1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Molekulyar lyuminessensiyaning asosiy qonuniyatlari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Molekulyar lyuminessensiyaning asosiy qonuniyatlari. 
Kasha qoidasi. Bu qoida, to’lqin uzunligi har xil bo’lgan nurlar bilan 
qo’zg’atilganda hosil bo’ladigan lyuminessensiya (fluoressensiya, fosforessensiya) 
spektrlarining shakliga tegishli. Lyuminessensiya kvantlarining chiqishi, doimo 
molekulaning eng quyi qo’zg’algan elektron holatidan asosiy holatiga o’tishlar 
natijasida sodir bo’lganligi uchun, elektron, fotonni yutish natijasida qaysi energetik 
sathga o’tishidan qat’iy nazar, lyuminessensiya spektri har doim bir xil bo’ladi. Bu 
esa o’z navbatida, lyuminessensiya spektrining shakli qo’zg’atuvchi nurlanishning 
to’lqin uzunligiga bog’liq emasligini bildiradi. 
Stoks-Lommel qonuni. Yuqorida aytilganidek, xona temperaturasida yutilish 
asosan, asosiy 
0
S
elektron holatning quyi (nolinchi) tebranish sathida, nur chiqarish 
esa birinchi qo’zg’atilgan 
1
S
elektron holatning quyi (nolinchi) tebranish sathida sodir 
bo’ladi. Shuning uchun, faqat bitta (0 
 0 o’tish) o’tish, ham yutishda, ham nur 
chiqarishda bir xil energiyaga, boshqa elektron-tebranish o’tishlar esa yutilish 
spektrida, fluoressensiya spektrlaridagi o’tishlarga qaraganda katta energiyaga ega 
bo’ladi. Shuning uchun lyuminessensiya spektri va uning maksimumi, yutilish spektri 
va uning maksimumiga qaraganda, doimo spektrning uzun to’lqinli qismiga qarab 
siljigan bo’ladi (6.3-rasm). Bu hodisaning sababi, yutilgan kvantlar energiyasining bir 
qismi molekulaning ichki, ya’ni issiqlik energiyasiga aylanganligidadir. Bu qonun, 
uni birinchi bo’lib ochganlar sharafiga Stoks-Lommel qonuni deb ataladi va u, o’z 
mohiyati jihatidan lyuminessensiya jarayonlari uchun energiyaning saqlanish 
qonunining tatbiqi hisoblanadi. 


88
Q
h
h
lyu
yutish


min


(6.1) 
Bu yerda 

yutish
h

molekula tomonidan yutilgan qo’zg’atuvchi yorug’lik 
fotonining energiyasi, 

min
lyu
h

lyuminessensiya fotonining energiyasi, 

Q
molekula 
issiqlik harakatining energiyasi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling