1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
BUGER-BER-LAMBERT QONUNIDAN ChETLANIShNING SABABLARI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buger – Ber - Lambert qonunidan chetlanishning fizikaviy sabablari.
71 BUGER-BER-LAMBERT QONUNIDAN ChETLANIShNING SABABLARI Yorug’lik yutilishining asosiy qonuniga ko’ra optik zichlik bilan konsentrasiya orasidagi bog’lanish chiziqli xarakterga ega. Bu qonunni bajarilishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarga rioya qilmaslik, chiziqli bog’lanishning buzilishiga olib keladi. Bu qonun monoxromatik nurlar uchun chiqarilgan. Agar optik zichlikni o’lchashda, yorug’likning yetarli darajada keng qismini o’tkazuvchi yorug’lik filtrlaridan foydalanilsa, eritmaning optik zichligi bilan konsentrasiyasi orasidagi to’g’ri proporsionallikdan chetlanish kuzatiladi. Bundan tashqari, Buger – Ber - Lambert qonuni faqat shu holda bajariladiki, qachonki eritmada, moddaning konsentrasiyasi o’zgargani bilan hyech qanday kimyoviy o’zgarish bo’lmasa, ya’ni moddaning yuqori konsentrasiyalarida erigan molekulalar o’rtasida assosiasiya hosil bo’lmasa, shuningdek modda ionlarga dissosiyalanib ketmasa. Shunday qilib, bu qonundan chetlanishning sabablari fizikaviy va kimyoviy bo’lishi mumkin. Buger – Ber - Lambert qonunidan chetlanishning fizikaviy sabablari. Buger - Ber - Lambert qonuni erigan moddaning konsentrasiyasi 0,01mol/l dan kam bo’lgan suyultirilgan eritmalar uchun to’g’ri. Katta konsentrasiyalarda yorug’lik yutuvchi zarrachalar bir-biriga juda yaqin joylashadi. Bu holda har bir zarracha o’ziga qo’shni bo’lgan zarrachadagi zaryad taqsimlanishiga ta’sir qiladi, bu esa o’z navbatida, zarrachani ma’lum to’lqin uzunlikdagi yorug’likni yutish qobiliyatiga ta’sir qiladi va qonundan chetlanish kuzatiladi. Buger – Ber - Lambert qonunidan ancha chetlanish, yorug’lik oqimini yetarli darajada monoxromatik bo’lmaganligi bilan bog’liq. Eritmaning yutilish polosasini ifodalovchi egriligidan ikkita A va B qismlarni ajratamiz (4.5a - rasm). Yutilish polosasini A qismiga to’g’ri keladigan to’lqin uzunliklari yordamida optik zichlikni konsentrasiyaga bog’liqligini o’lchasak to’g’ri proporsional bo’lmaydi, chunki u, polosaning A qismi ichida ko’p o’zgaradi. Yutilish polosasining B qismini ichida kam o’zgaradi va optik zichlikni konsentrasiyaga bog’liqligi amalda to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi (4.5b- rasm). 4.5 - rasm. Yutilishning molyar koeffisiyentini yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqligi (a) va optik zichlikni yutilish polosasining A va B qismlariga kiruvchi to’lqin uzunliklari bilan o’lchagandagi darajalash egriliklari (b). , нм А С А Б а б А полоса Б полоса 72 Optik zichlikni spektrofotometrlar yordamida o’lchaganda, ya’ni monoxromatik yorug’lik ishlatilganda yaxshi natijalar olinadi. Ba’zida (eritmaning konsentrasiyasi katta bo’lgan hollarda) eritmaning sindirish ko’rsatgichi bilan bog’liq bo’lgan juda kichik xatolik bo’ladi. Bu xatoni tuzatish uchun qonun ifodasidagi o’rniga 2 2 ) 2 /( n n kattalikni kiritish kerak. Eritmaning konsentrasiyasi 0,01 mol/l dan kam bo’lgan hollarda odatda, bu xatolik juda kichik va uni hisobga olmasa ham bo’ladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling