1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Elektr uchquni. Uchqun atomizatorlari xuddi yoy atomizatorlari kabi tuzilgan. 
Uchqun razryadi elektrodlar orasida yuqori kuchlanish hosil qilib olinadi. Odatda, 
spektr asboblarida, uchqun va yoy razryadlarini hosil qilish uchun bitta qurilma 
(generator) ishlatiladi. U yoki bu razryadni yoqish elektr zanjiri ulanishini 
o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Uchqun atomizatori ham xuddi yoynikidek
birinchi navbatda qattiq jismlarni qo’zg’atish uchun mo’ljallangan. Uchqun 
atomizatorining xarakterli tomoni shuki, undagi zarrachalar orasida termodinamik 
turg’unlik bo’lmaydi. Shuning uchun, uchqun razryadining aniq temperaturasi haqida 
gapirish qiyinroq. Odatda, atomlarning effektiv temperaturasi 10000 
0
S gacha boradi. 
Bunday temperaturalar, hatto eng qiyin qo’zg’atiladigan elementlarni (galogenlarni) 
qo’zg’atish uchun uchun ham yetarlidir. 
1
2
3
4
2.3 - расм. Атом-эмиссион спектроскопияда 
ишлатиладиган ёй (уч ун) атомизаторининг 
чизмаси. 1 – уйи электрод; 2 - намуна 
ўйиладиган чу урча; 3 – электр разряди 
ёнадиган зона; 4 – ю ори электрод


5
Uchqun razryadi bilan ishlaganda elektrodlarning biri analiz qilinayotgan 
namuna, ikkinchisi esa odatda volframdan tayyorlanadi. 
Induktiv bog’langan plazma. Induktiv bog’langan plazmali atomizator bir-
birining ichiga joylashgan uchta konsentrik kvars nayidan hosil bo’lgan plazma 
gorelkasidan iborat. Naylar orqali juda toza argon gazining oqimi katta tezlikda 
yuboriladi. Eng ichki gaz oqimi namuna eritilgan eritmani purkaydi, o’rtadagisi 
plazmani hosil qiladi, tashqi oqim esa shu plazmani sovutadi. Tashqi oqim uchun eng 
ko’p argon (10 - 20 l/min) ishlatiladi. Argon plazmasi uchqun razryadi orqali 
yoqiladi, keyin esa gorelkaning yuqori qismiga o’ralgan yuqori chastotali induktiv 
g’altak yordamida, uning bir tekis yonishi ta’minlanadi. Plazmada zaryadlangan 
zarrachalarning kuchli halqali toki paydo bo’ladi (erkin elektronlar va Ar
+
ionlarining). Argon plazmasining temperaturasi gorelkaning balandligi bo’ylab 6000 
0
S dan 10000 
0
S gacha o’zgaradi. 
Qo’zg’atishning bu usuli o’zining har yoqlamaliligi (bunday yuqori 
temperaturalarda ko’pchilik elementlar qo’zg’aladi), yuqori sezgirligi 
(
2
8
min
10
10




C
% mass., har xil elementlar uchun), yaxshi takrorlanishi 
(
05
,
0
01
,
0


r
s
), va keng oraliqdagi konsentrasiyalarni aniqlashi bilan xarakterlanadi. 
Bu atomizatorni amalda ishlatishga to’siq bo’lib turgan asosiy narsa, uning va unga 
sarf bo’ladigan gazning o’ta qimmatligidir. Shunga qaramasdan hozirgi vaqtda AES 
da atomlash va qo’zg’atish manbai sifatida induktiv bog’langan plazma eng ko’p 
ishlatiladi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling