Tog‘ — qirlar, soylik-jarliklarning nima uchun shunday atalishini xalq o‘zicha tushuntirib berishga harakat qilgan.
Buxoro viloyatida Chandir degan bir necha qishloq bor. Xalq buni «chandir go‘sht» so‘zidan deb izohlaydi. Aslida chandir turk- mnnlarning bir urug‘i (Zarafshon vodiysining etagida anchagina turk- manlar yashaydi).
Tog1 daralarining eng tor joyi hamma tillarda «Temir darvoza» dpyilndi (tojikchada Darbandi ohanin, arabchada Bobul hadid, ruschada Irlr/noc vorota, qadimiy turk tilida Temur Qapug‘). Oddiy xalq buni htl ycrda «temir darvoza bo‘lgan ekan» deb tushunadi. Aslida bu Шф/iy o‘xshatma, metaforik nomlar. Baxmal tumanida Qirqqiz, Knvovtosh degan toshlar bor. Bu haqda shunday rivoyat eshitasiz: Ktiyov (|aylig‘iga kelayotgan ekan, birdan g‘ayridin yovlar kelib




qolibdi. Halqumi рок kuyov ham, kelin ham dugonalari bilan kofir- larga tutqun bo'lgandan ko‘ra Xudoga iltijo qilib tosh bo‘lib qolgan ekan. Odam shaklidagi bu toshlar aslida nurab ulgurmagan qumtosh qoyaning qoldiqlaridir.
Zahiriddin Bobur Markaziy Farg‘onadagi qumli cho‘l haqida bir rivoyatni keltirgan. Bir necha darvesh qumli cho‘lda ketayotgan ekan, birdan qumli bo‘ron (tund yel) ko‘tarilib, darveshlar bir-birini topolmay, «ho, darvesh», «ho darvesh» deya halok boMubturlar, andin beri bu bodiyani (cho'lni) Hodarvesh derlar».
Bunday xildagi rivoyatlarni ko‘plab qishloqlar to‘g‘risida eshitish mumkin. Zomin tumanidagi Achchi qishlog‘i yonida Kallali
degan toshloq soyliq bor. 0‘sha yerl aholisi laganni lali deyishadi. Shu soy- likda yovlar bir kishini o‘ldirib kallasini kesib olib laganga qo‘yib ketgan ekan. Shundan so‘ng bu yer Kallali, ya’ni «lagandagi kalla» deb atalgan emish.
G‘orlar, ungurlar haqida ayniqsa rivoyatlar ko‘p. Zomin tumanida Tamtum qishlog‘i yaqinida Kattakamar, Oqchepkanning kamari de­gan g‘or, kamarlar (qoyadagi bo‘shliklar) bor. Bunday kovaklarda ibtidoiy odamlar yashagan. Har xil voqealar bo‘lib o‘tgan, natijada xilma-xil cho‘pchaklar to‘qilgan. Masalan, o‘sha Oqchepkan kama- rida Oqchepkan laqabli (oqchakman kiygan) o‘g‘ri yashagan ekan. Ba’zi bir g‘orlami qandaydir dahshatli mahluqlar, devlar, parilar vatan qilgan edi deyishadi. Shu sabab bunday g‘orlar Shaytong‘or, Devkamar kabi nomlar bilan atalgan. Ana shundan har xil afso- nalar, asotirlar kelib chiqadi.
TOPONIMIKA TARIXIDAN
Atoqli otlar, jumladan geografik nomlar, ayniqsa ulaming ma’nolari qadimdan olimlar e’tiborini tortgan. Toponimika atamasining paydo bo‘lganiga hali bir asr bo‘lgani yo‘q. Lekin toponimika masalalari tarix,geografiya, tilshunoslikka oid asarlarda qadim zamonlardan boshlab uchraydi.
Har qanday fan amaliyot talablari ta’sirida paydo bo‘ladi va rivojla- nadi. Toponimika birinchi galda geografiyaning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Dastlabki sayyohlar o'zlari kashf etgan yerlarga nom ber- dilar, uzoq o‘lkalar va shaharlaming nomlarini hammaga ma’lum qildi. Geografik nomlami to‘plab o‘rganganlar xam geograflar edi.





Rus toponimikasini o‘rganishga akademiklardan V.V.Radlov (1837- 1918), A.I.Sobolevskiy sezilarli hissa qo'shdilar.
1904 yilda Rossiya geografiya jamiyati qoshida Kartografiya komis- siyasi tuzildi. Komissiyaning geografik nomlarni transkri psiya qilish bo‘limida tilshunoslardan A.A.Shaxmatov, I.A.Boduen Kurtene,
D.Rudnev va boshqalar ishladilar.
Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng toponimik tadqiqotlar keng quloch yoydi. Toponimik materiallami to‘plash va qayta ishlash sohasida jid- diy ishlar boshlandi. Toponimika bo‘yicha maxsus mahkamalar, Butunittifoq geografiya jamiyatining filiallarida va boiimlarida topo­nimika komissiyalari tuzila boshladi. 1965 yilda Leningradda SSSR toponimikasi bo‘yicha Birinchi butunittifoq konferensiyasi o‘tkazildi. Sobiq ittifoqdosh respublikalarning tilshunoslik institutlari, sobiq SSSR Geografiya jamiyati, Moskva filialining toponimika komissiyasi geog­rafik nomlarni o‘rganishga katta ahamiyat bera boshladi.
Atoqli otlarni (onomastika), jumladan geografik nomlarni (topo­nimika) o'rganishga bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlar, jumladan maxsus toponimik asarlar nashr etildi.
Toponimikaning fan sifatida tarkib topishida Rossiya olimlarining xizmati katta.
Rus toponimikasi bo‘yicha A.P.Dulzon, A.K.Matveev, E.M.Murzayev, V.A.Nikonov, A.I.Popov, A.V.Superanskaya, Ye.M.Pospelov, A.A.Reforraatskiy, B.A.Serebrennikov, V.N.Toporov,
O.N.Trubachevning asarlari ma’lum va mashhur.
Dunyoda eng yirik toponimistlardan biri atoqli geograf E.M.Murzayevdir (1908-1998). Olim yarim asrdan ko‘proq vaqt da- ' omida geografik nomlarning, jumladan 0‘zbekiston toponimlarining kelib chiqishi, transkripsiyasi, xususan mahalliy geografik atamalar haqida ko‘plab qimmatli asarlar, maqolalar, monografiyalar, lug‘atlar yaratdi. E.M.Murzayev ko‘p yillik ilmiy faoliyatida toponimikaning nazariy masalalari bilan bir qatorda geografik atamalarga alohida ahamiyat berdi. Masalan, 4 mingga yaqin xalq geografik atamalarini 0‘z ichiga olgan lug‘ati (Slovar narodnix geograficheskix terminov. М., 1984) jahon toponimistlari va tilshunoslarining e’tiborini tortdi. Bu asar 1999 yilda to‘ldirilib 2 jildda qayta nashr etildi. E.M.Murzayev geografik atamalar ko‘pchilik toponimlar etimologiyasining universal kalitidir, degan xulosaga kelar ekan, toponimikani tadqiq qilishda geograflaming roli katta ekanligini qayd qiladi. Olim katta-katta hudud-




0‘rta Osiyo geografiya fanining rivojiga salmoqli hissa qo'shgan matematik va geograf Muhammad Xorazmiy, astronom va geograf Abu Zayd Balxiy (850-934), tarixchi Abu Bakr Narshaxiy (899- 959) 0‘rta Osiyo geografiya fanida maktab yaratgan alloma Abu Rayxon Beruniy, geograf-filolog Mahmud Koshg‘ariy, astronom va mate­matik Mirzo UIug‘bek (1394-1449), geografik terminologiya, topo- nimikaga qimmatli hissa qo‘shgan mashhur sayyoh va lug‘atchi Shayx Sulaymon Buxoriy (1821-1880) kabi allomalar shular jumlasidandir.
Bu olimlardan ayrimlarining toponimika fani sohasidagi xizmat- lari haqida quyiroqda so‘z yuritiladi.
Boshqa o'lkalarda ham dunyo kezgan, yangi-yangi yerlarni kashf qilgan, kishilaming geografik tasawurlarini va toponimik ma’lumotlarini kengaytirgan sayyohlar, geograflar ko‘p bo‘lgan. Toponimikaga katta hissa qo'shgan geograf olimlardan nemis olimi A.Gumboldni, rus geograflari P.P. va V.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy, akademik L.S. Berglarni aytib o‘tish mumkin.
XIX asr oxirlaridan e’tiboran dunyoda amaliy grammatika, xu- susan kartografiya ehtiyojlari munosabati bilan toponimikaga qiziqish kuchaydi. Toponimikadan maxsus asarlar paydo bo‘ldi, geografik nomlarni o‘rganadigan komissiyalar va jamiyatlar tashkil etildi. Masalan, Angliyada 1923 yilda dunyoda birinchilar oiaroq mamlakatdagi barcha tomonimik ishlarni muvofiqlashtirish uchun Topo­nimika jamiyati tuzildi. Keyinchalik G‘arbiy Yevropa, Fransiya, Ger- maniya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday jami­yatlar yoki guruhlar paydo bo'lgan edi. s
Rossiyada toponimik tadqiqotlar tarix, geografiya va filologiya fan- lari vakillari tomonidan olib borildi. Akademik Shegren (1794-1855), mashhur tarixchi va etnograf N.I.Nadejdin (1804-1856), tilshunos A.Kustrcnlar (1813-1852) rus toponimikasining dastlabki tadqiqot- chiluridandir. 1847 yilda Rossiya Geografiya jamiyatida tuzilgan geog- i nlik tcrminologiyani o'rganish komissiyasi va Rus tili va adabiyoti Itnvaskoiiari jamiyati (1811-1930) toponimikaga katta ahamiyat berdi.




toponimlarini o‘rganishda A.L.Xromov, Pomiming mikrotoponimlarini tadqiq qilishda esa R.X.Dodixudoev asarlarining ahamiyati katta.
Qozog'istonda toponimlarni ham lingvistik, ham geografik nuqtai nazardan tadqiq etishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Respublikada toponimlarni, xususan geografik atamalarni o‘rganishda G‘.Q.Qo‘nqashpayevning xizmatlarini alohida qayd qilish kerak (bib- liografiyaga qarang — G‘.Q.Qo‘nqashpayev). Qozog‘istonlik toponi­mistlardan A.A.Abduraxmanov, T.Januzaqov, V.N.Popova, Ye.Qo‘ychiboev (Ye.Qo‘ychiboyev)ning ilmiy ishlarida toponimikaning umumiy masalalari bilan bir qatorda joy nomlarining etimologiyasiga katta o‘rin berilgan.
Turkmaniston Respublikasida toponimikaning rivojlanishi akademik S.Otaniyozovning nomi bilan bogiiq. Olim toponimikaning meto- dologik masalalarini yoritish bilan birga toponimlarning, etnonim- laming kelib chiqishi sohasida tadqiqotlar olib borib, toponimlar va etnonimlarning lug‘atlarini tuzgan (bibliografiyaga qarang — S.Ataniyazov). Turkman geografik atamalarini yig‘ish va izohlash borasida M.Geldixanov ancha jiddiy ishlami amalga oshirdi.
Qirg‘iziston toponimikasining yutuqlari geograflardan S.Umurzoqov, tilshunoslardan Q.Qo‘nqaboev (K.Konkobayev), D.I.Isayev nomlari bilan bog‘liq.
Qardosh Ozarbayjon Respublikasida ham toponimika sohasida katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Toponimlarni va geografik atamalarni yig'ish hamda o'rganish bo'yicha R.M.Yuzbashev, Respublikaning shimoliy rayonlari toponimlarini tadqiq qilishda S.M.MulIazoda, g'arbiy ra- yonlar toponimiyasini o‘rganish bo‘yicha A.A.Aliev, toponimikaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda T.A.Axmedovning xizmatlari katta.
0‘ZBEKIST0N TOPONIMLARINING 0‘RGANILISHI HAQIDA
0‘rta Osiyo va uning geografik nomlari to‘g‘risidagi eng qadimgi ma’lumotlar miloddan awalgi VI-V asrlarda yunon olimlari asarla­rida uchraydi. «Tarix fani otasi» deb nom olgan Gerodot (miloddan awalgi 485-425 yillar) Girkand (Kaspiy) dengizidan sharq tomon- dagi hududni «bepoyon tekislikdan iborat» deb atagan, Araks daryosini (Amudaryoni) tilga olgan.
Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqamayn)ning bostirib ke-




lardagi mahalliy geografik atamalar va toponimlar semantikasining nozik jihatlarini boshqa har qanday mutaxassislardan ko‘ra geograflar yaxshi ilg'ab oladilar deb hisoblaydi.
Moskvalik yirik toponimistlardan biri V.A.Nikonov sobiq Ittifoq- da toponimikaning fan sifatida oyoqqa turishiga katta hissa qo'shdi. Olimning eng yirik toponimik asarlari «Toponimikaga kirish» (Vvede- nie v toponimiku. М.,1965) va «Qisqacha toponimik lug‘at»dir (Kratkiy toponimicheskiy slovar, М., 1966). V.A.Nikonov toponimlar tarix taqozosi ila vujudga keladigan ijtimoiy hodisa ekanligini, geografik nomlarning tarkib topishida suffikslarning — grammatik qo‘shimchalarning (ayniqsa slavyan toponimiyasida) katta o‘rin tu- tishini alohida uqdirdi. U toponimlaming bir-biri bilan bog'liq holda (katta-kichik,eski-yangi, yuqori-past, oq-qora) paydo bo‘lishining gator qonunini
hamda geografik obyektlaming kam uchraydigan xa- rakterli xususiyatlarga qarab nom olishining nisbiy negativlik qonunini kashf etdi (hammayoq qarag‘ayzor bo‘lgan joylarda Qarag‘ayzor toponimining bo‘lishi shu yer uchun xarakterli xususiyat emas).
V.A.Nikonov o'zining toponimik lug‘atida dunyodagi 4 mingga yaqin yirik geografik obyektlar nomlarining kelib chiqishini izohlab bergan.
Moskvalik yirik tilshunos toponimistlardan biri A.V. Superanskayadir. Olima toponimlarga, xususan atoqli otlarga bag'ishlangan ko‘plab asarlar yozgan. Uning geografik nomlar lingvistik qonuniyatlaridan bahs etadigan eng yirik asari «Toponimika nima?» (Chto takoe topo­nimika? М., 1985) kitobidir. Asarda toponimikaning nazariy asoslari bayon etilgan, geografik nomlar tarixidan ma’lumotlar keltirilgan.
Hamdo'stlik tarkibidagi boshqa mamlakatlarda ham toponimikaga katta ahamiyat berib kelinadi. Geograf toponimistlardan V.A.Juchkevich (Belarus) bu sohada ayniqsa katta ishlar qildi. Uning «Umumiy topo­nimika» (Obshaya toponimika) nomli talabalar uchun o‘quv qo‘llanmasi 1965 yildan buyon bir necha marta nashr qilindi. Ukraina toponimitlaridan respublikada urushdan keyingi davrda toponimik tadqiqot tashkilotchisi K.K.Tseluyko, gidronimlarni sinchiklab o‘rgangan AS.Strijak, regional toponimiyani mukammal o'rganishdan tashqari toponimika nazariyasi va metodologiyasining umumiy masa- lalariga alohida ahamiyat bergan Yu.A.Karpenkoning nomlarini aytib o‘tish mumkin.
Qardosh qo‘shni respublikalar toponimistlaridan Tojikistonda Yag‘nob




lishi (miloddan awalgi 334-325 yillar), shuningdek savdo aloqalarining avj olishi qadimgi dunyo olilarining geografik tasawurlarini kengayt- irishga imkon berdi. Aleksandr Baktriya bilan Sug‘diyonada sakkizta shahar, boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra o‘nta shahar qurgan, shulardan Aleksandriya deb atagan (masalan, Aleksandriya Esxata «Chekka Alek- sandriya», — hozirgi Bekobod shahri yaqinida), Kiropol (Tojikiston Respublikasidagi Shahriston dovoni yaqinidagi Shahriston qishlog‘i o‘mida bo'lgan degan fikr bor). Shu bilan birga fotih bir qancha shaharlami, jumladan Marakandni (Samarqandni) vayron qilgan.
Aleksandr Makedonskiyning buyrug'i bilan yozib borilgan mu- kammal kundaliklar ham, uning urushlari tarixiga oid birinchi manbalar ham bizgacha yetib kelmagani boic geografik ma’lumotlarda ko‘p narsalar noma’lum bo‘lib qolayotir.
0‘rta Osiyoning, jumladan 0‘zbekistonning daryolari, tabiiy ge- ografiyasi, shaharlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar miloddan awalgi I asrga kelganda aniq bir tus oladi.
Masalan, qadimgi yunon geografi va tarixchisi, 17 jildlik «Geog­rafiya» asarining muallifi Strabon (miloddan awalgi 64/63-23/24 yillar), tarixchi va yozuvchi, 7 jildlik Aleksandr Makedonskiy yurishlari tarixi muallifi Flaviy Arrian (95-175 yillar), 10 jildlik «Aleksandr Makedonskiy tarixi»ni yozgan Ruf Kurtsiy (I asr), Yaksart (Sir- daryo), Politimet (Zarafshon) haqida ma’lumotlar berganlar. Arrian Sirdaryo bo‘yida sug‘diylarning Vasileyya shahrini tilga olgan. Astro­nom Klavdiy Ptolemey (taxminan 90-160 yillar) 0‘rta Osiyo geog- rafiyasi haqida keng ma’lumotlar berib o‘lka hududlarini, daryolari, shaharlarini tasvirlab yozgan.
Shunday qilib, antik dunyo olimlarining asarlarida 0‘rta Osiyo, jumladan 0‘zbekistonda bir qancha nomlar, chunonchi Girkand dengizi, Araks (Amudaryo), Oks (Oksos — Amudaryo), Xorasmiya (Xorazm) shahri, Qang‘ (Kangxa,Qanguy) davlati, Yaksart (Sird- aryoning eng qadimiy maxalliy nomi), Marakand (Samarqand), Politimet (Zarafshon) va boshqalar tilga olingan.
Milodning VH-asridan e’tiboran arab xalifaligi mamlakatlarida ham fan rivojlana boshladi. Arablar bosib olgan 0‘rta Osiyo ham ana shu xalifalik tarkibida edi. 0‘rta Osiyodagi, awalgi mustaqil bo‘lgan mamlakatlar o‘sha vaqtda o‘z yozuviga ega yuksak madaniyatli davlat- lar edi. Ularda ta’lim tizimi, sug‘orma dexqonchilik rivojlangan, yirik shaharlarda boy kutubxonalar bo‘lgan.





Download 146.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling