1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


FOTOMETRIK REAGENTLARNING KESKINLIGI


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

FOTOMETRIK REAGENTLARNING KESKINLIGI 
 
Ionlarni fotometrik usulda aniqlash uchun organik reagentni tanlashda u yoki 
bu omillarni hisobga olish kerak. Shulardan biri reagentning va aniqlanadigan ion 
bilan u hosil qilgan kompleksning spektral kattaliklari (xarakteristikasi) hisoblanadi. 
Yuqorida aytilganidek, yutilish polosalarining yoyiqligi ularning yarim kengligi bilan 
xarakterlanadi. Bu kattalik qancha kichik bo’lsa, boshqa ionlar ham erigan eritmada 
ularning bittasini spektroskopik aniqlash uchun kerakli to’lqin uzunligidagi nurni 
tanlash oson bo’ladi. Boshqa tomondan esa, reagent va kompleksga tegishli yutilish 
polosalarining maksimumlari orasidagi farq qancha katta bo’lsa, natija shuncha 
ishonchli bo’ladi (5.1 - rasm).
A
, нм
1
2

5.1-rasm. Reaktivning (1) va kompleksning (2) yutilish polosalari 


77
Bu farq 100 nm atrofida bo’lgan reagent fotometrik aniqlash uchun qanoatlanarli 
hisoblanadi. Har xil reagentlar uchun bu farq har xil va u, reagent va erituvchining 
xossalariga bog’liq. Ma’lumki, ROH tipidagi reagentlarning gidroksil gruppasi 
protonini tortib olish imkonini yaratadigan erituvchilarni tanlash yo’li bilan, ularning 
fotometrik reaksiyani keskinlashtirish qobiliyatini kuchaytirish mumkin. Bunday 
erituvchilar sifatida yetarli darajada kuchli proton-akseptorlik xossasiga ega bo’lgan 
dimetilformamid va dimetilsulfooksiddan foydalanish mumkin. Quyidagi rasmlarda 
(5.2 - rasm) tarkibida har xil miqdorda kislota yoki ishqor bo’lgan fenilfluoronning 
suvdagi (a) va dimetilsulfoksiddagi (b) eritmalarining elektron yutilish spektrlari aks 
ettirilgan.
5.2 - rasm. Fenilfluoronning suvli (a) va dimetilsulfoksidli (b) eritmalarining yutilish 
spektrlari: 1 – HCl ning konsentirlangan eritmasi; 2 – pH = 5.85; 3 – pH = 7.30; 4 – 
pH = 8.75; 5 – nordon muhit; 6 – NaOH ning 8*10
-5
M eritmasi; 7 – OH ning 8*10
-3
M eritmasi 
Bu yerda masala, reagentning ion shakliga tegishli yutilish polosasining 
maksimumini spektrning uzun to’lqinli qismiga imkon boricha ko’p siljitishdan 
iboratdir. Rasmlardan ko’rinib turibdiki, suvli eritmalarda polosa maksimumini eng 
katta siljishi 515 – 465 = 50 nm bo’lgan holda, dimetilsulfoksidli eritmalarda bu farq 
600 – 480 = 120 nm gacha boradi. Spektral oraliqning bunday kengayishi, 
fenilfluoranni reaksiyani keskinlashtirish imkoniyati to’liqroq ishlatilganligidan 
dalolat beradi. 
Rangli reaksiyalar keskinligini oshirishning ikkinchi yo’li, reagent molekulasiga 
qulay bo’lgan o’rinbosarni kiritishdan iborat. Masalan, alizarin molekulasiga uning 
spektral xarakteristikasini yomonlashtirmasdan nitrogruppani kiritish mumkin. Agar 
3-nitro va 4-nitroalizarinlarni olsak, ularning protonsizlangan shakllariga tegishli 
yutilish polosalarining maksimumlari, alizarin polosasiga qaraganda spektrning uzun 
to’lqinli qismiga qarab ancha siljigan bo’ladi. Ularning metallar bilan hosil qilgan 
komplekslariga tegishli yutilish polosalari ham, bir muncha kamroq bo’lsada, 
spektrning uzun to’lqinli qismiga qarab siljiydi (5.3 - rasm). Bu natijadan rangli 
reaksiyaning keskinligi yaxshilanganini ko’rish mumkin. 
1,6
1,0
0,5
0
450 550 650
7
6
5
20
15
10
5
0
450 500 550
2
3
4
1
2
3
4
 10
-3
а
А
б 
, нм 
, нм


78
5.3 - rasm. 3 – nitroalizarin (a) va 4 – nitroalizarinlarning 50% li etil spirtidagi 
eritmalarining yutilish spektrlari; titan (IV) 3-nitroalizarin (v), 4-nitroalizarin (g) va 
alizarin (d) bilan. a va b: 1 – reagent 5 M li HCl eritmasida; 2 – reagent 5 M li KOH 
eritmasida; v (pH
opt
= 2,32), g (pH
opt
= 3,50) va d (pH
opt
= 4,46): 1 – reagent; 2 – 
kompleks titan (IV) bilan.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling