1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Stiloskopning optik sxemasi va ishlash prinsipi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Stiloskopning optik sxemasi va ishlash prinsipi 
Stiloskop yordamida o’tkaziladigan tahlil quyidagiga asoslangan. Tahlil 
qilinayotgan namuna bilan stiloskopning doimiy elektrodi o’rtasida elektr yoyi yoki 
uchquni hosil qilinadi (yoqiladi). Uning yorug’ligi uch linzali yoritgich orqali 
stiloskop tirqishiga yo’naltiriladi va kuzatuvchi tahlil qilinayotgan qotishmaning 
spektrini okulyardan qarab ko’radi. Asbobning optik sxemasi 1.8 - rasmda 
ko’rsatilgan. 
Yorug’lik manbaining (elektr uchquni yoki yoyining) nuri uch linzali 2, 3, 5 
yoritish sistemasi va 6, 7 ko’zgular yordamida 8 difraksion panjaraga yo’naltiriladi. 
Yoritish sistemasining 3 linzasini almashtirish mumkin. U, 4 linzaga almashtirilsa, 
yorug’lik manbaining aksi tirqishning yaqiniga tushadi. Bunday qilinganda, 
tirqishning yoritish intensivligi ortadi, bu esa o’z navbatida, qo’zg’atish qiyin bo’lgan 
elementlarni uchqun yoqib tahlil qilish uchun eng qulay bo’lgan sharoit yaratadi. 
Difraksion panjara bir vaqtda ikki funksiyani, murakkab yorug’lik nurini spektrga 
ajratish va ularni okulyarning ko’rish maydoniga fokuslash vazifalarini bajaradi. 
Stiloskopda botiq shaklli hamda egri chiziqli o’yiqlarga ega bo’lgan qadami 
o’zgaruvchan difraksion panjara ishlatilgan. Bunday panjarani qo’llash spektr 
chiziqlarning kamchiliklarini kamaytirishga imkon beradi. Spektr chiziqlarni 
okulyarning ko’rish maydonida siljitish difraksion panjarani tik o’q atrofida burish 
orqali amalga oshiriladi. Difraksion panjara hosil qilgan monoxromatik nurlarni 9, 10 
yassi ko’zgular 12 okulyarning fokal tekisligiga yo’naltiradi. Okulyarning fokal 
tekisligi 11 fotometrik pona joylashgan tekislik bilan mos tushadi. 


13
Stiloskopning tuzilishi (konstruksiyasi) 
 
Stiloskop quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan: optik elementlar joylashgan 
qism 1, generator 3 va elektr razryaddagi tok kuchining kattaligini o’zgartiradigan 
qo’shimcha qism 6 (1.9 - rasm). 
Optik elementlar joylashgan qismi yoritish sistemasi, spektral tirqish, 
difraksion panjara, buruvchi ko’zgular va okulyarning qalpoqchasini o’z ichiga oladi. 
Hamma aytilgan qismlar 1 korpusning ichiga joylashtirilgan. Ikki, 3, 4, 5 
kondensorlardan tashkil topgan yoritish sistemasi 1 kronshteyn va flansga (1.10 - 
rasm) o’rnatilgan.
Kengligi doimiy va 0,015 mm ga teng bo’lgan tirqish yoritish sistemasining 3 
(1.8 - rasm) linzasiga kley orqali yopishtirilgan shisha plastinkaga chizilgan. 
Difraksion panjara asbobning asosiga mahkamlangan. Okulyarning ko’rish 
maydonida hosil bo’ladigan rangli spektrni chapga o’ngga siljitish difraksion 
panjarani buruvchi 5 maxovik (1.9 - rasm) yordamida amalga oshiriladi. Maxovik, 
har bir bo’limining qiymati 5 nm ga teng bo’lgan shkala o’yilgan barabanga ulangan. 
Burish ko’zgulari va shkalasi bo’lgan fotometrik pona hamda nigizxonaga (opravaga) 
o’rnatilgan okulyar ham kronshteynga joylashtirilgan. 
1 2
3 4
5
6

7

10 

10
11 
12 

1.8 - rasm. SL - 13 stiloskopining optik sxemasi. 
1 – yorug’lik manbai; 2, 3 va 5 – uch linzali yoritish sistemasining linzalari; 6, 7, 
9 va 10 – yassi ko’zgular; 4 - 3 bilan almashtiriladigan linza; 8 – difraksion 
panjara; 11 – fotometrik pona; 12 - okulyar. 


14
1 2
5 6
8
3 17 16 15 14 13
2
0
1

1.9 – rasm. SL – 13 stiloskop va qo’shimcha manbaning old tomonidan ko’rinishi. 
1 - asbobning optik qismlari joylashgan gavdasi (korpusi); 2 - spektr intensivligini 
sozlash uchun dasta; 3 - asbobning generatori joylashgan qismi; 4 - okulyarni 
kattalashtirishini o’rnatuvchi va fotometrik ponani siljituvchi buragich; 5 - difraksion 
panjarani buruvchi maxovik; 6 - generatorga qo’shimcha manba; 7 - tok kuchini 
o’zgartiruvchi buragich; 8 - ampermetr; 9 - generatorni va qo’shimcha manbani 
ulovchi sim; 10 - asbobni elektr manbaiga ulovchi sim; 11 - elektr razryadini 
yoquvchi va o’chiruvchi tugmalar. 12 - yoquvchi impulslar sonini o’rnatuvchi dasta; 
13 - impulslarning fazasini o’rnatuvchi dasta; 14 - generator konturi sig’imini 
o’rnatuvchi dasta; 15 - kontur induktivligini o’rnatuvchi dasta; 16 va 17 - 
yorug’likning har xil manbalarini (yonish rejimini) hosil qilish uchun ishlatiladigan 
dastalar; 18 - doimiy elektrodni yuqoriga (pastga) siljituvchi buragich; 19 - optik 
o’qqa perpendikulyar yo’nalishda siljitish va 20 - aylantirish uchun buragichlar, 21 – 
okulyar.
1
6
5
1.10 - rasm. SL - 13 stiloskopning orqa tomonidan ko’rinishi. 
1 - kronshteyn va flans; 2 - namunalarni buyum stoliga qisuvchi 
qisqich; 3 - namuna qo’yiladigan stolcha; 4 - namuna qo’yilgan 
stolchani yopadigan qopqog’; 5 - doimiy elektrod joylashtirilgan 
kameraning eshikchasi; 6 - doimiy elektrod.


15
Spektrning intensivligi 2 (1.9 - rasm) dasta orqali sozlanadi. Dastaning 1 raqamiga 
to’g’rilangan holati, yorug’lik manbaining aksini tirqishning orqasiga undan 33 mm 
uzoqda joylashgan nuqtaga to’g’rilashga mos keladi. Spektrlarni o’rganish qulay 
bo’lishi uchun kattalashtirishi har xil bo’lgan ikkita okulyar ishlatiladi. 
Kattalashtirishi 20 bo’lgan okulyar bilan chiziqlar soni ko’p bo’lgan spektrlar 
(masalan, po’lat), kattalashtirishi 13 bo’lgan okulyar bilan esa rangli metallarning 
spektrlari o’rganiladi. Spektrning tasviri ko’rinadigan tekislikning o’rtasiga spektr 
chiziqlarning uzunligi bo’ylab yo’nalgan tor yo’lcha (qalinroq qora chiziq) 
ko’rinishiga ega bo’lgan fotometrik pona joylashtirilgan. Ponani siljitish 4 buragich 
orqali (1.9 - rasm) amalga oshiriladi, hisob esa okulyarning ko’rish maydonida 
ko’rinadigan shkaladan olinadi. Fotometrik pona ishlatilmagan hollarda 4 buragich 
yordamida ko’rish maydoniga o’rnatilgan okulyarning kattalashtirishiga qarab unga 
mos diafragma qo’yiladi. Buning uchun, buragichga yozilgan tegishli 
kattalashtirishning raqami qarshisiga chizilgan chiziqni, korpusga chizilgan 
chiziqning qarshisiga mos qilib qo’yish kerak. Asbobning ustki qismining chap 
tomonida o’rganilayotgan namunani o’rnatish uchun stolcha joylashgan. Stolcha 
o’rtasidagi tirqishning ostiga disk shaklidagi 6 doimiy elektrod (1.10 - rasm) (mis 
yoki temir) o’rnatilgan. Elektrod ushlagichni 18 buragich (1.9 - rasm) orqali pastga 
yuqoriga, 19 buragich bilan optik o’qqa tik yo’nalishlarda siljitish va disk shaklidagi 
elektrod ishlatilgan hollarda uni 20 buragich bilan aylantirish mumkin. Korpusning 
shu qismiga zaryadlovchi plastinkalar joylashgan. Plastinkalar orasidagi masofani 
tekis o’zgartirib, uchqun yoki yoyning yonishini turg’unlashtirish mumkin. Bu ish, 1 
maxovikni (1.11 - rasm) aylantirish orqali amalga oshiriladi. Elektrodni almashtirish 
va unga texnik qarov o’tkazish 5 eshikchani (1.10 - rasm) ochib amalga oshiriladi. 
Kichkina namunalarni stolchaga mahkamlash uchun 2 ushlagich (1.10 - rasm) 
ishlatiladi. Namuna o’rnatiladigan stolcha 4 g’ilof (1.10 - rasm) orqali yopiladi. Katta 
detallarning spektrini tahlil qilganda g’ilof ochib qo’yiladi. Namuna bilan doimiy 
elektrod orasidagi masofani o’zgartirish uchun uch xil shablon ishlatiladi. Shablon 
namunaning o’rniga qo’yiladi va doimiy elektrod unga tekkuncha ko’tariladi, keyin 
uning o’rniga namuna o’rnatiladi. Yorug’lik manbaini hosil qiluvchi kuchlanish 
doimiy elektrodga yuqori kuchlanishga mo’ljallangan sim yordamida ushlagichning 
kronshteynidagi kontakti (birikish, ulash joyi) orqali, stolchaga o’rnatiladigan 
namunaga esa asbobning yerga ulangan korpusi (gavdasi) orqali uzatiladi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling