1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
MIQDORIY ANALIZ
Atom-emissiya spektroskopiyasi usuli erkin atomlarni yoki atom ionlarini, issiqlik ta’sirida qo’zg’atishga va qo’zg’algan atomlar chiqargan optik spektrni (elektromagnit nurlarni) qayd qilishga asoslangan. Bu holda nurlanish intensivligi I, qo’zg’algan zarrachalarning soni N * ga to’g’ri proporsional bo’ladi. Atomlarni qo’zg’atish issiqlik tabiatiga ega bo’lgani uchun qo’zg’algan va qo’zg’almagan atomlar bir-biri bilan termodinamik muvozanatda bo’ladi. Bu holat, Bolsmanning taqsimot qonuni bilan ifodalanadi. ) / exp( / / 0 * 0 * kT E g g N N (2.1) bu yerda 0 N - qo’zg’atilmagan atomlarning soni, g * va 0 g lar mos ravishda qo’zg’algan va qo’zg’almagan holatlarning statistik ulushlari, E - qo’zg’atish energiyasi, k - Bolsman doimiysi, T - absolyut temperatura. Shunday qilib doimiy temperaturada, qo’zg’algan atomlarning soni * N , qo’zg’almagan atomlar soni 0 N ga, ya’ni atomlash qurilmasidagi atomlarning umumiy soni N ga to’g’ri proporsionaldir. Chunki atom-emissiya analizi o’tkazilayotgan sharoitlarda, qo’zg’atilgan zarrachalarning soni juda kam 0 * N N . Atomlarning umumiy soni esa, o’z navbatida (asbobning ishlash tartibi va konstruksiyasi bilan bog’liq bo’lgan shart-sharoitlarda) aniqlanayotgan elementning namunadagi konsentrasiyasi C ga proporsional. Shuning uchun chiqarilgan nur intensivligi I va aniqlanayotgan elementning konsentrasiyasi orasida to’g’ri proporsional bog’lanish bo’ladi. Amalda bunday bog’lanish, faqat analiz qilinayotgan moddaning past konsentrasiyalarida kuzatiladi xolos (2.6-rasm). Aniqlanayotgan elementga tegishli spektr chiziqning intensivligi bilan uning namunadagi konsentrasiyasi orasidagi bog’lanish, standart namunalardan foydalanib tajribada olingan ma’lumotlar asosida darajalash grafigini qurish orqali aniqlanadi. Bu bog’lanish Lomakin –Shaybe formulasi orqali ifodalanadi. b aC I (2.2) Shunday qilib elementning konsentrasiyasini aniqlash uchun, chiqarish spektri chizig’ining intensivligi analitik signal sifatida ishlatilishi mumkin. (2.2) tenglamadagi a koeffisiyent atomlash jarayonining sharoitiga bog’liq bo’lgan empirik kattalik, b atom chiqargan nurni xuddi shunday atomlar tomonidan yutish koeffisiyenti. Shuning uchun, atom-emissiya spektroskopiyasida atomlash shart- sharoitlarini to’g’ri tanlash, analitik signalning intensivligini o’lchash, standart namunalar bo’yicha darajalash hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Katta konsentrasiyalarga o’tganda, intensivlikning ko’payishi konsentrasiya ortishidan orqada qola boshlaydi (2.6- rasm). Bu hodisa, ozmi ko’pmi hamma qo’zg’atish manbalarida uchraydi va ayni element chiqargan yorug’likni xuddi shu elementning boshqa zarrachalari tomonidan yutilishi bilan tushuntiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling