1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
Shovqindan signalni ajratish
Yuqorida aytilganiday (8.6 bo’limda) fonning shovqini har qanday spektral asbobning sezgirligini cheklaydi. Agar, spektr chiziq shovqin fluktuasiyasidan ko’tarilmasa uning mavjud ekanligiga ishonch bo’lmaydi. Signalni ishonch bilan aniqlash uchun signalning balandligi shovqin darajaasidan (C/H) 3-4 baravar katta bo’lishi kerak. Berilgan tadqiqot ob’kti uchun C/H nisbatni ko’paytirishning bir nechta yo’li bor, lekin ularning hammasi qo’shimcha vaqt sarflashni talab qiladi. Masalan, radiotexnik tadbirlar yordamida o’ziyozar asbobni yuqori chastotali shovqinni sezmaydigan holatga keltirish yo’li bilan perosining tebranishini (titrashini) so’ndirish mumkin. Bunday holda, fonning chizig’i ancha silliq bo’ladi, lekin har qanday o’zgarishga peroning reaksiyasi sekinlashgani uchun (shu jumladan foydali signallarga ham) spektrga yoyish tezligini ancha sekinlashtirish kerak. Shovqindan Furye spektroskopiya ham himoyalanmagan, kompyuter xotirasiga ma’lumotlarni yozishda unga signal bilan birga detektor va kuchaytirgichning shovqini ham o’tadi, hamda Furye almashtirish bajarilgandan so’ng ular spektrda begona chastotalarning hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Nisbatan arzon, kuchli kompyuterlarning paydo bo’lishi signal sifatini yaxshilashning «to’plash usullari» deb ataluvchi yangi usullarini paydo bo’lishiga olib keldi. Bu usul kompyuterning xotirasiga spektrning har bir qismini to’laligicha batafsil yozishni talab qiladi. Albatta Furye spektroskopiyada biz bu ishni baribir qilishimiz kerak edi, lekin endi, masalan bir-biriga yaqin joylashgan 2000 ta chastotaning qiymati uchun spektr intensivligini yozish va intensivlikning 114 bu qiymatlarini xotiraning 2000 ta yacheykasida saqlash talab qilinadi. To’plash usulining tub mohiyati shundan iboratki, har safar xotirada saqlanayotgan ma’lumotlar ustiga intensivlikning yangi qiymatlarini qo’shib bu jarayonni juda ko’p marta takrorlash mumkin. Spektrning har bir alohida o’tishida signal fonning shovqini ichida ko’rinmasligi mumkin, lekin spektrlarni n marta qo’shgandan keyin xotiraga yozilgan signal n marta ko’payadi. Shu vaqt ichida, shovqin o’z xarakteriga ko’ra tasodifiy hodisa bo’lganligi uchun ba’zida qo’shiladi, ba’zida esa ayriladi va shuning uchun signalga qaraganda sekin yig’iladi. Spektrni yig’ish n marta takrorlangandan keyin shovqin darajasi n marta ortishini ko’rsatish mumkin, demak signal shovqin nisbat (C/H) n n n marta oshadi. Agar chastota bo’yicha yoyish orqali odatdagi spektroskopiyada bitta spektrni yozish uchun bir necha minut vaqt ketsa, signal-shovqin nisbatni o’n marta oshirish uchun zarur bo’lgan 100 ta shunday yozuvni to’plash (jamlash) uchun ketadigan vaqt qabul qilib bo’lmas darajada katta bo’ladi. Shuning uchun, to’plash usuli odatdagi spektroskopiyada juda kam ishlatiladi. To’plash usulining Furye spektroskopiya bilan kombinasiyasi esa aksincha nihoyatda unumdordir. Bu yerda spektrni bir marta yozish uchun bor yo’g’i bir-ikki sekund vaqt ketadi xolos, shuning uchun 100 ta spektrni yig’ish uchun bir necha minut kifoyadir va ko’pincha bunday usul bilan C/H nisbatni 10 marta yaxshilash uchun ketadigan vaqt, odatdagi spektroskopiya yordamida bitta spektrni yozish uchun ketadigan vaqtdan ham kam bo’ladi. Yig’ish usuli bilan Furye spektroskopiyani birgalikda qo’shish juda qulay (ba’zida esa zarurdir, masalan 13 C YaMR spektrlarini qayd qilishda), shuning uchun hamma Furye spektrometrlarda spektrlarni yig’ish oldindan hisobga olingan. Spektrometrni kompyuter bilan qo’shish boshqa ustunliklarga ham ega. Kompyuter xotirasiga erituvchi spektrini yoki boshqa ixtiyoriy fon signalini kiritish va keyin esa o’rganilayotgan moddaning haqiqiy spektrini olish uchun uni ayirib tashlash mumkin. Shuningdek, spektr chiziqlarining amplituda intensivliklarini avtomatik ravishda yozish va shu ma’lumotlar bo’yicha moddaning konsentrasiyasini aniqlashni ham kompyuterga topshirish mumkin. Hatto spektrometrni o’zini boshqarishni ham kompyuterga topshirish mumkin — u, namunalarni avtomatik ravishda almashtiruvchi robotning ishini boshqarishi, har bir namuna spektrini yozish uchun optimal rejim tanlashi va spektrometrni shu rejimga moslab sozlashi mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling