1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
LYuMINESSENSIYaNING KVANT ChIQIShI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lyuminessensiyaning intensivligi va lyuminoforning konsentrasiyasi.
LYuMINESSENSIYaNING KVANT ChIQIShI
Lyuminessensiya intensivligining qo’zg’atuvchi yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqligi lyuminessensiya qo’zg’atish spektri deyiladi. Nurlanish (fluoressensiya, fosforessensiya) intensivligining uning to’lqin uzunligiga bog’liqligiga lyuminessensiya spektri deyiladi. Molekulyar lyuminessensiyaning so’nishi 89 eksponensial qonun bo’yicha sodir bo’lgani uchun, lyuminessensiyaning yashash vaqti deb nurlanish intensivligining ye marta kamayishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Lyuminessensiyalanuvchi, ya’ni lyuminofor molekulasining muhim xarakteristikalaridan biri uning kvant chiqishidir ( k ). Lyuminessensiyaning kvant chiqishi deb chiqarilgan kvantlar sonining e N yutilgan kvantlar soniga a N nisbatiga aytiladi. Fluoressensiya uchun vaqt birligi ichida kvant chiqish a e k N N (6.3) Lyuminessensiyaning intensivligi va lyuminoforning konsentrasiyasi. Agar lyuminessensiya intensivligini, lyuminofor tomonidan vaqt birligi ichida, birlik hajmdan chiqarilgan kvantlar soni orqali ifodalasak, yorug’lik yutilishining asosiy qonuniga va lyuminessensiya kvant chiqishining aniqlanishiga ko’ra, lyuminessensiya intensivligining eritmadagi lyuminofor konsentrasiyasiga bog’liqligi quyidagi formula orqali ifodalanadi ) 10 1 ( ) 1 ( 0 0 klc k k I T I I (6.4) Bu yerda 0 I qo’zg’atuvchi nurlanishning intensivligi (vaqt birligi ichida lyuminofor eritmasining hajm birligiga tushuvchi qo’zg’atuvchi kvantlar soni); T qo’zg’atuvchi kvantlarning to’lqin uzunligida lyuminoforning o’tkazishi; k qo’zg’atuvchi nurlanishning to’lqin uzunligida lyuminoforning yutish koeffisiyenti. Agar lyuminofor tomonidan yutilgan qo’zg’atuvchi nurlanishning ulushi kichik ( 05 , 0 klc ) bo’lsa, yuqoridagi formula soddalashadi: klc I I k 0 303 , 2 (6.4) Shunday qilib lyuminessensiyaning intensivligi, lyuminessensiya kvant chiqishiga, qo’zg’atuvchi nurlanishning quvvatiga, namunaning nur yutish koeffisiyentiga va lyuminoforning konsentrasiyasiga proporsional bo’ladi. (6.4) formula miqdoriy lyuminessent analizning matematik asosi hisoblanadi. Lyuminessensiya intensivligini lyuminofor konsentrasiyasiga bog’liqligining chiziqli xarakteri, ko’pincha konsentrasiyaning uch-to’rt tartib qiymatigacha saqlanadi. Bir qator sabablarga ko’ra chiziqli bog’lanishdan chetlanish kuzatiladi: 05 , 0 klc munosabatning bajarilmasligiga ko’ra; konsentrasiya chiziqli bog’lanishining yuqori qismini M 4 10 darajada cheklovchi konsentrasion so’nish hodisasiga ko’ra; ichki filtr va o’zi chiqargan nurlarni o’zi tomonidan yutilish hodisalariga ko’ra. Ichki filtr hodisasi lyuminofor qatlami orqali o’tish vaqtida, qo’zg’atuvchi nurlanishning bir qismini yutilishi bilan bog’liq. O’zi chiqargan nurlarni o’zi tomonidan yutilishi deganda, lyuminessensiya nurlanishining bir qismini lyuminofor tomonidan yutilishi tushuniladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling