1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2- rasm. Etanolning ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan YaMR spektri (ayni nusxasi) 7.3- rasm. Spin-spin ta’sirning doimiysi yordamida 7.2 - rasmda keltirilgan
13. MA`RUZA.
SPIN-SPIN TA’SIR NATIJASIDA MAGNIT ENERGETIK SATHLARINING AJRALIShI VA BU HODISANING SPEKTRGA TA’SIRI. Ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan YaMR spektrlarini tadqiq qilishda ko’pincha, bu chiziqlarning sezilarli nozik tuzilishini kuzatish mumkin. Quyidagi suratlarda keltirilgan YaMR spektrlarini solishtirib ajratib ko’rsatishi yuqori va past bo’lgan spektrlarni farqini oson bilish mumkin. Yuqoridagi rasmda etanolning CH 2 gruppasi protonlarini CH 3 gruppasiga nisbatan kimyoviy siljishi simvoli bilan belgilangan. Odatda, yutilish polosalarining markazlaridan o’lchaniladi. Etanolning CH 2 va CH 3 gruppalariga tegishli polosalarning nozik tuzilishi, magnit energetik sathlarining spin-spin ta’sir natijasida ajralishi hodisasi hisobiga paydo bo’ladi. Polosani ajralishi hisobiga hosil bo’lgan chiziqlar orasidagi masofaga spin-spin ta’sirning doimiysi deyiladi va u J harfi bilan belgilanadi. Bu kattalik, odatda, gerslarda ifodalanadi. Oldin aytib o’tilganidek kattalik qo’llanilgan doimiy magnit maydonining kuchlanganligiga bog’liq bo’ladi, lekin, gerslarda ifodalangan spin-spin ta’sirning doimiysi magnit maydonining kuchlanganligiga bog’liq emas. - -CH 2 -CH 3 7.1 - расм. Этил спиртининг ажратиб кўрсатиши паст бўлган протон ЯМР спектри 105 7.2- rasm. Etanolning ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan YaMR spektri (ayni nusxasi) 7.3- rasm. Spin-spin ta’sirning doimiysi yordamida 7.2 - rasmda keltirilgan spektrni talqin qilish, «o’qish». Spektrni nozik tuzilishini paydo bo’lishi va J ning magnit maydoni kuchlanganligiga bog’liq bo’lmasligini sababini H-D molekulasining spektrini o’rganish orqali tushunib olish mumkin. Agar, qandaydir mexanizm yordamida, protonning magnit momenti deyteronga ta’sir qilsa u holda, magnit maydonining kuch chiziqlari atrofida aylanma (presessiya) harakat qilayotgan deyteron joylashgan nuqtadagi magnit maydonining kuchlanganligi, unga qo’shni bo’lgan vodorod yadrosining magnit kvant soniga bog’liqdir. Agar, protonning spini +1/2 bo’lsa uning magnit momenti doimiy magnit maydonining yo’nalishi bo’ylab yo’nalgan bo’ladi va deyteronga ta’sir qilayotgan maydon, o’rnatilgan doimiy magnit maydoni hamda qo’shni proton hosil qilgan magnit maydonining yig’indisidan iborat bo’ladi. Shunday qilib, bunday molekulada deyteriy yadrosi uchun rezonans sharti vodorod yadrosining magnit kvant soni -1/2 bo’lgan molekuladagi deyteriy yadrosiga qaraganda doimiy magnit maydonining kichikroq kuchlanganliklarida bajariladi. Vodorod yadrosining magnit kvant soni -1/2 bo’lgan H-D molekulada protonni magnit momentini yo’nalishi doimiy magnit maydonining yo’nalishiga teskari bo’ladi va deyteriy joylashgan nuqtadagi magnit maydonining kuchlanganligi bu ikkala maydonning ayirmasidan iborat bo’ladi. ); 2 / 1 )( ( 0 H D B ) 2 / 1 )( ( 0 H D B Bunday molekulalardagi deyteriy yadrosi uchun rezonans shartini bajarilishi uchun, doimiy maydon kuchlanganligini ko’paytirishga to’g’ri keladi. Deyteriy yadrosi uchun olinishi kerak bo’lgan hisoblangan spektr 7.4.a.- rasmda keltirilgan. 7.4 - rasm. HD molekulasining olinishi kerak bo’lgan spektrlari: a - deyteriy yadrosini va b - vodorod atomi yadrosining signallari. J C-H-C- J C-H-C- J C-H-O- J C-H-O- J Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling