1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Aniqlanadigan konsentrasiyalar oralig’i
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalarning takrorlanishi.
Aniqlanadigan konsentrasiyalar oralig’i. AES da aniqlanadigan
konsentrasiyaning yuqori nuqtasi, asosan element chiqarayotgan nurning shu elementning boshqa atomlari tomonidan yutilishi bilan chegaralanadi. Darajalash grafigining chiziqli bog’lanishini buzilishi ham shu hodisa bilan bog’liq. Elementni aniqlash uchun uning moddadagi miqdorini oz yoki ko’pligiga qarab, intensivligi har xil bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi. Shunday qilib, AES da aniqlanadigan konsentrasiyalar oralig’i bir nechta alohida kichik oraliqchalarga bo’linadi va har bir oraliqcha bir tartibni, hammasi birgalikda esa 2 - 3 tartibni qoplaydi. Induktiv bog’langan plazma bilan ishlaganda «yagona» chiziqli o’zgarish oralig’i 4 - 5 tartib konsentrasiyani o’z ichiga olishi mumkin. Natijalarning takrorlanishi. AES da analitik signal qo’zg’algan holatdagi atomlarning soniga proporsional bo’lganligi uchun u, temperaturaning fluktuasiyasiga juda sezgir. Atomlashning eng turg’un manbalari uchun (alanga, IBP) r s ning kattaligi 0,01 - 0,05 ni tashkil qiladi va bu ko’rsatgich analizning asbobli usullari uchun yaxshi takrorlanish hisoblanadi. Lekin, uchqun va ayniqsa yoy razryadlari uchun natijalarning takrorlanishi bir muncha yomonroqdir ( r s mos ravishda 0,05 - 0,1 va 0,1 - 0,2). Natijalarning takrorlanishini yaxshilash uchun AES da ichki etalon usuli keng qo’llaniladi. AES da ichki standart sifatida namunaning shunday komponenti olinadiki, uning miqdori, darajalash grafigini chizish uchun o’lchanadigan hamma standart va analiz qilinayotgan namunalarda bir xil bo’lsin. Ko’pincha, bu komponent namuna asosini tashkil etuvchi elementning o’zidir (asosning miqdorini hamma namunalarda taqriban 100 % deb olish mumkin, masalan, po’latni analiz qilganda, ichki etalon sifatida uning asosini tashkil qiluvchi temir olinadi). Namunalarda ichki etalon sifatida ishlatishga bop komponenta bo’lmaganda u, hamma namunalarga maxsus kiritiladi. Ichki standart usulining mohiyati shundan iboratki, bunda analitik signal sifatida aniqlanayotgan element chizig’ining absolyut intensivligi o’rniga, bir vaqtda o’lchanadigan aniqlanadigan element ( I ) va ichki standartga tegishli ( 0 I ) chiziqlar intensivliklarining nisbati 0 / I I ishlatiladi. Bunday chiziqlar juftiga Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling