1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

FOTOMETRIK ANALIZ 
FOTOMETRIK REAKSIYaLAR 
Ko’pincha spektrofotometrik analizlar o’tkazish uchun moddaga rang beruvchi 
yoki aksincha, uni rangsizlantiruvchi (onda-sonda) kimyoviy reaksiyalar o’tkazishga 
to’g’ri keladi. Bunday reaksiyalar fotometrik (rangli) reaksiyalar deyiladi. Quyidagi 
hollarda fotometrik reaksiyalar o’tkaziladi: 
Aniqlanuvchi komponent rangsiz yoki yorug’likni kam yutganda; 
Aniqlanuvchi va begona komponentlarga tegishli polosalar bir-birini qoplaganda 
(bir-birini ustiga tushganda); 
Aniqlanuvchi komponent turli xil kimyoviy shakllarda qatnashganda. 
Elementlarni, birinchi navbatda metallarni spektrofotometrik aniqlashlarda 
deyarli hamma vaqt fotometrik reaksiyalar o’tkaziladi. Bunday reaksiyalar natijasida 
aniqlanuvchi komponent, ko’pchilik hollarda organik birikmalar yoki ba’zi hollarda 
noorganik ligandlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Organik moddalarni 
aniqlaganda esa rangli birikmalarni (azobirikmalar, polimetin va xinonim kabi 
bo’yoq moddalar) sintez qilishga murojaat etishadi. Analitik kimyoda ishlatiladigan 
boshqa har qanday reaksiyalar kabi fotometrik reaksiyalar ham, ularning ximizmidagi 
farqlarga qaramasdan ma’lum nisbatda va ajratish (tanlash) qobiliyatiga ega bo’lishi 
va tez sodir bo’lishi kerak. Bundan tashqari fotometrik reaksiya maxsulotlari 
tomonidan yorug’likning yutilishi, yaxshi takrorlanuvchi va vaqt bo’yicha doimiy 
bo’lishi kerak. Aniqlanayotgan modda uchun konsentrasiyaning keng oralig’ida 
Buger-Ber-Lambert qonunining bajarilishi juda muhim. Agar reagent rangli bo’lsa, 
yana bitta shart qo’shiladi: fotometrik reaksiya yuqori keskinlikka (kontrastlikka) ega 
bo’lishi kerak, ya’ni eritmani rangga bo’yovchi reagent va reaksiya maxsulotining 
yutilish polosalari bir birini qoplamasligi kerak. 
Fotometrik reaksiyalar orqali moddani aniqlash bevosita va bilvosita usullarga 
bo’linadi. Bevosita spektrofotometrik aniqlash, aniqlanuvchi moddani rangli 
birikmaga o’tkazish va keyin uning nur yutishini o’lchash orqali amalga oshiriladi.
Fe
3+
-
O, S
OH
C
OH
O
+
-
O, S
H
O
C
O
Fe
3+
O
+
H
+
2Mn
2+
+5S
2
O
8
2-
+8H
2
O
Ar
+
, кат 2MnO
4
-
+10SO
4
2-
+16H
+
Aniqlanuvchi reagent rangli 


74
modda birikma 
Bilvosita aniqlashlar uchun aniqlanuvchi modda bilan o’zaro ta’sir natijasida 
parchalanadigan (bunday holda aniqlanuvchi moddaning miqdori yordamchi 
moddaning nur yutishini kamayishiga ko’ra aniqlanadi) 
F
-
+
O
O
SO
3
-
O
O
H
Al
3+
+ H
2
O
O
O
SO
3
-
O
O
H
H
OH
-
+
+ AlF
2+
Aniqlanuvchi yordamchi reaksiyaning rangsiz 
maxsulotlari 
modda rangli modda 
yoki yangi rangli birikma hosil qiluvchi yordamchi rangli moddalar ishlatiladi: 
2Cl
-
+
Ar
2
CrO
4 тв
=
2ArCl
тв
+
CrO
4
2-
Aniqlanuvchi yordamchi
rangli 
modda modda
birikma 
Bilvosita usullarda rangli birikmaning tarkibida aniqlanuvchi modda bo’lmaydi. 
Fotometrik reaksiyalar aniqlanuvchi moddani rangli birikmaga to’liq o’tkazishni 
ta’minlaydigan sharoitlarda o’tkazilishi kerak. Eritmaning rN i, reagentlarning 
konsentrasiyasi, reaksiya vaqti va temperatura muhim shart sharoitlarga kiradi. 
Noorganik va organik moddalarni aniqlashga bag’ishlangan ko’plab reaksiyalar 
mavjud. Fotometrik reaksiyalar tanlashda o’lchashning sezgirligi va selektivligi kabi 
ko’rsatgichlar hisobga olinishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, fotometrik aniqlash usullari uch xil reaksiyaga 
asoslangan. 
1. X + R 
XR (bevosita usul) 
bu yerda X - aniqlanayotgan ion, R - XR birikmani elektromagnit nur yutishini 
ta’minlaydigan kimyoviy modda, XR - elektromagnit nur yutuvchi birikma. 
2. MR + Y 
MY (bilvosita usul)
Y - aniqlanishi kerak bo’lgan ion, MR - elektromagnit nur yutuvchi birikma. 
3. X + R
 XR (bilvosita usul) 
X - aniqlanayotgan ion, XR - erimaydigan birikma. 
Amalda hamma elementlarni aniqlash uchun fotometrik usullar ishlab chiqilgan. 
Bevosita usulda aniqlanayotgan ion va bo’yoq moddasi hosil qilgan 
birikmaning, bilvosita usullarda esa tarkibida aniqlanayotgan ion bo’lmagan 
zarralarning yutilish polosasi o’lchanadi. 
Oxirgi reaksiyada hosil qilingan cho’kma ajratilib eritmaga o’tkaziladi va 
cho’kmani tashkil etuvchilaridan biri fotometrik usul orqali aniqlanadi. Shunday 
qilib, bilvosita usullar elektromagnit nurlarni yutuvchi birikmani buzishga hamda 


75
cho’kma hosil qilish reaksiyalariga va keyin cho’kmani eritib uni bir komponentini 
topishga asoslangan. Albatta, bevosita usullar eng yaxshi natija beradi. Uchinchi 
tipdagi reaksiyaga asoslangan usullar yomon natijalar beradi. Shuning uchun, uni 1 
va 2 xil usullar bo’lmagan holdagina ishlatish kerak. 
Bilvosita usullar ishqoriy metallarni va ko’pchilik metalmaslarni sulfat hamda 
galogenid ionlarni aniqlashda ishlatiladi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling