1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Tanlash (selektivlik). Spektrofotometriyada selektivlikni cheklaydigan eng 
muhim omil molekulyar yutilish polosalarining spektral kengligi (bir necha o’n 
nanometrga boradigan) va u bilan bog’liq bo’lgan spektral xalaqitlar hisoblanadi. 
Spektral xalaqitlar eritmadagi komponentlarga tegishli yutilish polosalarini bir-birini 
qoplashdan iborat bo’lib o’z navbatida, additiv sistematik xatolarni keltirib chiqaradi. 
Odatda, spektrofotometriyada fizik - kimyoviy xalaqitlar katta rol o’ynamaydi. 
Bundan tashqari, kompleksning yutilish spektri ko’pincha reagentning yutishi bilan 
belgilanadi. Shuning uchun ham, spektrofotometrik usullar spektral nuqtai nazardan 
selektiv bo’lmagan usullardir. Spektrofotometriyada selektivlik asosan, namuna 
tayyorlash etapida, aniqlanuvchi modda bilan rangli birikma hosil qiluvchi reagentni 
tanlash yo’li bilan, shuningdek, aniqlash sharoitlarini (rN ni o’zgartirish, xalaqit 
beruvchi elementlarni maskaga berkitish) tanlash, komponentlarni ajratish orqali 
amalga oshiriladi. 
Sezgirligi, o’lchash natijalarning takrorlanishi va ishlatishning osonligiga ko’ra 
UB va ko’rinuvchi nurlar spektroskopiyasi metallarning mikromiqdorini aniqlashda, 
dori moddalarni, biologik suyuqliklarni va oziq-ovqat maxsulotlarini analiz qilishda 
ishlatiladi.
FOTOMETRIK TITRLASh 
Fotometrik titrlash, mohiyati jihatidan fotometrik tahlil usullariga juda yaqin 
keladi. Fotometrik titrlashda ham tahlildagi kabi kimyoviy reaksiyalar va asboblar 
ishlatiladi. Lekin bu usulda, erigan moddaning miqdori yutilgan yorug’likning 
intensivligi bilan emas, balki sarflangan reaktivning miqdori bilan aniqlanadi. 
Fotometrik titrlash, titrimetrik tahlilning bir ko’rinishi bo’lib, unda ekvivalent nuqta 
fotoelement yordamida aniqlanadi. 
Fotometrik tahlil uchun yaroqsiz bo’lgan ba’zi bir reaksiyalar fotometrik 
titrlashda ishlatilishi mumkin. Birinchi navbatda bu, yorug’lik yutuvchi 
kompleksning turg’unlik darajasiga bog’liq. Odatdagi fotometrik tahlilda, eritmada 
reaktivning miqdori ortiq bo’lgan hollarda, uncha turg’un bo’lmagan komplekslarni 
ham ishlatish mumkin. Fotometrik titrlashda reaktivning ekvivalent miqdorida, 
aniqlanayotgan moddaning hammasi to’liq birikkan, ya’ni kompleks tarkibiga kirgan 
bo’lishi kerak. Shuning uchun ham, masalan, temirni natriy salisilat yoki to’q sariq 
ksilenol bilan titrlash mumkin, lekin turg’unligi past bo’lgan komplekslar hosil 
qiluvchi rodanid yoki xloridlar bilan titrlash mumkin emas. 
Fotometrik titrlash quyidagi hollarda qo’llaniladi: 1. agar titrlash natijasida 
bo’yoq (rangli) birikma hosil bo’lsa; 2. agar indikatorning rangi asta - sekin o’zgarsa; 
3. bo’yalgan eritmalarni titrlashda; 4. yorug’likning ultrabinafsha va yaqin infraqizil 
qismlarini yutuvchi moddalarni titrlashda; 5. juda suyultirilgan eritmalarni titrlashda. 
Fotometrik titrlash usuli ustunligining yana bir sababi uni juda oson avtomatlashtirish 
mumkin. 
Fotometrik titrlash ichki rangli indikatorlarni qo’llash orqali va indikatorlarsiz 
olib boriladi. Ichki indikatorlar qo’llanilganda, ekvivalent nuqtani ko’z bilan (qarab) 
kuzatish usuli uchun chiqarilgan hamma qonuniyatlar, fotometrik titrlash uchun ham 
to’laligicha saqlanadi. Titrlashning boshida eritmaning optik zichligi juda kam 
o’zgaradi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashganda, ya’ni indikator rangini o’zgartira 


82
boshlaganda, ma’lum to’lqin uzunligida o’lchanayotgan eritmaning optik zichligi 
keskin o’zgara boshlaydi (tanlangan to’lqin uzunligiga bog’liq ravishda yo ko’payadi 
yo kamayadi). 
Fotometrik titrlash indikatorsiz o’tkazilganda, titrlanadigan eritmalar yoki 
reaksiya maxsulotlari o’zining xususiy yutilish polosalariga ega bo’lishi kerak. 
Titrlash natijasida olingan ma’lumotlar asosida grafik quriladi. Grafikning ordinata 
o’qiga optik zichlik, absissa o’qiga esa titrlash uchun sarflangan eritmaning hajmi 
qo’yiladi. Ikki to’g’ri chiziqning kesishish nuqtasi (bukilish nuqtasi) ekvivalent 
nuqtaga mos keladi. Bu nuqtadan absissa o’qiga tushirilgan perpendikulyar, 
ekvivalent nuqtaga yetish uchun sarflangan titrlovchi eritmaning hajmini ko’rsatadi. 
Quyidagi 5.3 - rasmda turli xil fotometrik titrlash egriliklari ko’rsatilgan: a) 
titrlanayotgan eritmaning o’zi yorug’likni yutmaydi, balki reaksiya maxsuli 
yorug’likni yutadi; b) aniqlanayotgan modda yorug’likni yutadi, titrant va reaksiya 
maxsuli esa yutmaydi (indikator ishtirokidagi titrlashda ham titrlash egrilari shularga 
o’xshaydi); v) aniqlanayotgan modda va reaksiya maxsuli yorug’likni yutmaydi, 
titrant esa yutadi; Agar fotometrik titrlash rangli birikma tuzilishini buzish 
reaksiyasiga asoslangan bo’lsa, titrlash egrisi 5.3b - rasmdagiday ko’rinishga ega 
bo’ladi. Ftoridlar, sulfatlar va boshqa ionlarni aniqlash bunday titrlashga misol 
bo’ladi. 
5.3 - rasm. Fotometrik titrlash egriliklari 
Boshqa titrimetrik tahlil usullari kabi fotometrik titrlash usulini ham odatdagi 
fotometrik usullarga qaraganda sezgirligi kamroq. Odatda, fotometrik titrlash usuli 
katta miqdordagi moddalarni aniqlash uchun qo’llaniladi. 


83

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling