1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya. 1. Reja: Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya. Atomlarning spektrlari, hosil bo’lishi. Qo’zg’almagan va qo’zg’algan holatlar. Tanlash qoidalari. Spektral chiziqlar: spektrdagi o’rni, intensivligi, yarimkengligi. Atomlash va qo’zg’atish manbalari, ularda sodir bo’ladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar. Sifatiy va miqdoriy spektral analiz. Spektral chiziqlar intensivligi va atomlar konsentrasiyasi. Alanga fotometriyasi usuli. Namunalarni analizga tayyorlash, spektrlarini olish. Spektral analizning metrologik asoslari. ATOM SPEKTROSKOPIYASI USULLARI Atom spektroskopiyasi usullari atomlarning valent (2.1a,b - rasm) yoki ichki (2.1v,g - rasm) elektronlarini bir holatdan boshqa holatga o’tishiga asoslangan. Ba’zi hollarda bunday o’tishlar atom tomonidan bitta yoki bir nechta elektronlarni chiqarish (ionlashtirish) bilan bog’liq. Shuning uchun, atom spektroskopiyasi usullarida atom tomonidan chiqarilayotgan yoki yutilayotgan elektromagnit nurlarni ya’ni fotonlarni, ularning energiyasi (to’lqin uzunligi, chastotasi) bo’yicha taqsimlanishini qayd qilish mumkin. h lyumines h yutilis h h emiss Q’ zg ’a ti sh a б e ikkil e birlam I bosqich qo’zg’atish h rentg II bosqich relaksatsiya г в 1-rasm. Spektroskopik usullar asosida yotgan jarayonlarning sxemasi: a-atom-emission; b-atom-flyuoressent; v-g-rentgent-emission analiz. Elektromagnit nurlarning to’lqin uzunligi oralig’iga va tegishli o’tishlarning tabiatiga qarab atom spektroskopiyasi usullari optik va rentgen spektroskopiyalariga bo’linadi. Optik spektroskopiya usullarida elektromagnit nurlanishning ultrabinafsha (UB) va ko’zga ko’rinuvchi nurlar sohalari ishlatiladi. U valent elektronlar energiyasining o’zgarishiga mos keladi. Erkin atomlar va molekulalarning valent elektronlari joylashgan sathlarning tuzilishi mutlaqo har xil bo’lganligi uchun, atomlarning optik spektrlarini olish uchun namunani oldin atomlashtirish ya’ni, uni bug’ (gaz) ko’rinishidagi atom holatiga o’tkazish kerak. Bu ish atomga aylantirgichlar (atomlashtirgich), ya’ni har xil tuzilishga ega bo’lgan yuqori temperatura manbalari orqali amalga oshiriladi. 2 Valent elektronlarning o’tishlari bo’sh elektron orbitallarning ishtirokida amalga oshiriladi. Modda bilan optik oraliqqa to’g’ri keluvchi nurlarning o’zaro ta’siri natijasida odatda, atomlar ionga aylanmaydi. Shu sababli, optik oraliq uchun faqat elektromagnit nurlanish spektroskopiyasi usullari xarakterlidir. Ularga atom emissiya (chiqarish), yutilish va lyuminessensiya usullari kiradi. Optik emissiya usullarida chiqarilayotgan nurlarning spektrini olish uchun atomlarni oldindan qo’zg’algan holatga o’tkazish kerak. Bu maqsadlar uchun qo’zg’atish manbalari deb ataluvchi qurilmalar, yuqori temperaturali manbalar (optik usullar uchun), va elektromagnit nurlar xizmat qiladi. Atomlarni qo’zg’atish, yuqori temperatura ta’sirida bo’ladigan emissiya optik usullariga atom-emissiya spektroskopiya usullari deyiladi. Bu usullarda moddani atomlarga aylantirish va ularni qo’zg’atish uchun bitta qurilma, qo’zg’atish manbai ishlatiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling