1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
YuTILIShNING MOLYaR KOEFFISIYeNTI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
YuTILIShNING MOLYaR KOEFFISIYeNTI Agar (4.3) tenglamada konsentrasiya C yorug’lik yutuvchi moddaning 1 l eritmadagi mollarida, qatlamning qalinligi santimetrlarda ifodalangan bo’lsa, u, yorug’lik yutilishini molyar koeffisiyentini bildiradi. (4.3) ga ko’ra yutilishning molyar koeffisiyenti son jihatidan konsentrasiyasi 1M qalinligi 1 sm bo’lgan eritmaning optik zichligiga teng. Yutilishning molyar koeffisiyenti moddaning ichki xossasini xarakterlaydi va u, eritmaning konsentrasiyasiga, hajmiga, yorug’lik yutuvchi qatlamning qalinligiga hamda eritmaga kelib tushayotgan yorug’likning intensivligiga bog’liq emas. Bu kattalik faqat namunaga tushayotgan nurning to’lqin uzunligiga, yorug’lik yutuvchi moddaning tabiatiga va eritmaning haroratiga bog’liq. Shuning uchun kattalik fotometrik aniqlashning (usulning) erishish mumkin bo’lgan sezgirligini obyektiv va juda muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Yutilish polosasining maksimumiga to’g’ri kelgan ning qiymati yorug’lik yutuvchi turli xil birikmalar uchun keskin farq qiladi. Masalan, mis, nikel va boshqa (akva komplekslar) «oddiy» ionlarning, spektrning ko’rinuvchi qismida joylashgan yutilish polosalari ning kichik qiymatlari bilan (taqriban 10 - 100) xarakterlanadi. Rangli ammiakatlar, peroksidli va boshqa bir xil ligandli komplekslar uchun ning qiymati 10 2 - 10 3 oraliqda bo’ladi. Nihoyat, organik reaktivlarning (alizarinatlar, ditizonatlar va hokoza) juda katta qiymatga (10 4 - 10 5 ) ega. Yorug’lik yutuvchi bir nechta birikmalar eritilgan aralashmaning optik zichligi, agar bu birikmalar o’rtasida o’zaro ta’sir bo’lmasa, additiv xossaga ega. Ya’ni n umumiy A A A A A ... , 3 2 1 (4.6) yoki l C C C C A n n umumiy ) ..., , ( 3 3 2 2 1 1 (4.7) Yutilish polosalari spektrning turli qismlarida joylashgan yorug’lik yutuvchi birikmalarni o’z ichiga olgan aralashmani fotometrik analiz qilishda, hisoblash ishlari uchun (4.7) tenglama ishlatiladi. Aralashmaning optik zichligini bir nechta to’lqin uzunliklarida o’lchab tenglamalar sistemasi tuziladi va u n C C C C ..., , , , 3 2 1 konsentrasiyalarga nisbatan yechiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling