1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

ATOM – EMISSION ANALIZ 
ATOM SPEKTRLARI 
Atomlar qo’zg’atilganda odatda, ularning tashqi elektronlaridan bittasi yuqori 
elektron sathga o’tadi. Ichki elektron orbitallarida joylashgan elektronlarni qaramasa 
ham bo’laveradi. Masalan, litiy atomini qo’zg’atishda 2s (2.2 - rasm) sathda 
joylashgan elektrondan tashqari boshqa elektronlarni qarashning hojati yo’q. Atom 
qo’zg’atilganda bu elektron 2s sathdan yuqorida joylashgan ixtiyoriy sathga o’tadi. 
Bunday elektronga optik elektron deyiladi. 
Elektronni yuqori sathga o’tkazish uchun unga ma’lum bir aniq energiya berish 
lozim. Bu energiyaga qo’zg’atish potensiali deyiladi va u an’anaga ko’ra 
elektronvoltlarda (eV) o’lchanadi. Litiy atomining spektri qanday hosil bo’lishini 
qaraymiz. Asosiy holatga eng yaqin joylashgan qo’zg’algan holat 2p. Elektronni u 
yerga o’tkazish uchun unga 1,9 eV energiya berish kerak. Elektron bu sathdan qaytib 
2s sathga o’tganda o’zidan elektromagnit nur (yorug’lik) chiqaradi. 
№1 ma’ruzadagi (1.3) formuladan foydalanib bu o’tish natijasida 
chiqariladigan yorug’likning to’lqin uzunligini hisoblaymiz. 


hc
h
E


formuladan 
h
E
c




. Bu yerda 
c
–yorug’likning vakuumdagi 
tezligi, 299792456 m/s, 
h
-Plank doimiysi, 6,6260755
*
10
-34
J
*
s, 1 
eV=1,60217733*10
-19
J. Bu kattaliklarni formuladagi o’rniga qo’yib 

ning 
qiymatini hisoblaymiz. 
nm
s
J
J
s
m
8
,
670
10
6260755
,
6
10
60217733
,
1
9
,
1
/
29979248
34
19









Demak o’tish natijasida to’lqin uzunligi 670,8 nm bo’lgan qizil rangli foton 
(yorug’lik) chiqariladi. Bu spektr chiziqni qo’zg’atish potensiali 1,9 eV ga teng. Agar 
litiyning hamma atomlariga shunday energiya berilganda edi bu holda, uning 
chiqarish spektrida faqat shu chiziq bo’lardi xolos. Litiy spektridagi boshqa hamma 
chiziqlar 1,9 eV dan katta qo’zg’atish potensialiga ega. 
Kvant mexanikasiga ko’ra, faqat ba’zi sathlar orasida o’tishlar amalga oshadi, 
ba’zilari orasida esa o’tish mumkin emas. O’tishlar, tanlash qoidasiga bo’ysinadi. 
Unga ko’ra, o’tish bo’layotgan sathlarga tegishli bosh kvant sonlarining farqi 
n 
(
1
2
n
n
n



) ixtiyoriy butun songa, azimutal kvant sonlarining farqi 
l esa 1 bo’lishi 
mumkin. Bu qoidaga ko’ra, vodorod atomining elektroni 1s asosiy holatdan faqat 


3
istalgan p holatga o’tishi mumkin, ya’ni 
np
s

2
(n 
 2), 2p - elektron esa ixtiyoriy s 
yoki d holatlarga o’tishi mumkin. Lekin u 2s dan 3s ga (yoki aksincha) o’ta olmaydi. 
Энергия, см
- 1
-10000
-20000
-30000
-40000
-50000
2s
3s
4s
5s
2p
3p
4p
5p
3d
4d
5d
67
0,8
nm
Litiy atomining energetik sathlari va ular orasidagi o’tishla
2 - rasm. Litiy atomining elektron energetik sathlari va ular orasidagi o’tishlar 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling