1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
Levshin qoidasi. Yutilish va fluoressensiya polosalarining shakli
0 S va 1 S holatlardagi tebranish sathlarining qanday taqsimlanganligi bilan aniqlanadi. Ko’pincha bunday taqsimlanish ikkala holat uchun ham bir xil bo’ladi va shuning uchun ham, chiqarish spektri yutilish spektriga simmetrikdir (6.4-rasm). Bu qoidaga ko’zgu simmetriyasi yoki Levshin qoidasi deyiladi. Bu qoidaga ko’ra, chastotaning funksiyasi sifatida tasvirlangan normalangan (ya’ni, amplitudasi bo’yicha bir xil maksimumga keltirilgan) yutilish va fluoressensiya spektrlari, ularning konturlari kesishgan nuqtadan chastotalar o’qiga (absissa o’qiga) perpendikulyar qilib o’tkazilgan chiziqqa nisbatan, bir-biriga xuddi ko’zgudagidek simmetrik joylashadi. 0 0,5 1,0 1,5 -5 1 2 500 540 580 -12 , c -1 I/ 0 6.4-rasm. Asetonda eritilgan rodamin 6J moddasining elektron yutilish spektri ) ( f (2) va fluoressensiya ) ( / f I (1) spektrlarining oyna simmetriyasi Konturlar kesishgan nuqtaga mos keluvchi chastota 0 faqat (haqiqiy) elektron o’tishning (qo’zg’algan holatning nolinchi tebranish sathidan asosiy holatning nolinchi tebranish sathiga) chastotasi sifatida talqin qilinishi mumkin. Ko’zgu simmetriyasi qoidasi quyidagi ko’rinishda yozilishi mumkin. 0 2 fl a (6.2) bu yerda a va fl - yutilish va chiqarish spektrlarining simmetrik chastotalari. Ko’zgu simmetriyasi qoidasi murakkab molekulalar uchun xarakterli bo’lib, oddiy molekulalarning spektrlarida kuzatilmaydi. Bu hodisa elektron qo’zg’atish natijasida molekula geometriyasining kam o’zgarishi, asosiy va qo’zg’algan elektron holatlarga tegishli tebranish sathlari orasidagi masofalarning va ular orasidagi o’tish ehtimolining bir-biriga yaqin ekanligi bilan tushuntiriladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling