1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


MA`RUZA. Molekulyar lyuminessensiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

9 MA`RUZA. Molekulyar lyuminessensiya. 
1. Reja: Lyuminessensiyaning turlari. Lyuminessensiya spektrlarining hosil 
bo’lish mexanizmlari. Asosiy qonuniyatlari: Kasha qoidasi, Stoks-Lommel qonuni, 
Levshin qoidasi (ko’zgu simmetriyasi). Vavilov qonuni. Xemilyuminessensiya. 
Lyuminessensiyaning qo’llanilishi. 
MOLEKULYaR LYuMINESSENSIYa 
Qattiq qizdirilgan hamma moddalar, o’zidan ma’lum energiyaga ega bo’lgan 
elektromagnit nurlar chiqara boshlaydi. Qizdirilgan moddalarning o’zidan nur 
chiqarishiga issiqlik muvozanati holatidagi nurlanish deyiladi. Ammo ba’zi moddalar 
qizdirilmagan holatda, ya’ni xona temperaturasida ham o’zidan elektromagnit nur 
chiqaradi. Bunday nurlanishga lyuminessensiya deyiladi, lyuminessensiyalanadigan 
moddalar esa lyuminoforlar deb ataladi. Issiqlik nurlanishidan farqli, lyuminessensiya 
turg’un bo’lmagan nurlanishga kiradi.
Lyuminessensiya usullari fluoressensiya, fosforessensiya va 
xemilyuminessensiya kabi uchta hodisaga asoslangan. Bu uchala usulning mohiyati 
molekula qo’zg’algan holatdan asosiy holatga o’tganda chiqaradigan nurlanish 
spektrlarini o’lchashdan iborat. 
Lyuminessensiya hodisasini aniqlovchi juda ko’p ta’riflar bor. Bularning 
orasida, bu hodisaning mohiyatini aniqlaydigan eng maqbuli V.L.Levshin tomonidan 
berilgan ta’rifdir. Levshinga ko’ra «lyuminessensiya - atomlar, molekulalar, ionlar va 
boshqa murakkab komplekslarning, elektron o’tishlar natijasida qo’zg’algan holatdan 
normal holatga qaytganda o’zidan nur chiqarishidir». 
Bundan ko’rinib turibdiki, lyuminessensiyani qo’zg’atish uchun zarrachalarga 
tashqaridan energiya uzatish kerak, chunki u, nur chiqarish jarayoniga sarflanadi. 
Shuning uchun ham, lyuminessensiyani tashqi qo’zg’atish manbalariga qarab turlarga 
bo’lish tabiiydir (6.1-jadval). 
6.1 – jadval. Qo’zg’atish tarziga qarab lyuminessensiya usullarini turlarga bo’lish 
Qo’zg’atish manbai 
Lyuminessensiya turi 
Spektrning ko’rinuvchi va ultrabinafsha 
qismlariga to’g’ri keluvchi elektromagnit 
nurlar 
elektronlar oqimi (katod nurlari) 
ishqoriy metallar ionlarining oqimi 
rentgen nurlari 
radioaktiv nurlar 
issiqlik energiyasi 
ultratovush 
mexanik ta’sir 
kimyoviy reaksiyalarning energiyasi 
Fotolyuminessensiya 
Katodolyuminessensiya 
Ionolyuminessensiya 
Rentgenolyuminessensiya 
Radiolyuminessensiya 
termo- yoki kandolyumi-
ya 
sonolyuminessensiya 
tribolyuminessensiya 
xemilyuminessensiya 


84
Analitik kimyoda fotolyuminessensiya va xemilyuminessensiya usullari eng 
ko’p ishlatiladi. 
Lyuminessensiya usulining sezgirligi molekulyar yutilish usulinikiga qaraganda 
juda sezgir. Buning sababi lyuminessensiya usulining, nurlanish manbai 
intensivligining ortishi bilan, chiqish signalining kattaligi oshadigan, kuchga bog’liq 
bo’lgan usullar jumlasiga kirishidir. Lyuminessensiya usuli bilan aniqlanadigan 
ko’pchilik moddalar uchun, aniqlash chegarasi 10
-3
mkg/ml dan oshmaydi. Eslatib 
o’tamiz, yutilish spektroskopiyasida bu kattalik bir-ikki tartib (10 - 100 marta) past. 
Ammo fluoressensiyalanuvchi, fosforessensiyalanuvchi yoki 
lyuminessensiyalanuvchi moddalarning soni cheklangan.
Ideal sharoitlarda (lyuminessensiya kvant chiqishi va yutilishning molyar 
koeffisiyentini yuqori qiymatlarida, tajriba natijalarini yaxshilash uchun kiritiladigan 
tuzatishlarning yo’qligi va hokazo), hatto qo’zg’atish manbai sifatida oddiy lampani 
qo’llab ham, aniqlash chegarasini pikogramm/millilitrgacha kamaytirish mumkin. 
Qo’zg’atish manbai sifatida lazer, kuzatish uchun esa fluoressent mikroskop 
ishlatilgan maxsus tajribada, diametri 10 mkm bo’lgan alohida kremnozem 
zarrachasiga shimdirilgan rodamin 6J ning 8000 ta bo’yoq molekulasini (
 6
*
10
-18
g.) 
aniqlashga erishilgan. 
Aniqlashning yuqori sezgirligi, bir qator hollarda aniqlanadigan modda 
miqdorining katta oraliqda (ba’zida konsentrasiyaning to’rtinchi tartibli 
qiymatigacha) o’zgarishi va shunday sharoitlarda analiz natijalarini xuddi yutilish 
spektroskopiyasidagidek takrorlanishi, lyuminessent analiz usulining rivojlanishini va 
keng qo’llanilishini ta’minladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling