1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
z
B maydon kattaligiga to’g’ri proporsionaldir. Shuning uchun ham, YaMR spektrometrlarida ishlatiladigan doimiy magnit maydonlarining kattaligi 0,6 - 12,0 Tl oraliqda bo’lishini e’tiborga olsak, spektrometrning ish sharoitiga bog’liq bo’lgan kattaliklardan foydalanishning noqulayligi yaqqol ko’rinadi. Agar, kimyoviy siljishlarni qo’llanilgan magnit maydonining yoki qo’zg’atish manbai elektromagnit to’lqinlari chastotasining nisbiy ulushlarida ifodalasak yuqorida aytilgan noqulayliklar bartaraf bo’ladi. 99 6.3-rasm. Metil spirti metil va gidroksil gruppalarining vodorod yadrolariga tegishli energetik sathlarining doimiy magnit maydonining kattaligiga bog’liq ravishda o’zgarishi. Rasmning pastki qismida metil spirtining proton YaMR spektri keltirilgan. Metil spirti uchun 100 MGs chastotada o’lchangan kimyoviy siljish =1,39 Gs bunday birliklarda, qo’llanilgan magnit maydonining milliondan bir ulushini 1,39 baravariga tengdir, ya’ni =1,39*10 -6 yoki 1,39 mln -1 ga tengdir. Agar, endi shu namunaning spektri kuchlanganligi ikki baravar katta bo’lgan maydonda va mos ravishda ikki marta katta chastotada olinsa, u holda, ikki chiziq orasidagi kimyoviy siljishni gerslarda va mikroteslalarda o’lchangan qiymatlari ham (4.17) tenglamaga asosan ikki marta ko’payadi lekin, kimyoviy siljish bu holda ham 1,39 mln -1 ga tengligicha qolaveradi. Kimyoviy siljishning kattaligini yalang’och vodorod yadrosi spektr chizig’ining o’rnidan boshlab hisoblash tabiiy bo’lar edi, chunki bunday proton uchun ekranlanganlik doimiysi 0 . Lekin, bunday etalonni, amalda olish mumkin bo’lmaganligi uchun, etalon sifatida biror standart moddani tanlash qulaydir. Boshqa modddalar molekulasining tarkibiga kiruvchi vodorod atomlari yadrolarining spektr chiziqlarini o’rnini shu etalon moddaning spektr chizig’idan boshlab, qo’llanilgan magnit maydonining milliondan bir ulushlarida o’lchaniladi. Hozirgi vaqtda proton rezonansi uchun etalon sifatida asosan tetrametilsilan (TMS) Si(CH 3 ) 4 ishlatiladi. Майдон булмаганда Майдон индукцияси ортаяпти O CH E = 100 CH O 0 2 4 O CH 3 100 Etalon sifatida TMS boshqa moddalarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: 1) Uning rezonans chizig’i juda ingichka va intensiv, chunki, vodorod atomi yadrolarining hammasi ya’ni 12 tasi ham ekvivalentdir (hammasining atrofidagi elektron bulutning zichligi bir xildir), shuning uchun ham, ularning hammasi bitta chastotadagi magnit energiyasini yutadi. 2) Uning rezonans chizig’i, hamma organik moddalar molekulalaridagi vodorod atomlari yadrolarining rezonans chiziqlariga nisbatan spektrning kuchli maydonli qismida ko’rinadi (ya’ni, TMS ning qiymati katta), shuning uchun ham, TMS ga tegishli chiziq juda oson topiladi. 3) TMS ning qaynash temperaturasi juda past bo’lganligi uchun (27 0 S) ishlatilganidan so’ng uni qariyb hamma namunalardan oson bug’lantirib chiqarib yuborish mumkin. Shunday qilib, agar, namunaga besh foizga yaqin TMS qo’shilsa to’liq YaMR spektrining kuchli maydonli qismida joylashgan TMS ning rezonans chizig’i juda oson topiladi. U orqali spektr kalibrovka qilinadi va boshqa molekulyar gruppalarning kimyoviy siljishi unga nisbatan o’lchaniladi. YaMR spektrlarini shunday tasvirlash qabul qilinganki bunda magnit maydonining kattaligi chapdan o’ngga qarab oshsin, bunday holda, TMS ning chizig’i spektrning o’ng chekkasida joylashgan bo’ladi. 6.4 - rasm Bir qator oddiy molekulalar va funksional gruppalar proton rezonans chiziqlari kimyoviy siljishining va -shkalalardagi xarakterli qiymatlari. Qandaydir atom bilan, masalan uglerod atomi bilan bog’langan vodorod atomi yadrosiga tegishli spektr chiziqning o’rni shu uglerod atomi bilan bog’liq bo’lgan boshqa atomlarning tabiatiga ham bog’liqdir (6.4 - rasmga va 6.1 - jadvalga qarang). Hozir aytilganlarni va ilgari ta’kidlab o’tilgan rezonans chiziqlari bilan chegaralangan maydonning yuzasi shu chiziqni hosil qilayotgan vodorod yadrolarining soniga to’g’ri proporsional ekanligini hisobga olib ishonch bilan aytish mumkinki, YaMR usuli organik kimyoda, molekulyar gruppalarni sifat va miqdoriy tahlil qilishda qulay vosita bo’lib xizmat qiladi. Har xil yadrolar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni hisobga olish esa YaMR usulini molekulalarning tuzilishini o’rganish uchun qo’llashga imkon beradi. 6.1 - jadval. Kimyoviy siljishlarning xarakterli qiymatlari. 11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 0 -1 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 H 2 SiH 4 PH 3 NH 3 C H O C CH 2 CH 2 O CH 3 O C C H H 2 C O CH 3 H 2 C C CH 3 CH 4 ( ) COOH -3 101 Rezonans chiziqlarining o’rni -shkalada keltirilgan, o’lchash aniqligi 0.5 (), (*) yulduzcha bilan belgilangan chiziqlar uchun aniqlik 3.0 (). R-to’yingan alkil gruppani bildiradi, Ph—C 6 H 5 , fenil gruppasini bildiradi. guruh , m.b.u. guruh , m.b.u. RCOOH RCHO PhH =C-H-R =C-H-H -CH 2 OCOR CH 3 OCOPh 11,5 10 7,3 5,3 5,0 4,2 4,0 CH 3 OCOOR -CH 2 OR CH 3 OR -CH 2 COR =-CH CH 3 COR C-CH 2 -C C-CH 3 3,7 3,5 3,3 2,4 2,2 2,1 1,5 0,9 YaMR spektrometrining ishlash prinsipi va spektrlarni olish bo’yicha o’tkaziladigan tajriba Qattiq jismlarda va suyuqliklarda magnit yadrolari energetik holatlar bo’yicha taqsimlangan bo’ladi. Masalan, tarkibida vodorod atomlari bo’lgan moddaning namunasidagi ko’p sondagi protonlar Bolsmanning taqsimlanish qonuniga binoan qo’zg’algan va asosiy energetik holatlarga taqsimlangan bo’ladi. Qaralayotgan hol uchun energiyalar farqi E juda kichikdir, shuning uchun ham, sistemaning asosiy, qo’zg’almagan holatdagi yadrolar soni qo’zg’algan holatdagi yadrolar sonidan kam farq qiladi ( Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling