1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
4.4.2. YaMR FURYe —SPEKTROSKOPIYa
123 Faqat nurlanish, chiqarish rejimidagina YaMR Furye spektroskopiyasini ishlatish mumkin. Bu 1.8 bo’limda ko’rsatilganidek impuls ta’sir qilib qo’zg’algan yadrolar chiqarayotgan nurlanishni vaqtga bog’liqligini o’lchash, olingan ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga yig’ish va spektrni chastota bo’yicha yoyilgan odatdagi ko’rinishga o’tkazish uchun natijalar ustida Furye-almashtirish amali o’tkazish zarurligini anglatadi. Bu usul bilan o’lchash uchun zarur bo’lgan asbob- uskunaning uzluksiz nurlantirish usulida ishlatilgan asbob uskunadan asosiy farqi unda magnit maydonini yoyuvchi (kattaligini o’zgartiruvchi) g’altaklarning kerakchiligi yo’q, lekin kompyuter albatta kerak. Avval boshda, namunadagi yadrolar tegishli chastotadagi nurlarning (misol uchun, induksiyasi 2.5 Tl ga yaqin maydonda protonlar uchun bu chastota 100 MGs ga teng) energiyasini yutish hisobiga qo’zg’algan holatga o’tishi kerak. Kutilayotgan spektrning hamma chiziqlari qo’zg’atuvchi nurlanish polosasining kengligiga joylashishi kerak, ya’ni u “oq” va shu bilan birga namunadagi hamma yadrolarni qo’zg’atish uchun yetarli darajada intensiv bo’lishi zarur. Bu amal birdaniga to’yinish muammosiga duchor qiladi va shu munosabat bilan YaMR Furye-spektroskopiyada bitta yoki bir nechta qo’zg’atuvchi impulslar ishlatiladi. Biz 7.1.6. bo’limda sistemaga 90 0 lik impulsning ta’sirini qarab o’tdik, 7.3-rasm esa bir impulsli YaMR uchun vaqtga bog’liq bo’lgan spektrning ko’rgazmali manzarasini tasvirlaydi. To’qson graduslik impuls idealdek bo’lib ko’rinadi, chunki u hosil bo’lgan signalning maksimal intensivlikka erishishini ta’minlaydi (to’liq magnit momentining vektori M ( 7.3-rasmga qarang) xy tekislikka o’tadi). Ammo spinlar sistemasining turg’un holga qaytishi uchun ikkita ketma-ket ta’sir qiluvchi qo’zg’atuvchi impulslar orasidagi vaqt relaksasiya vaqtining 4-5 baravariga teng bo’lishi kerak. Bu hol relaksasiya vaqti katta bo’lgan yadrolar uchun tajriba vaqtining uzoq davom etishiga olib kelardi. Aynan shu sababga ko’ra amaliyotda juda qisqa qo’zg’atuvchi impulslar ishlatiladi. Shunday qilinganda signalning boshlang’ich intensivligi kichkina bo’ladi (chunki M ning xy tekislikdagi proyeksiyasi kichkina), lekin sistemaning turg’un holatga qaytishi uchun ketadigan vaqt ham kamayadi (sistema signalning pasayish egrisi bo’ylab yo’lning bir qismini o’tadi xolos). Bunday holda shunga o’xshash vaziyatlarda bo’lganiday kompromis variantga kelinadi va tajribada 30-50 0 lik impulslar ishlatiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling