1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
Generator
Generator quyma metal korpusdan iborat bo’lib (1.11 - rasm) uning ichiga kuchlanish trasformatori 7, impuls transformatori 3, induktivlik g’altagi 6, qarshiliklar bloki 2, kondensatorlar bloki 5 va qayta ulagichlar joylashgan. 16 Generatorning hamma boshqarish qismlari korpusning old tomoniga chiqarilgan. Stiloskopning generatori ustiga optik elementlari joylashgan qismi boltlar va vintlar yordamida o’rnatilgan. 5 1 2 3 4 8 7 6 1.11 - rasm. SL - 13 stiloskop generatorining ko’rinishi. 1 - elektrodlarni zaryadsizlantiruvchi qoplamalar oralig’ini o’zgartiruvchi maxovik; 2 - qarshiliklar to’plami (bloki); 3 - impuls transformatori; 4 - generatorning korpusi; 5 - kondensatorlar to’plami; 6 - induktivlik g’altagi; 7 - kuchlanish transformatori; 8 - fotometrik pona ishlatilganda raqamlar yozilgan shkalani yoritish uchun ishlatiladigan yoritgichni yoquvchi tumbler. 17 Elektr razryaddagi tokning kattaligini o’zgartiruvchi qo’shimcha manba Qo’shimcha manbaning umumiy ko’rinishi 1.12 - rasmda ko’rsatilgan. Unda quyidagilar joylashgan; reostat 2, trasformator 1, kondensator bloki 4, qayta ulagich 5, magnit ishga tushirgich 3. Qo’shimcha manba generatorga maxsus sim orqali ulanadi. Stiloskopda ishlash tartibi Doimiy mis elektrod sirtining bir qismi qum qog’oz orqali tozalanadi. Buning uchun, uni yuqoriga ko’tarib aylantirish kerak. Tekshirilayotgan namuna yuzasining bir qismi ham egov yoki qumqog’oz orqali tozalanadi. Shablon yordamida doimiy elektrod bilan namuna orasidagi masofa o’rnatiladi. Shablon olinib, uning o’rniga tozalangan qismi mis elektrodga qaratib namuna qo’yiladi va qisqich orqali stolchaga mahkamlanadi. Shundan so’ng, generatorni qo’yilgan masalaga qarab yoy yoki uchqun maromida yoqish mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling