1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
SPEKTROFOTOMETRIK USULNING METROLOGIK
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchash natijalarining takrorlanishi.
SPEKTROFOTOMETRIK USULNING METROLOGIK
XARAKTERISTIKALARI Aniqlanadigan konsentrasiyaning quyi chegarasi. Eritmadagi molekula uchun ε ning eng katta qiymati 10 5 atrofida bo’lishi kvant-mexanik hisoblashlar orqali ko’rsatilgan. Amalda esa ning yuqori qiymati 10 3 - 10 4 dan oshmaydi. Optik zichlikning talab qilingan aniqlikda ( r s < 0,33) o’lchash mumkin bo’lgan qiymati 0,01 ga kyuvetaning qalinligi esa 1 sm ga teng. Bu ma’lum qiymatlardan foydalanib spektrofotometrik usullar bilan o’lchash mumkin bo’lgan konsentrasiyaning minimal qiymatini baholash mumkin, u 10 -7 M ga teng. Amaliyotda ko’pchilik hollarda A С 5.2 – расм. Даражалаш графигининг чизмаси 80 konsentrasiyaning 10 -6 - 10 -4 M yoki 10 -1 - 10 1 mkg/ml miqdori o’lchaniladi. Shunday qilib, spektrofotometrik usul sezgirligi o’rtacha bo’lgan usullarga kiradi. O’lchash natijalarining takrorlanishi. Fotometrik aniqlashlarda o’lchash natijalarining takrorlanishiga ta’sir qiluvchi tasodifiy xatoliklar quyidagi sabablarga ko’ra paydo bo’ladi: analiz qilinadigan eritmalarni tayyorlashdagi xatoliklar; aniqlanuvchi komponentani nur yutuvchi birikmaga o’tkazishning to’laqonliligi; begona komponentalarning ta’siri; kontrol tajribaning xatoliklari; kyuvetalar qalinligidagi farq; ularning nur tushuvchi va chiquvchi tomonlarining holati va shuningdek hamma vaqt bir holatda o’rnatish mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lgan «kyuveta xatoliklari»; tegishli to’lqin uzunligini o’rnatishdagi va qayd qiluvchi sistemani «0» hamda «100%» o’tkazishga to’g’rilashdagi xatoliklar; yorug’lik manbai va qabul qiluvchi hamda kuchaytiruvchi sistemalarning nostabil ishlashi hisobiga bo’ladigan xatoliklar. Optik zichlik va o’tkazish koeffisiyentining hamma qiymatlarini bir hil xatolik bilan o’lchash mumkin emas. Yorug’lik yutilishini o’lchashni maqbul oralig’i mavjud. Bu oraliq shunday tanlanadiki, A va T lar o’lchanadigan butun oraliqda A ni o’lchashda qo’yiladigan nisbiy xato uning eng kichik nisbiy xatosini ikki baravaridan ko’p bo’lmasin. min 2 A s A s A A (5.1) bu yerda A s A ni o’lchash natijalarining standart cheklanishi. O’lchash xatosini A ga (yoki T ga) bog’liqligini ifodalovchi grafik 4343 , 0 A da minimumdan o’tuvchi egrilikni ifodalaydi (5.3-rasm). 0 0,2 0,4 0,6 0,8 1,0 1,2 1,4 1,6 A 5 4 3 2 1 s r (A), % 2s r,min (A) s r,min (A) Оптик зичликларнинг оптимал оралиғи 5.3-rasm. 005 , 0 ) ( T s uchun optik zichlik nisbiy xatosining optik zichlikning qiymatiga bog’liq ravishda o’zgarishi Bu kamchiliklarni spektrofotometriyaning differensial usullari yordamida bartaraf qilish mumkin. Odatdagi sharoitlarda o’lchash natijalarining takrorlanishidagi xato bir necha o’ndan bir foizdan oshmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling