1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
LYuMINESSENSIYaNING QO’LLANILIShI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
LYuMINESSENSIYaNING QO’LLANILIShI Noorganik moddalarni lyuminessensiya usuli bilan analiz qilishda organik reagentlarni ishlatish usullari keng tarqalgan. Yetarli darajadagi tanlash (selektivlik) eritmaning kislotalik muhitini o’zgartirish, niqoblovchi agentlar kiritish, ekstraksiya yo’li bilan aniqlanuvchi elementni xalaqit beruvchi komponetlardan ajratish orqali hal qilinadi. Eng ko’p tarqalgan lyuminessent reagentlariga 8-oksixinolin va uning hosilalari, oksiazo va oksimetin birikmalari, polioksiflavonlar, rodamin bo’yoqlari kiradi. 8-oksixinolin Li, Ca, Mg, Ba, Sc, Al, In, Ga kabi 25 dan ko’proq elementlar bilan fluoressensiyalanuvchi xelatlar hosil qiladi. Odatda ekstraksiya yo’li bilan talab qilingan darajadagi tanlashga erishilgandan so’ng, namunaning fluoressensiya spektri olinadi. Buning sababi 8-oksixinolinlarni qo’zg’atuvchi va fluoressensiya spektrlari amalda bir-biridan farq qilmasligidadir. Oksiazo va oksiazometin birikmalari (Shiff asoslari) fluoressent reagentlarning boshqa katta gruppasini tashkil qiladi. Mos ravishda 2,2-oksiazobenzol va salisiliden- 2-aminofenol bu reagentlarning birlamchi birikmalaridir. Bularning ko’pchilik hosilalari Al, Ga, Mg va boshqa elementlar bilan rangsiz komplekslar hosil qiladi va bu hol shu elementlarni aniqlash uchun keng ishlatiladi. Polioksiflavonlar 2-fenil-1,4-benzopirozonning hosilalari hisoblanadi. Ular ko’pincha tabiatda o’simlik pigmentlarining tarkibida uchraydi. Flavonol, 3- oksiflavon, morin, kvarsetinlar ham shu gruppa birikmalariga kiradi. Bularni kuchli kislotali eritmalarda Zr, Hf, Sn, Th, Al va ishqorli eritmalarda Be ni aniqlash uchun qo’llashadi. Rodaminli bo’yoq moddalar yuqori sezgirlikka va selektivlikka ega bo’lgan fluorimetrik reagentlar hisoblanadi. Bularni noorganik analizda ishlatilishi bo’yoq moddasining kationlari bilan yirik anionlardan (tarkibiga aniqlanadigan element ham kiradi tarkib topgan ion assosiatlarining organik muhitda, fazada (ko’pincha benzolda) eruvchanligi, reagent oddiy tuzlarining eruvchanligiga qaraganda katta bo’lishiga asoslangan. Rodaminli bo’yoqlar Au, In, Ga, Hg, B, Te va boshqa elementlarni miqdorini ularni galogenidli asidokomplekslarga o’tkazgandan so’ng aniqlashda ishlatiladi. 92 Nurlanish spektri kompleks hosil qiluvchi metall ionining elektron sathlari orasidagi o’tishlar hisobiga sodir bo’ladigan lyuminessensiyaga xususiy lyuminessensiya deyiladi. Uranil ionining birikmalari xuddi shunday lyuminessensiyaga ega Ligand qanday tabiatga ega bo’lishidan qat’iy nazar (noorganik, organik) bu ionning kompleksiga tegishli nurlanish spektrida (450-650 nm) bir nechta xarakterli polosalar kuzatiladi. Ligand, faqat bu polosalarning intensivliklari orasidagi munosabatga ta’sir ko’rsatadi xolos. Nurlanishni qayd qilish uchun qulay to’lqin uzunligini tanlab olib yuqori selektivlikka erishish mumkin. Uranil ioni birikmalari lyuminessensiyasi kvant chiqishining katta qiymatlari (ko’pincha 1 ) va 200-300 nm oraliqdagi yorug’lik nurlarini yetarli darajada ko’p yutishi, uranni to 10 -4 mkg/ml gacha aniqlash imkonini beradi. Uranni aniqlash uchun 2 2 UO ning Na 3 P 3 O 9 , HF, H 3 SO 4 bilan hosil qilgan eritmalarining lyuminessensiyasidan foydalaniladi. Noorganik birikmalarni aniqlashning fotolyuminessensiya usullari o’zining sezgirligiga ko’ra atom spektroskopik usullari bilan teng va ba’zida ulardan ham ustun. Lyuminessent asboblarning narxi ham boshqa optik asboblarnikiga qaraganda ancha kam. Lekin talab qilingan selektivlikka doim ham erishilavermaydi. Xususiy lyuminessensiyaga asoslangan usullar yuqori selektivlikka ega, lekin, bunday nurlanishga ega bo’lgan elementlar soni cheklangandir. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling